Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)  ( 62179 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 B


Mo'min Mirzo  19 Iyun 2012, 12:50:13

Mufazzala opa qaysi qishloqda turardiz?
Shaharda deyarli bunday urflar qolmadi, afsus. To'yga to'y egasi eshikma eshik yurib aytadi, aytganda ham faqat yaqin atrofdagi qo'shnilar, mahallaning yarmini.
Eshik tagini supurish ham kelini bor uylarda kuzatiladi. Ba'zi qizi bor uylarda qizlar ham ertalab eshik tagini chiniday qilib shipirib qo'yishadi, baraka topishsin. Lekin bomdoddan oldin emas, quyosh chiqqandan keyin qurollarini ko'tarib chiqishadi.

Qayd etilgan


Aqoid  19 Iyun 2012, 13:08:09

Mufazzala opa ning gaplaridan ,ishono'rilar, sog'inch hidi kelyapti.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  19 Iyun 2012, 14:12:23

Tibbiyot institutida o'qib, bir necha xonadonlarda ijarada turganmiz. Bir odatlarini yaxshi ko'rardim: naxorda bomdod namozidan keyinoq xamma uylar darvozasi (Andijonda 'ravot' deyilarkan) yoki ko'cha eshigi qiya qilib ochib qo'yilardi. Bu odatni rizqqa daxldorlgini bir buvidan so'rab bildim. Albatta bir xikmat borligiga ishonib, mana o'qishni bitirib kelib, bu odatni uyda va ishxonada amalda qo'llayapman.
 Bizda bu odatni uyida katta buviyu buvasi borlar qilishadi xolos.
Baribir xar tomonlama foydali yaxshi odat. Erta turish, keng halol rizqqa umid, kelgan xar qanday mexmonga, tangri berishi mumkin bo'lgan uqubatu mukofotlarga eshik doimo ochiqligi pamzi bo'lsa ne ajab!

Бу одат Ааманганда хам бор. Факат шахар ва шахар атрофидаги туманларда. Муфаззала опа айтганларидек 80 градус совук булса хам ёгингарчилик булмаса, кучалар сркаклар бомдоддалигида саранжом булиши керак :)
Келини ёки кизи танбал бечора катталарни баъзан масжидга кетаётиб ёки кайтаётиб узларини супурги ушлаганларини кураман. Каранг, узларини смас, фарзанд ёки келинларини ёмон отлик килишни хохлашмайди. Шунакаларни угли огайним булса, шунака игна санчаман шукр куп марта натийжа берган :)
Машнака кип туриш кереда а. Бумаса бу тушмагурлар урп одатларимизни йукотворади

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  19 Iyun 2012, 14:52:34

Mufazzala opa aytgan iwlar yilda 2 bor hayitlarda kuzatilayapti holos (afsus)

Qayd etilgan


Mufazzala  20 Iyun 2012, 00:49:20

 :asl3:

Mo'min Mirzo, biz Andijon tumani Hakan qishlog'ida turamiz.
Quyosh chiqqandan keyin supurish shunaqangi uyat edi (bizi davrimizda)
undan ko'ra o'shanday qolib ketgani yaxshiydi. O'sha kuni kechgacha hammadan
gap eshitib o'sal bo'lib yurardik.
Qo'shnimizni kelini boridi, hich shu kelindan erta supura olmasdigey. Kechasi
poylab soat ikkida chiqsek ham supurib kirib ketgan bo'lardi, baraka topgur.
Qachon ulgurardi haliayam bilmayman :)
Onam doim shu kelinni ibrat qilib ko'rsatardi. Keyin shunday kelinlarni mahallada
ham obro'si baland bo'lardi.

Aqoid, hidi kelish han gapmi....sog'inchdan qovurilarkan odam.
Vatanimni, qishlog'imni yomonam sog'indim omalekin.
Agar xozir borib qolsam mazza qilib, havasga qilardim ishlarni.

Muhammad Sohib, Namanganni Sardobasida urug'larimiz bor,
mexmonga borib yotib qolganimizda odatlarini, odoblarini huddi
Anjanga o'xshatvorardim.(qarindoshlik yeri boroov))

Abdulloh_8800, haliyam jiyanlarimdan so'rab turaman, sahar
eshilardi supurishyapsanmi, deb. Ha ammajonim, deyishadiyu.
Yolg'on gapirishyaptimikin-a:)

Qayd etilgan


Mufazzala  20 Iyun 2012, 01:02:59

 :asl3:

Ha yana bitta odatimiz esimga tushib ketdi.
Har non yopganimizda bitta non ustida kulchasi bilan
bitta qo'shnimizga berardik. Issiqinaligidan sochiqqa o'rab
olib chiqardik.  Boshqalar han shunday qilishardi.
Xoziram bormikin bu odat deb so'rasam, allaqachon "Qizil kitob"ga
kirib ketganini aytishdi, hafa bo'ldim :(

Qayd etilgan


Sofdil  20 Iyun 2012, 01:25:57

 :asl3:

Andijonlila to'ylaga taaluqli urf odatlani yoritsela, hammaga birde qiziq bulardi. Man ewitiwim bo'yicha kelin tarap kuyov bolaga "kiyinin kuyov bola" dip $ berarkan wu gap rostmi?

Qayd etilgan


Aqoid  20 Iyun 2012, 02:14:04

Ha, rost. Kuyov taraf ham beradi

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  20 Iyun 2012, 04:46:37

To'yga aytish deganda bir narsa esga tushdi. Mahallamizda masjid boridi (u vaqtlarda masjidlar juda ko'p edi), nahorgi oshga o'sha kichkinagina masjidda e'lon qilinardi. "Masjid ahli oq soqollari, ertaga Bomdod namozidan so'ng falonchinikiga..." deb e'lon qilardi. Bu chaqiriq "oq soqollar"ga bo'lsa ham biz burnini endi artib yurishni boshlagan bolalar ham salla-doppi kiyib nahorgi dasturhonga qiyshayib kirib boraverardik.

Mufazzalopa bizda non tarqatilmay ketgan, afsus. yoshligimda boridi bu odat, yon qo'shnimizga yo bir mahallada turadigan qarindoshimizga ikkita non chiqarardik.
Hozir farzand ko'rishsa yo erimi farzandimi uzoq safardan qaytgan bolsa onaxonlarimiz har qo'shniga ikkitadan non va holvaytar chiqaradi. agar kamhajroq oila bolsa faqat holvaytar chiqaradi.

Qayd etilgan


Sayyid90  20 Iyun 2012, 07:14:26

bu urf odatlar bor markazlardan tashqarida,ammo ilgarigidek  emas.

Qayd etilgan