Faqat Andijonga xos urf-odatlar:)  ( 62244 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 B


My Ummah  20 Iyun 2012, 16:24:51

hamma shahardi ustalari bir xil ovqatlansa kere, yo oshqozoni har-xilmikin ustalardi

Qayd etilgan


azizbek_mx  20 Iyun 2012, 16:52:33

ochiq ko'ngil yaxshi odamlar lekin, soddagina bo'lib ko'rinishadiyu, bir kiydirib ketsa yomon alam qiladida ))).
bir kiydirgandayam yomonidan kiydirib kettida ommo lekin :))) qaytib anjanliladan zakaz omasakanman dedim

Qayd etilgan


Mufazzala  20 Iyun 2012, 17:56:57

 :asl3:


Yana Anjanda erkak kishi (mabodo)ayoli haqida gapirsa "Bollarim",
deb gapiradi. Masalan: Bizi bollar onasinikiga ketgandi, deydi.

Akalar ukalarini ayollarini "Kelin", deyishadi.
Qaynonalar kelinini ismiga albatta "xon" yoki "oy"
qo'shib chaqirishadi. Masalan kelinni ismi Malika bo'lsa
Malikaxon, deb chaqirishadi.
Katta ota-onalarni nevaralar "Opoqidada", "Katabuvi"
deyishadi.

Ko'chadagi notanish kishilarga esa "Tog'a", "Xola" deb muroja'at qilishadi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  20 Iyun 2012, 18:30:46

89-90-йилларда Андижонда турганман, у ердаги бир ажойиб одатлардан бири маҳалла ксчасидан стган кишининг йслда ёки сшиги олдида турган кишиларга албатта салом бериб стиши сди, хоҳ таниш бслсин, хоҳ бслмасин. Аамоз ҳақида ҳеч нарса билмайдиганлар ҳам (у вақтда ундайлар жуда ксп сди) бу схши одатга срганишган сди.

А­нди танишлар орасидаги ссрашишда сса мазкур схши одат устига сна бир ажойиб одат "сшикка стейлик, чой тайср" дейиш қсшиларди, бу барчада бор сди, ксплари ҳатто "ош тайср" деб қсйишарди сафарга отланиб, ксчага чиқиб қолишган бслишса-да. Бундай мулозаматда баъзан такаллуф ксринсада, лекин азбаройи қаршисида турган кишига қилинган ҳурмат ва сҳтиром юзасидан бслгани учун, буни жуда схши одатлардан, деб айтса бслади.
Hojiaka shunday tez-tez kirib forumni gullatib turing, postlaringizni odam sog'inib ketarkan. FBda ham kamnomasiz.
Salomlashish ham bizdagi odat edimi? Bilmaskanman, lekin o'zim mahallamizdagi tanishu-notanishga salom beradigan odatim bor, endi bilsam bu Andijonliklar odati ekanda.
Eshikka o'taylik, uyga kiring deb qo'yish hozir ham bor, hammani qo'li ko'ksida turadi "choy ichib keting" deb aytadi. Qizig'i, hatto rus millatiga mansub odamlar ham shunday "cho'yga" taklif qilib qolishadi, bunday taklif hozir og'izdan "avtomatik" chiqib ketadigan bo'lib qolgan : )

Iqtibos
Андижонликлар (шаҳарда сшайдиганларни назарда тутаспман)да бошқа ерларда ҳурмат юзасидан қсшиладиган "лар" қсшимчаси қсшилмайди, съни, бир ҳурматли киши ҳақида "бордилар", "келдилар", "қилдилар" деб бошқалар қсшадиган ҳурматга далолат қилувчи "лар"ни қсшмайдилар. Бу асло беҳурматликни ифодаламайди, лекин, уларда бу қсшимчани қсшиш одат тусига кирмаган (ҳар ҳолда 20 йил бурун шундай сди), улар билан снги муомалада бслаётган ҳамда ҳурмат юзасидан "лар" қсшимчасини қсшадиганлар шундай муомалада тушунмовчиликка бориб қолмасликлари керак.
LAR qo'shimchasi chindan ham bizda ishlatilmaydi, ishlatib qolinsa kulguga qoladi.
10 yilcha oldin edi shekili, bir sho'x jiyanim oshnam bilan tortishib qoldi, oshnamning eshigini ochib "gapizi qaytib omasez baqiraman" dedi, oshnam "baqirmang, dadamlar bor" degan edi jiyanimga xudo berdi "Aka qaren, baqiraman desam "baqirmang, dadamlar bor" deyapti, gapini qaren "dadalari borakan".
Kulaverib nafasim chiqmay qolgan edi.

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  20 Iyun 2012, 18:41:02

Yana Anjanda erkak kishi (mabodo)ayoli haqida gapirsa "Bollarim",
deb gapiradi. Masalan: Bizi bollar onasinikiga ketgandi, deydi.
Bir odatimiz bor, shuni hech tushunmayman. Er ayolini chaqirganda kenja qizining ismini aytib chaqiradi, xotini ham erini chaqirganda katta qizining ismini aytib chaqiradi.
Masalan bir oilaning ikki qizi bo'lib kattasining ismi Nazokat bo'lib, kichigi Nazira bo'lsa ayol erini Nazokathon deb chaqiradi, er ayolini Nazirahon deb chaqiradi.
Nega bunday ekan, ko'pni ko'rgan forumdoshlar orasida shu odatimizning xikmatini biladiganlar bormi?

Iqtibos
Katta ota-onalarni nevaralar "Opoqidada", "Katabuvi" deyishadi.
Shaharning o'zida boboni Opodada deydi, buvini "buva" deydi.
Tumanlarida onani "buvi", buvini "katta buvi", boboni ko'pincha "ota", tog'ani "opodada" deydi.

Qayd etilgan


Mufazzala  20 Iyun 2012, 18:55:06

 :asl3:

Meni Opodadam rahmatlik ham to hayotdan o'tgungacha Katabuvimi
holamni ismi bilan chaqirgan. Kamdan-kam chaqirardi shunday bo'lsada.
Bunaqa holatlar kattalarimiz orasida bor, kamyob.
Buni sababini Hayo dan deb bilaman. Boshqalarni oldida qo'lini tutish
tugul hatto o'z ismi bilan ham chaqirishga hayo qilishgan eskilarimiz.
Bizni millat shunaqa hayosi kuchli millat (edi).
Qanday go'zal edi o'sha damlar, ammo.... afsus.

Men shu paytgacha qarindoshlarimiz, yaqinlarimiz orasida
er-xotin bir-birini ismi bilan chaqirganini eshitmaganman.
Hech bo'lmasa ayasi, dadasi deyishadi bir-biriga.

Turk xotinlari ho'jayinlarini bemalol ismi bilan chaqirib, sensirab tursa
odam g'alati bo'lib ketadi. O'rganmaganimiz, loyiq ko'rmaganimiz uchun.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  20 Iyun 2012, 19:50:31

meni dadamning ota-onalari ham bir-birlarini katta qizlarini ismi b.n chaqiriwadi "muyassar" deb. Bowqalarga g'alati tuyulsa k.k lekin biz o'rganib ketganmiz

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  20 Iyun 2012, 20:07:22

Yo tavba (youtube emas), forumda 5-6kishidan boshqa hamma andijonlikka o'xshaydi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2012, 20:17:07

Yo tavba (youtube emas), forumda 5-6kishidan boshqa hamma andijonlikka o'xshaydi.

Toshkent va voha tomonlarda ko'pchilik vodiy viloyatlari va shaharlarini farqlay olmaydi. Andijondanman yoki Marg'ilondanman desangiz, "ha, Farg'onadan yoki Qo'qondan ekansizlar-da" deyishadi :)

Buni yozishim bejiz emas, zero bu yerda yozilayotgan urf-odatlar vodiy ahli uchun ham umumiydir. Ba'zi jihatlari farqlansa-da, bu xayrli odatlarni aynan Andijonga yoxud Namangangagina xos deb bo'lmaydi.

Qayd etilgan


Sayyid90  20 Iyun 2012, 22:45:21

Aytilganidek hali ham kimlar bilan salom alik qilinsa "uyda choy tayyor edi"deb qo'yiladi.Biz buvimizni Opoq aya,buvamizni va amakimizni Opoq dada deb ataymiz.

Qayd etilgan