Marhaban ya shahro Ramazon!!!  ( 156044 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 19 B


Nodi  14 Sentyabr 2006, 20:10:49

Рамазоннинг кириб келганини кандай биламиз?

(9) Рамазон янги ой кўриниши ёки Шаъбон ойи тўлик ўттиз кун бўлиши билан бошланади. Кишига янги ойни кўриши билан ёки ишонарли манбалардан эшитиши билан рўза тутиш фарз бўлади.

Хисоб-китоблардан фойдаланиб рамазоннинг бошланишини белгилаш бидъатдир. Расулуллох саллаллоху алайхи ва салламнинг хадиси шарифлари бунга очик далилдир: «Ойни кўриб рўза тутинглар ва ойни кўриб огизни очинглар» (Имом Термизий ривояти, хасан хадис деган). Агар балогат ёшидаги, акли жойида, омонатли ва кўзи яхши кўрадиган бир мусулмон янги ойни ўз кўзи билан кўрганини айтса унинг хабари олинади ва рўза тутиш бошланади.

Qayd etilgan


Nodi  14 Sentyabr 2006, 20:11:28

Рўза тутиш кимларга фарз

(10) Рўза балогатга етган, акли жойида, муким (сафарда бўлмаган), рўза тутишга кодир ва рўза тутишга хайз, нифос каби тўсиклари бўлмаган барча мусулмон ва муслималарга фарздир.

Инсонда куйидаги уч холат топилса, у балогатга етган хисобланади: (а) Тушида ёки бошка холатда маний келса (эхтилом бўлса); (б) Жинсий аъзо атрофида дагал жунлар чикса; (в) (бу аломатлар зохир бўлмасада) 15 ёшга тўлса. Аёлларда «хайз» деб номланувчи тўртинчи холат хам бор. Киз бола 10 ёшга тўлмаган бўлсада агар хайз кўрса, унга рўза тутиш фарз бўлади.

(11) Болалар етти ёшга кирганда -кучлари етса- уларга рўза тутишни ўргатиш лозим. Баъзи олимлар 10 ёшли бола рўза тутмаса, худди намозда бўлгани каби уриш керак дейишган. Бола тутган рўзаси учун ажр олади. Ота-онаси хам уни тўгри тарбиялаганлари ва яхшиликка бошлаганлари учун ажрланадилар. Рубаййиъ бинт Муаввиз розияллоху анхо Ошуро рўзаси фарз бўлгандаги холат хакида шундай дейди: «Биз болаларимизга рўза туттирар эдик. Уларга жундан ўйинчок ясаб берар эдик. Агар биронтаси «овкат» — деб йиглай бошласа, ифтор пайтигача ўйнаб, овуниб туриши учун ўша ўйинчокни берар эдик» (Имом Бухорий ривояти). Баъзилар боласига рўзани ўргатиш мухим эканини ўйламайдилар. Бола рўза тутишга кизикиши ва бунга унинг курби хам етиши мумкин, аммо «мехрибон» ота-оналари унга «ачиниб» рухсат бермайдилар. Улар болалар учун хакикий мехрибонлик, уларни рўза тутишга ўргатиб бориш эканини билишмайди. Аллох таоло шундай буюради: «Эй мўминлар, сизлар ўзларингизни ва ахли оилаларингизни ёкилгиси одамлар ва тошлар бўлган дўзахдан саклангизки, у (дўзах) устида багритош ва каттиккўл, Аллох ўзларига буюрган нарсага итоатсизлик килмайдиган, факат ўзларига буюрилган нарсанигина киладиган фаришталар турур» (Тахрим: 6). Киз бола балогатга етиши билан унинг рўза тутишига эътибор килиш керак. Кўпинча, улар хайз кўрганини айтишдан уяладиларда рўза тутаверадилар кейин эса у кунларни казосини тутмайдилар.

(12) Агар кофир рамазон ойида Исломни кабул килса, боланинг балогатга етгани билинса, аклдан озган одам хушига келса, рамазоннинг колган кунларида уларнинг хаммаси ейиш-ичишдан тийилсинлар. Чунки, улар рўза тутиш фарз бўлганлар каторига кўшилдилар, аммо ўтказиб юборган кунлари учун бошка вакт казосини тутиб бермайдилар. Чунки, у пайтда уларга рўза фарз эмас эди.

(13) Мажнун амалларига жавоб бермайди (яъни, унинг амаллари амал дафтарига ёзиб борилмайди), аммо у маълум вактларда аклдан озса ва бошка вактларда хушида бўлса, унга акли жойида бўлган вакт мобайнида рўза тутиши шарт ва мажнунлик даврида шарт эмас. Агар у кундуз куни мажнун бўлиб колса, бу унинг рўзасини бузмайди. Бу гўёки касаллик ёки бошка бир сабабли хушидан кетиши кабидир. Чунки, у акли жойидалигида рўза тутишни ният килган. (Ибн Усаймин «Мажалису шахри рамазон» 28-бет). Тутканок тутадиган кишининг хукми хам шу кабидир.

(14) Агар одам рамазонда вафот этса, у ёки меросхўрлари зиммасида бирор адо этиш шарт бўлган нарса йўк.

(15) Агар киши рамазон рўзасининг фарзлигини, кундузи ейиш-чишнинг ёки жинсий алока килишнинг харом эканини билмаса, унга ўхшаганлар хакикатда узр килинадиган жохил бўлса, кўпчилик олимлар фикрига кўра у маъзурдир. Булар Исломни янги кабул килган, дорул харб (Кофир мамлакати)да яшаган ва кофирлар ичида ўсган каби кишилардир. Аммо мусулмонлар ичида бўлган ва сўраб суриштиришга ёки билишга имкони бўлган киши маъзур хисобланмайди.

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Sentyabr 2006, 01:14:35

ILOHIY AMR: Ey mo‘minlar, taqvoli kishilar bo‘lishingiz uchun sizlardan ilgari o‘tganlarga farz qilingan kabi sizlarga ham sanoqli kunlarda ro‘za tutish farz qilindi. Endi sizlardan biror kishi kasal yoki musofir bo‘lsa, u holda (ro‘za tutolmagan kunlarining) sanog‘ini boshqa kunlarda tutadi.
Baqara, 183-184

HADISI QUDSIY: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohi alayhi va sallam aytdilar: Alloh taolo dedi: "œOdam farzandining qilgan har bir amali o‘zi uchun. Ro‘za esa Men uchun va uning mukofotini O‘zim beraman».
Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Nasoiy rivoyatlari.

HIKMAT: Allohga sevimli ishlar uchta: Qasos olishga qodir bo‘laturib kechirish, g‘azabi kelganda o‘zini bosish, Allohning bandalariga muloiim bo‘lish. Kim Allohning bandalariga muloyim bo‘lsa unga ham muloyim bo‘linadi.
Umar ibn Abdulaziz

NUKTA: Bu toifa (mashoyixlar) anga ko‘shish qilurkim, andoqki yemak-ichmakdan bo‘g‘uzga savm buyurgaylar, jomei a’zoga o‘z qilur fellaridan ro‘za buyurgaylar... Barchadan sa’broq (mushkulroq) ko‘ngil ro‘zasidirki, Haq subhonahudan o‘zga hech nima xotirga kechmakdur va ro‘zani doimo ko‘ngulga buyururlar.
Alisher Navoiy

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Sentyabr 2006, 21:54:23

HIKMAT: Marhabo, ramazon, bizlarni poklovchi! Ramazonning hammasi yaxshi, kunduzi soim, kechasi qoim, bu oydagi nafqa Alloh yo‘lidagi nafaqa kabidir.
Umar ibn Xattob

HADISI SHARIF: Rasululloh sollalohu alayhi vasallam aytadilar: "œRamazon ro‘zasini tutgan va uning hududlarini bilgan hamda saqlanish kerak bo‘lgan narsalardan saqlangan odam(ning bu ibodatlari) o‘tgan gunohlariga kafforat bo‘ladi".
Imom Ahmad va Imom Bayhaqiy rivoyatlari

HADISI SHARIF: Abu Hurayra roziyallouu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
«Uchta duo rad qilinmas: ro‘zadorning og‘zini ochish paytidagi duosi.. .», dedilar».
Imom Ahmad va Imom Termiziy rivoyatlari

Qayd etilgan


Muslimа  19 Sentyabr 2006, 15:47:38

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu!
Alloh taologa behisob hamdu sanolar va payg’ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallamga Allohdan salovatu salomlar bo’lsin!
Azizlar barchangizni kelayotgan mohi Ramazon bilan chin dildan qutlayman. Hammamiz sog’inib kutayotgan va afsuski tez o’tib ketadigan Ramazon oyida barchamiz Alloh taoloning mukofatiga sazovor bo’lishga intilaylik. Zero hadisu sharifda aytilganidek: "œRasululloh sallalohu alayhi vassallam aytdilar: Alloh taolo dedi: "œOdam farzandining qilgan har bir amali o’zi uchun. Ro’za esa Men uchun va uning mukofotini O’zim beraman"( Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyati).
   Ramazon oyini yaqinligini, bu oyda ro’za tutib Allohga ibodatlar qilish zarurligini unutgan ba’zi birodarlarimizga Alloh taolodan iymon va insof tilab qolamiz.
   Barchamizga Allohning suygan bandalari qatorida bo’lib, Uning mukofatiga sazovor bo’lish har bir dili iymonga to’la muslim va muslimaga nasib etsin! Har birimizga payg’ambarimiz Rasululloh sallalohu alayhi vassallamdek ulug’ zotning xaqiqiy ummatlari bo’lish bahti nasb etsin! Alloh barchamizdan rozi bo’lsin!

Qayd etilgan


Laylo  20 Sentyabr 2006, 11:14:01

Allohning fazli va rahmati

Vosila ibn Asqo’, roziyallohu anhu, rivoyat qiladi: "œRamazon oyi keldi. Biz ahli suffa ham ro‘za tuta boshladik. Har oqshom iftor vaqti kirishi bilan Aqobada bay’at bergan ansorlar kelib har qaysisi bir kishidan bizni iftorlikka olib ketishardi. Bir kuni hech kim kelmadi.  Ro‘zamizni ocholmay uxladik, saharlik ham qilmadik. Ertasi kuni ham hech kimdan darak bo‘lmadi. Nihoyat, ahvolimizni janobi Payg‘ambarimizga, sollallohu alayhi va sallam, bildirdik. Ul zot bizga nihoyatda qayHurib, biror yegulik bormi, deya ayollaridan birma-bir so‘rattirdilar. Biroq ularning hammalari bunga:
— Alloh nomiga qasamki, bizda yegulik hech narsa yo‘q, — deb javob yubordilar.
Shunda Nabiy, sollallohu alayhi va sallam, to‘planishimizni buyurdilar va biz to‘plangach:
— Allohim, Sendan fazl va rahmat  so‘raymiz. Zero, rahmat yolg‘iz Sening qo‘lingdadir va Sendan o‘zga rahmat sohibi yo‘qdir, — deya duo  qildilar.
Biz "œOmin", dedik.
Oradan ko‘p o‘tmay, bir joydan bizga bir qo‘yning qovurilgan tanasi va shunga yarasha non keldi. Rasuli akram, sollallohu alayhi va sallam:
— Qani, olinglar, yenglar, — dedilar.
Biz to‘ygunimizcha yedik.  Shundan so‘ng Sarvari koinot, sollallohu alayhi va sallam, shunday deb marhamat qildilar:
— Biz Alloh taolodan uning fazilati va rahmatini ham tilagan edik. Bu bergani Uning fazlidir. Shubha yo‘qki, biz uchun rahmatini ham saqlab qo‘yibdi".

Qayd etilgan


Muslimа  20 Sentyabr 2006, 15:13:39

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.

"œPaygambarimizdan (sollallohu alayhi va sallam) so’radilar:
-   Ey Allohning Rasuli, qanday sadaqa afzalroqdir?
U zot (sollallohu alayhi va sallam):
-   Sadaqaning afzali Ramazon oyida berilganidir, dedilar"

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarning eng sahiysi edilar. U zot (sollallohu alayhi va sallam) Ramazonda yanda sahiylashar edilar.

Qayd etilgan


Muslimа  20 Sentyabr 2006, 15:39:21

Alloh taolo Qur’oni Karimda marhamat qiladi:
"œEy iymon keltirganlar! Taqvoli kishilar bo’lishingiz uchun sizlardan ilgari o’tganlarga farz qilinganidek, sizlarga ham sanoqli kunlarda ro’za tutish farz qilindi".
   Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi va sallam ummatiga ro’zani ikkinchi hijriy sananing Sha’bon oyida farz qilgan. Bu oy mo’minlarning ko’pdan — ko’p savoblar olib ikki dunyo saodatiga erishishlari uchun katta imkoniyat bergan bir oydir. Bu oy rahmat va shavqat, baraka va savob oyi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bu oyning fazilati haqida shunday deganlar:
   "œSizga muborak Ramazon oyi keldi. Alloh sizga uning ro’zasini tutmoqlikni farz qildi. Unda osmonlarni eshiklari ochilur. Jahannam eshiklari yopilur. Unda o’zboshimcha shaytonlar kishanlanadi. Bu oyda bir kecha borki, u ming kechadan yahshiroqdir". (Ahmad, Bayhaqiy, Nasaiy)
   "œKim ramazon ro’zasini iymon bilan savob tilab tutsa, avvalgi gunohlari mag’firat qilinqdi".
   "œKim ramazon ro’zasini tutsa, oldingi gunohlari avf etiladi. Alloh uni jannatga Rayyon eshigi orqali kiritadi"
   "œJannatda Rayyon nomli eshik bor. Bu eshikdan ro’za tutganlargina kiradilar. Qiyomat kuni : "œRo’zador qani?" deb nido qilinadi. Ro’zadorlar shu eshikdan Jannatga kiradilar. Oxirgi ro’zador kirishi bilan bu eshik yopiladi"

(Buhoriy, Nasaiy, Termiziy)

Qayd etilgan


Muslimа  20 Sentyabr 2006, 16:01:25

                            Ramazon oyini jonlantirish.
Bu oy o’n bir oyning sultonidir. Uning dastlabki o’n kunligi rahmat, keyingisi mag’firat, keyingisi do’zahdan najotdir. Bu oy kunduzlari ro’za tutish, Tarovih namozi o’qish, kechalari ibodat qilish, Qur’on xatm qilish bilan jonlantiriladi. Bu oyning baraka oy ekanligi shundaki, Alloh taolo bu oyda nafl ibodat bajarganga farz ibodat bajarganning, farz ibodat bajarganga esa etmish farz ado etganning ajrini beradi. Bu oyda "œLa ilaha illalloh", "œAstag’firulloh" zikrlarini ko’paytirish lozim. Duolarimizda Alloh taolodan ikki dunyo saodatini so’rash, jahannam azobidan najot tilash kerak.
Ramazon oyining dastlabki kechasi (Sha’bon oyini Ramazon oyiga bog’langan kecha) shom va xufton namozlari orasida Alloh muborak Ramazon oyiga sog’ — salomat etkizgani uchun ikki rakat shukur namozi o’qiladi. Birinchi rakatda Fotiha surasidan keyin bir marta Kavsar surasi o’qiladi. Ikkinchi rakatda esa Fotiha surasidan keyin bir marta Ixlos surasi o’qiladi. Namozdan so’ng etmish marta istig’for va etmish marta salovot o’qiladi.
   Muqaddas oylar va mustajob duolar kitobidan

Qayd etilgan


AbdulAziz  21 Sentyabr 2006, 13:57:56

RO‘ZA KIMLARGA FARZ EMAS?

Balog‘atga yetmagan bola, aqlini yo‘qotgan majnun, hushdan ketgan kimsa, kasalga chalinib ro‘za tutolmaydigan kishi, ro‘za tutishga madori yo‘q keksalar, safardagi musofir, hayz yoki nifos ko‘rgan ayollar, homilador, emizikli juvonlar uchun shariatimiz ro‘za tutmaslikka ruxsat etadi.

Balog‘atga yetmagan bola, aql-hushini yo‘qotgan kishi haqida Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: «Uch toifa insondan qalam ko‘tarilgan: aqlini yo‘qotgan kimsa, to aqli joyiga kelgunicha, uyquda yotgan inson, to uyg‘ongunicha, yosh bola, to balog‘at yoshiga yetgunicha gunoh-savobdan forig‘dir» (Ahmad va Abu Dovud rivoyati).

Kasalga chalingan kishi esa, holatiga qaraydi. Agar ro‘za tutsa, dardi yanada kuchayadigan yoki tuzalishi orqaga suriladigan bo‘lsa, ro‘za tutmaydi. Qolib ketgan kunlarning ro‘zasini tuzalganidan keyin tutib beradi. Agar bemor ro‘za tutsa, qiynalib qolmaydigan, ro‘za sababli dardi zo‘rayib ketmaydigan bo‘lsa, ro‘zasini tutaveradi. Ammo tuzalishi umid etilmaydigan dardga chalingan bo‘lsa, ramazonning zo‘r bir kuni uchun fidya beradi.

Keksalar ro‘za tutishga qiynalsalar, ramazonning har bir kuni uchun bir miskinning qorni to‘yadigan darajada fidya beradilar. Shunda ular ro‘za tutganlik savobini oladilar.

Musofir odam ro‘za tutish yoki tutmaslikda ixtiyorlidir. Chunki Payg‘ambar alayhissalom safarda ro‘za tutgan sahobalarga ham, tutmaganlarga ham indamaganlar. Musofir uchun qaysi biri yengil bo‘lsa, o‘shani qilishi afzal. Agar tutma-sa, qazosini keyin, muhim bo‘lganda tutib beradi.

Hayz yoki nifos ko‘rgan ayolga kelsak, uning ro‘za tutishi harom sanaladi. Kim hayz va nifos paytida hukmini bilaturib, ro‘za tutsa, ro‘zasi botil, o‘zi esa gunohkor bo‘ladi.

Homilador yoki emizikli ayol ro‘za tufayli o‘ziga, homilasiga yoki chaqalog‘iga zarar yetishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmaydi. Bu uzrlardan qachon holi bo‘lib, ro‘za tutish imkoniyatiga ega bo‘lsa, o‘shanda ro‘zaning qazolarini tutib beradi. Agar keyin ham tutishga qodir bo‘lmasa, unda har kunlik ro‘zasi uchun fidya beradi. Fidya deganda bir miskinning qornini to‘yg‘azadigan miqdordagi taom yoki uning qiymati tushuniladi.

Qazo ro‘zalarini ketma-ket tutish shart qilinmagan. Uzib-uzib tutsa ham bo‘ladi. Agar qazolar keyingi ramazon kelguniga qadar tutib olinsa, a’lo ish bo‘ladi.

Agar inson beparvo bo‘lib, hech qanday uzrsiz qazo ro‘zalarini keyingi ramazongacha ham tutmagan bo‘lsa, ba’zi ahli ilmlar so‘zi bo‘yicha, ham qazolarini tutadi, ham o‘sha kunlari uchun bir miskinni taomlantiradi.

Qayd etilgan