Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)  ( 62138 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Sofdil  18 Mart 2012, 11:38:44

Andijon - bu anavi Eshonov Bohodirlar tarafmi?...

Huddi uzi  ;D

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  18 Mart 2012, 12:51:39

Eshonov Bahodir kim bo'ldi?

Qayd etilgan


Ansora  18 Mart 2012, 13:19:16

Eshonov Bahodir kim bo'ldi?

Belleqizcha kop ishlatarilar bu ismni:)

Iltimos jiddiy urf-odatlar haqida yozaylik...

Qayd etilgan


Abu Muso  18 Mart 2012, 14:23:04

 :asl3:

Men biitta gap eshitgandim: Andijonda uyni ta'mirlovchi ustalar juda hurmat qilinarkan...

Kimnikida usta ishlasa, ertalab nonushta ham qilmay kelishib, to'rt mahal ovqatlanishar

ekan. Shundan ikki mahali eng kamida osh yoki manti kabi tansiq taom, nonushtada

qaymoq va issiq non bo'lishi shart deishgandi... Andijonliklar, bu gap neqadar rost? ;)

Qayd etilgan


Donishmand  18 Mart 2012, 15:16:11

Bu yerda yozilgan urf-odatlar faqat Andijonga emas, butun vodiyga tegishli, ot-aravada bolalarni aylantirib muzqaymoq olib berishidan tashqari. Usta boqish masalasida ham shunday. Usta ertalab shogirdlari bilan keladi, "yo'q" deyishiga qaramay qaymoqli nonushta qilib berasiz (usta hohlamasayam uy egasi qo'ymaydi). Tushlikka qo'y-yog'i, qo'y-go'shtiga sho'rva (bu eng kamida), kechki menyuda osh! Uy qurib usta boqqan odamlarning o'zidanmas, ayollaridan so'rang - ana ular bor gapni aytib berishadi, diydiyolari bilan. :)
Bu yerda keltirilgan faqatgina bitta narsa andijonliklarga hos - Eshonov Bahodir!
Eshonov Bahodir kim bo'ldi?
Eshonov Bahodir - lotoreyalar reklamasining yuzi, andijonlik "milliarder"! Chorsuda lotoreya o'ynardi ilgari...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  18 Mart 2012, 17:28:19

Abu Muso aka. Chindan ham bizda ustalarga uch mahal taom tortiladi. Ertalab kelishganda nonushtaga non, murabbo, sliv.maslo beriladi. Agar uy qurilish bolib uyda yotib qolishsa, nahorga mastava tortiladi.
Tushlikda albatta osh, yengil ovqatga unashmaydi:-) Kechga esa ixtiyoriy, ko'pincha mastava, achchiq sho'rva ketadi.

Toshkentda ustalarga ovqat bir mahalmi?

Qayd etilgan


Sofdil  18 Mart 2012, 17:35:26

offtop busayam:
toshkenda, ustala asosan nonushtani uyida qip keladi. Abetta baquvvatrooqat beriladi: ow, moshkichiri shunga o'xshash. Kechga yaqin choy - saryo paryo, mayda chuyda digande.

Qayd etilgan


Zohid85  18 Mart 2012, 22:57:06

Tibbiyot institutida o'qib, bir necha xonadonlarda ijarada turganmiz. Bir odatlarini yaxshi ko'rardim: naxorda bomdod namozidan keyinoq xamma uylar darvozasi (Andijonda 'ravot' deyilarkan) yoki ko'cha eshigi qiya qilib ochib qo'yilardi. Bu odatni rizqqa daxldorlgini bir buvidan so'rab bildim. Albatta bir xikmat borligiga ishonib, mana o'qishni bitirib kelib, bu odatni uyda va ishxonada amalda qo'llayapman.
 Bizda bu odatni uyida katta buviyu buvasi borlar qilishadi xolos.
Baribir xar tomonlama foydali yaxshi odat. Erta turish, keng halol rizqqa umid, kelgan xar qanday mexmonga, tangri berishi mumkin bo'lgan uqubatu mukofotlarga eshik doimo ochiqligi pamzi bo'lsa ne ajab!

Qayd etilgan


Mufazzala  19 Iyun 2012, 08:43:02

 :asl3:

Darvozani qiya qilib ochib qo'yishdan avval ko'cha eshigini
atrofi yaxshilab supurilib, suvlarni ko'llatib sepib qo'yiladi.
Bu ish toooo qish kelib qor yoqquncha davom etaveradi.
Agaaaar kelini bor yoki qizlari bor oilani ertalabdan
erkaklar bomdod nomozidan qaytib kelayotganlarida
eshigini tagi supurilmasdan qolib ketsa bormi...
Uxx, shuni deb Onamdan ko'p kaltak yeganman.
-"Tur bo'l tezroq, eshilardi supur, xozir kishilar qaytadi nomozdan".
Mazza qilib uxlayotganda eng yomon ko'rgan gapim shu edi ;)))
Kim chiqarganikin shu bemaza odatni, derdim. Yomg'ir yoqqan kuni bayram)))
Yana shu bilan qutulib qolsangiz ham mayliga, undan keyin
gehtarga(paxta dalasi(c))Olg'a, ketdik. Nonushtagacha ikki agat(egat(c)) chiqib, ikki agat
tushib, orada qo'y-molga o't qilib qaytib kelardik. Maktabga ketgungacha
aaancha ishga ulugurardik. Barakali bo'lgan ekan o'shanda vaqtlar ham...
Ha aytgancha shu ishlarni orasida o'sma ham qo'yib olardik, maktabga ketayotib
yuvib tashlardik ;)))
Maktabdan kelgandan keyin esa asosiy vazifalar boshlanardi.

Qayd etilgan


Mufazzala  19 Iyun 2012, 08:52:38

 :asl3:


Ha yana bitta urf esimga tushib ketdi. Anjonni boshqa yerlarida
qanaqa bilmadimu biz taraplarda to'ydan bir kun avval "Savzashti"(sabzi archdi)
kuni kechqurun atrofdagi to'rtta mahallaga bittadan odam yuborila(r)di.
valasapet(velosiped)i bilan. Ularni vazifasi ertangi to'ydan hammani ogoh qilish bo'ladi.
Buni "To'yga aytish" deyiladi. Qisman mana bunday:
"Yoppasiga to'ygaaaa, Polonchi akalarnikigaaaaa".(ovoz booricha)
Buni eshitgan kim bo'lsa nahorgi oshga keloradi(qiyshayiib))).
Obedda xotinlar, savati, dasturxoni bilan.
Ashnaqa gaplaar...

Qayd etilgan