Yashamoq aslida tiriklik emas
Shunchaki umrni o'tkazish emas
Kimgadur qullik-u, podshohlik emas
Oxiratga borar bir karvon asli.
Ko'ngil qafasdagi ojiz qush emas
Xijronga tashlovchi mag'rur kibrmas
Kimgadur xorlik-u, kimga zorlikmas
Allohni sevuvchi bir bo'ston asli...
Aql telbalikka aybdor emas
Soxta obro'larga eltuvchi yo'lmas
O'tda yonib bitmas,salga qayrilmas
Komillikka eltuvchi bir ziyo asli.
Sevgi xiyonatga loyiq hirs emas
Zinodan keluvchi ojiz yoshlarmas
Ko'ngilni xatosi,armon yo'l emas
Ko'zlarda namoyon bir Hayo asli...
Rizq bu yetib bo'lmas ko'kdagi oymas
Xarom bilan oshno bo'lgan ne'matmas
Shukr va Sabrsiz kutilgan nonmas
Allohning sinovli sevinchi asli.
Farzand xirsning guli,munchog'i emas,
Beparvo hayotning gultoji emas
Talab qilinuvchi oylik maoshmas
Yaratgan berguvchi bir Rayhon asli...
( 1yil diganda endi she'r yozdim. Xatolar bo'lsa ma'zur tutasizlar. InshaAlloh davomini yozish niyatidaman
)