Nima qilsin?!  ( 9303 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Musliha  11 Sentyabr 2011, 23:38:56

Inson dunyoga kelibdiki hayot uchun kurashadi.yashash uchun intiladi.Har yashashga intilgani bu sinovga intilayotgan ekanligini bilmagan holda chaqaloq ham o’sishni hohlaydi.o’sadi kottaroq bo’ladi atrofida onasini tanidi faqat. u uchun hayot onasidan iborat bo’ladi. so’ng yana vaqtlar o’tadi otasini taniydi. Ota mehrini taniy boshlaydi.Yana katta bo’ladi ota onasidan bo’lak yana kimlardir uni erkalayotganini ko’radi keyinchalik ular jigarlari ekanligini biladi.Ular bilan birga hayotga qadam qo’ya boshlaydi.sekin sekin qoqilib qoqilib yura boshlaydi lekin uning hayoliga ham kelmaydiki bu qoqilishlar kelasi hayotidagi qoqilishlarning boshlanishi ekanligini. Mehribon ota ona , bag’ri keng jigarlar orasida sodda bo’lib ulg’aya boshlaydi. Bog’chaga boradi u yerda ham beg’ubor bolalar hech kim bir biriga ziyon yetkazmaydi.Maktabni tamomlaydi ustozlariga mehri boshqacha.U hammani inson (haqiqiy inson) deb biladi. Insititutga kiradi. Ota onasiz qiyinchiliklarni sezadi.Qalbi shunchalar soddaki birovni hech yomon deb fikirga bormaydi.U o’z foydasi deb boshqalarga zarar yetkaza olmas edi,boshqalarni ham shunday deb o’ylardi.Insonlarga shunchalik mehrli ediki kimga bo’lsa yaxshilik qilgisi kelar edi.U kim ekanligiga qarab ham o’tirmas edi.Hoh devona hoh ko’chadagi yoshi katta qariya hoh kursdoshi hoh begona."yo’q" degan so’zni ayta olmas edi.agar qo’lidan kelsayu qilib bermasa keyin vijdoni qiynalar edi u vijdon ajobidan juda qo’rqar edi.
Uning uchun eng mudhish kun!!! Bir inson undan yordam so’radi.U yordam berdi. Keyin u uchun shunday kunlar boshlandiki hayoti butunlay o’zgargan edi.Lekin buni uning o’zi bilmas hali ham sodda hammaga ishonuvchan edi.O’zi qiynalsa ham unga yordam beraverdi beraverdi"¦qarzga botdi...haqiqatdan yordamga muhtoj inson deb o’ylagan edi.Bir yilgacha uni qanday inson ekanligini bilmadi.Hayolida insofli Allohni taniydigan inson gavdalanib bo’lgan edida.Lekin bularning hammasi ikkiyuzlamachilik chunchaki ko’rinish ekanligini hayoliga ham keltirmas edi.Chunki u hali ham insonlarga ishonardi,mehri bor edi.Uning usha soddaligi uning usha yaxshiliklari o’ziga dushman bo’ldi.oradan 1 yil o’tdi Uning mehri usha insonga shunchalik baland ediki  bunga o’zi ham tushunmas edi.Huddi jigaridek edi.Insonni hamma yomonladi ishonmadi hamma bn kurashdi jigarlari yomon dedi kurashdi .Inson o’z o’zidan yo’q bo’lib qoldi Uning qalbi og’ridi.Bir kuni insonni bir birodari bn gaplashildi o’zi haqidagi fikrlarni tashqaridan eshitdi o’zi yaxshi deb yurgan inson qanchalik pastkash ekanligini keyin bildi. Uning mehrini ojizlikka yo’yibdi.Soddaligidan chunchalik foydalanibdiki o’ylasa hali ham butun tanasi dardga to’ladi. Inson o’z foydasi deb unga shunchalar zarar yetkazgan ekan. Inson uning chunchaki soddaligidan foydalangan bir IBLIS ekan halos.U buni kech tushundi.Lekin kech bo’lgan edi!!!
U hali ham oldingidek yashayapti lekin,lekin qalbida insonlarga ishonch so’ngan,mehrsiz.Oldingi soddalik... Soddalikni o’ziga dushman deb biladi.U insonlarni bu darajada ifloslik qilishiga ishonmas edi hatto hali ham ishonmaydi chunki insonlarda vijdonnni yaratgan Alloh.Boyagi insonni esa chunchaki inson ko’rinishidagi IBLIS deb biladi halos.Endi uning ko’zlari dunyoga boshqacha qarayapti.Yosh bo’lishiga qaramasdan ancha narsa boshidan o’tdi endi u avvalgi emas hozir uning fikrlari ancha qarigan....
endi u yaxshilik qilishdan qo’rqadi...

Qayd etilgan


Usmon  12 Sentyabr 2011, 01:24:00

...nimayam deyish mumkin.. ishonch hech qachon so'nmasligi kerak. bu oddiy yoki murakkabroq sinovlardan biridir. Shuning uchun bir begona insonga unchalik qattiq mehr qo'yish kerakmas, boshqasini qattiq yomon ko'rish ham kerakmas. Imkon boricha me'yor saqlangani yaxshi...

Maslahat berish darajasida bir narsa deyolmiymanu, lekin ishonch yo'qolmasligi kerak bu aniq, yaxshilik qilishdan esa qo'rqishning keragi yo'q, O'zi hammasini ko'rib turibdi...

Hamma ham bir xil emas.....

Qayd etilgan


Humayro  12 Sentyabr 2011, 06:44:48

Yaxshilik qil suvga ot deyishadi, yaxshilikni birov uchun emas, balki ajrni Allohdan kutib, Alloh rizoligi uchun qilinishi kerak, ana shundagina adashmagan va aldanmagan bo'ladi insion. Biz ko'pincha kimgadir xolisona yaxshilik qildik deb (agar o'sha insondan bizga yaxshilik qaytmasa), ortidan yaxshilikni bilmas ekan deb qoyamiz. Yaxshilik qilishga qo'l urgan inson, olqish ham tanqid ham eshitishi mumkin, Alloh rizoligi uchun yaxshilik qilishga jazm qilgan inson esa bu narsalardga parvo qilmasligi kerak.

Ammo buyam kishi hayotida bir tajriba, inson bir marta qoqilgan joyida ikkinchi marta qoqilmasligi kerak. Barchamiz ojiz bandamiz hato qilishimiz, qoqilishimiz mumkin, ammo turib ketish o'zni o'nglab olishni hammamiz ham uddalay olmaymiz. Kishining qilgan yaxshiligi avvalo o'zi uchundir, Allohdan savob va ajr olishimiz begumon, ammo yaxshilik qilgan kishining ko'nglidagi chigillar, g'ashliklar, xiraliklar tarqaladi, savobga sazovor amallar ko'ngilni tozalaydi. Bu ham bu dunyodayoq beriladigan ajri bo'lsa ajab emas.

Hammani ham bir qolipda olchamaslik kerak. Yaxshilar kop dunyoda hali. Aldagan insonni esa Allohga havola qilish kerak, undoq kishilar o'zlari sezmagan holda shu qilgan amallrining jazosini olishadi.Nima bolgandayam bizni qalblarimizni yaxshilik qilishdan burib qoymasin Alloh, deb duo qilaylik.

Qayd etilgan


Ansora  12 Sentyabr 2011, 13:18:27

Assalomu alaykum. Musliha, siz aytgan voqea menimcha juda ko'pchiligimizni boshiga kelgan. Hayot rostdan ham judayam qiziq, bazan qulog'ingizga, bazan esa ko'zlaringizga ishona olmaysiz. Balki men ham bazilarini yordamini ko'rib, unga yetarlicha tashakkur eta olmagandirman, deb o'ylanib qoldim. Balki qarshimdagi inson meni haqimdagi fikrlari yomon tarafga o'zgargandir, bazi bir holatlarda.
Bu voqea necha yoshli insonni boshiga kelgan, shu tarafi ham muhim. Sababi men bundan bir necha yil odin boshimga yomon kun kelganda bandalari tarafidan, judayam ko'p siqilganman, yig'lab, siqtaganman, nimaga men? - deb ko'p so'ragandim o'zimdan o'zim. Mana endi beihtiyoriy kulyabman bunday hollarda.

Inson bolasi vaqti bilan tajriba qozonaveradi, insonlarga ishonish kerak, lekin u insondan shubhasi bo'lsa, "laqma" bo'lish ham kerak emas, Musulmon aqlli bo'ladi, mantiqli o'ylaydi. Bila ko'ra turib inson o'z o'zini tahlikaga otishi joniga jabrday gap. O'zini tahlikaga tashlaydigan o'rtamlardan, insonlardan uzoq turgan ma'qul.

Qayd etilgan


soliha_siddiq  12 Sentyabr 2011, 18:02:49

U insonni boshidan  o'tganini tassavvur qivomman, alloh o'zi yo'l ko'rsatsin...
Insonlarga yaxshilik qilish kk albatta , lekin yaxshilik qilishdan oldin kimga qilayotganini,qarzi hasana beradigan bo'lsayz o'sha inson haqiqatdan muhtojmikin bu haqida ham aniq bilish kk..
Shuning u-n yaxshilikni birinchi ahli oilangga,undan ortsa qarindoshlaringa,undan ortsa musofir,etimlarga( voyaga etmagan yigit qiz),yordam  berish haqida hadis mavjud...
Alloh   to'gri yo'lini ko'rsatsin, eski o'tgan narsalani Alloh esidan chiqarsin ,atrofizdigilaniyam...
Alloh kechirguvchi mehribon...
Alloh u inson uchun  bo'lgan yaxshiliklarni ato qilsin ,Amin...
Aldagan insonlar uchun qaugurmaslik kk, allohga  shu qilgan ishlari u-n qiyomatda javob berishi bor, Alloh unday insonlarni bu dunyodayam tashab qo'ymiydi ....

Qayd etilgan


talaba_jon  05 Mart 2012, 21:58:30

Yuqoridagi qisqacha bu hikoyaga meni fikrim: Hozirgi paytda ko'plab insonlar shunchalar tubanlashib borishmoqda lekin qalbi toza insonlar xam yo'g'amas. Bu hikoyaning qaxramoni sodda,ko'ngli pok inson xayotni turli past-balandliklardan iborat ekanligiga ishonch hosil qilgan bo'lsalar kerak. Lekin bu barcha insonlarga ishonch yo'qolishi degani emas. Bu qismatni hayot sinovi yani kitob deb qabul qilsa xam bo'ladi. Xudo xammamizni omadimizni bersin!

Qayd etilgan


Muxsiya  11 Mart 2013, 09:29:17

Narsalarga qiziqishing yo'qolsa xotirangdan ham ayrilasan
shunday ekan inson o'zining hayotga qiziqishini so'ndirmasligi kerak

Qayd etilgan