Muallif Mavzu: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?  ( 26082 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Abu Muso

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 754
  • -oldi: 1849
  • Xabarlar: 801
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #15 : 16 Sentyabr 2011, 11:46:01 »
 :asl3:

Yumshoq H mi, qattiq H mi?  ;D (Hojiboy Tojiboevdan)

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #16 : 16 Sentyabr 2011, 12:00:47 »
:asl3:

Yumshoq H mi, qattiq H mi?  ;D (Hojiboy Tojiboevdan)

Valaykum assalom. Menga qolsa shu "x" ni umuman olib tashlash kerak. Yumshog'i yetadi:)

Xayr so'zini "x" bilan yozilishini bilsam ham ataylab "h" bilan yozgim kelaveradi, nimagalini so'rasangiz "x" harfini yomon ko'raman:)

Yaxshiyam qattiq "s" yumshoq "s" ni ajratishmabdi olimlarimiz.

Men shuni tushunmayman, Kiril alifbesiga o'tayotgan paytimiz shuncha muammo turib nimaga endi 2 ta h belgilangan. Bu ortiqcha, meni shaxsiy fikrim.

Turk tilida 1 dona "h" bor, kamayib qolgani yo'q. Qolaversa Arab tilidagiday "x" ni o'rnida "h" yozsak boshqa ma'noga kelib qolmaydi xozirgi O'zbek tilida.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #17 : 16 Sentyabr 2011, 12:07:33 »
Qo'shni cumhuriyatlarda ham O'zbeklar ko'p. Ularni maktablarida O'zbek tili darslari o'qitiladimi? O'zbekiston O'zbek tili masalasida ularga qanday yordamlar beryabdi ajabo?

Музаффар

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1443
  • -oldi: 2068
  • Xabarlar: 1132
  • Jins: Erkak
  • Orbita.Uz лойиҳаси муаллифи
    • http://www.orbita.uz/
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #18 : 16 Sentyabr 2011, 12:10:06 »
Мавзуни очган инсондан Оллох рози бўлсин. Она тилимиз милатимизнинг энг муқаддас ва мукаррам қадриятларидан бири!!! Лекин...
Бу мани хам энг катта камчиликларимдан бири. Ўзбек тилининг қандай жозибадорлигини билган холда русча аралаштириб гапириш одатидан тийилишга доимо интилиб келяпман. Ишхонамдаги касбимизга оид адабиётларни бирорта хам Ўзбекчаси йўқ. Хамаси русча ва инглизча. Икки йилдан буён уларни она тилимизга таржима қилишни бошлаганман. Лекин кўплаб техник терминларни Ўзбекчасини топиш қийин бўляпти. Баъзилари эса умуман йўқ. Шундай бўлса хам хар қандай маълумотни Ўзбек тилида аниқ ва тушунарли ифодалашни 100% га бажарса бўлади.
Бошқа тарафдан қаралса, орамизда хали хам "Совет инерцияси" бўйича яшаётганлар кўпчилик бўлса керак. улар учун рус тили ўз ўзидан бирламчи тил хособлашади.
  қаттиқ ва юмшоқ Ñ… ларни фарқини ман хам хали хам ажратолмайман. кейин лотин алифбосидаги шу муаммо билан боғлиқ баъзи нарсалар хам мавжуд, масалан "асхоб", дасхат ва шу каби сўзларни лотинча ёзилганда "ашоб" каби бўлиб бузилиб қолади. Шу холат учун қандай синткаксислар ишлатилинади?
« So'nggi tahrir: 17 Sentyabr 2011, 09:53:18 muallifi Mузаффар »
http://www.orbita.uz/ - Ilm fan fazosi uzra!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #19 : 16 Sentyabr 2011, 12:26:13 »
Kecha aytdim-u, bazi masalalarda biz haliyam dangasamiz. Masalan shu Lotinni ham kompyuterdagi harflardan foydalana qolaylik, deb shunga qarab alifbo tuzildi. Buni o'rniga biroz pul sarflab tilimizdagi butun tovushlarni bera oladigan alifbo tuzilib, shunga qarab harflar islab chiqarilsa yaxshi bo'lardi. Chunki ha deganda o'zgaravermaydi bu alifbo.
Marmara Universitetida O'zbek tili o'qituvchisi bilan gaplashgandim, Lotin alifbosidan "dod" deydi har safarida. Talabalar esa umuman yoqtirishmaydi, bu nima o'zi, deb...yarmi inglizcha, yarmi umuman boshqa mantiq, deb shikoyat qilishgani qilishgan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #20 : 16 Sentyabr 2011, 12:44:45 »
Tilni ravnaqi uchun ajratilgan pul hech kimga botmasligi kerak. Pul ajratishga majburmiz, chunki bir xalqni xalq qilib turgan narsasi eng boshda uni tili.

Qolaversa O'zbek tili judayam boy til, Arabcha, Forscha so'zlar bo'lsa ham asrlardan beri bu so'zlarni ishlatilishi O'zbekchalashib ketgan.

Oybekni romanlarini Turk tiliga tarjima qilar ekanman, tilimizning qanchalar boy ekanligiga yana bir bor ishondim, chunki bazi iboralar, so'zlarni bir xilini topishni iloji bo'lmadi, har qalay tushunsa bo'ladi bu so'zlarni lekin "mazasi" tilimizdagiday emasdi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #21 : 16 Sentyabr 2011, 12:53:40 »
Men til bilan shug'ullanadigan katta hodim bo'lsam, (ya'ni gapim o'tsa) shaharma shahar, mahallama mahalla kezib, shevaga oid so'zlarni to'platib, ham kitob ham kasseta chiqargan bo'lardim. Bizda shevalarga oid ma'lumotlar judayam kam. Bularni hammasi hazina. Qolaversa eski so'zlarni bilib, ishlatayotganlar ham kundan kunga kamayib bormoqda...

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #22 : 16 Sentyabr 2011, 13:58:21 »
Mavzu hozirgi paytda eng muammoli deb hisoblasak adashmaymiz. O'zbek tiliga "Davlat tili" maqomi berilganiga 22 yil bo'ldi. Shuncha vaqtdan beri ko'p ishlar qilindi tilimizni bu maqomga olib chiqish uchun. Ha, ko'p ishlar qiindi, lekin hali yana shuncha qilinishi kerak bo'lganlari yotibdi.
   Har kuni ertalab ishga kelaman, honamni ochaman, bir ko'zdan kechiraman... Stolimda bir dunyo qog'ozlar - hammasi ruscha! Bo'lishi mumkin birorta gazeta yoki taklifnoma - o'zbekcha! (shu taklifnomani ham nahorgi oshga emas, kechki bazmga aytishganida ruscha yozisharmidi...)
To'rtta o'zbek majlis o'tkazamiz, tabiiyki bayonot ruscha yoziladi. ("Протокол"ning "Bayonot" bo'lishini hozir zo'rg'a esladim - ishlatmasangiz esingizdan chiqib qoladida har qanday so'z). Nega bunday?, qachongacha? degan savollar har kuni o'ylantiradi. Bunga yetarlicha sabablar ham bordir, lekin hamma muammo ana shu sabablarning bartaraf qilinmayotganligida. Birinchi navbatda adabiyotlar (texnik adabiyotlar), ikkinchisi katta korhonalarda hujjatlarni to'liq o'zbek tiliga o'tkazish uchun ko'p vaqt va sarf-harajat talab qilinishida. Ammo bu harakat qilinmasin degani emasku, mayli vaqt ko'p ketsin, lekin qachon boshlaymiz?... Savollar, savollar, savollar...
To'rt-besh yil oldin, bir odamdan -"Aka, mana hamma imkoniyatlarimiz bor, nomzodlik dissertatsiyasini qachon boshlaymiz?" - deb so'raganimda, -"Hozir qilsak rus tilida yozishimizga to'g'ri keladi, biroz vaqt o'tsin. Lotin alifbosida o'qiganlar maktabni tugatib institutga kirishdi. Ertaga institutni ham tugatishganidan so'ng o'z-o'zidan yozuv o'zgaradi, shunda o'zbekcha dissertatsiya yozish boshlanadi. Biz o'z tilimizda yozamiz, va ko'rsatamiz o'zbek tilida ham texnikaga oid dissertatsiyalarni zo'r qilib yozsa bo'lishini," - degan edi. Menimcha, hali-beri bunday bo'lmaydiganga o'xshaydi.
Yana bir narsa, ko'chalardagi reklamalar, yoki nomlar! O'tgan kuni bir AYOQSHning tepasidagi yozuvni ko'rdim. "Zapravka"ning eski nomi "Olmos" edi. Endi yangicha yozishibdi: "AvtoAlmaz" - deb. Qarang, bu lotin yozuvidami, ingiliz tilidami, yoki rus tilidami?! Nega lotin yozuvi bo'lsa "AvtoOlmos" emas, nega inglizcha bo'lsa "Diamond" emas, ruscha bo'lsa nega "Алмаз" emas, lotin yozuvida?! Ruslar ham lotin yozuvini qabul qilishibdimikin yoki... Mana bu haqiqiy "каша"! Bilamizki, har bir shaxar va tuman hokimiyatida bu bilan shug'ullanadigan kishilar bor, faqat ular saaal uyquchiroq...(uyg'otib qo'yay desam shu kunlarda ko'rinishmayapti:) )
"H" va "x" ning farqiga kelsak, bu tilimizda katta rol o'ynaydi. (To'g'risi, o'zim ham bu harflarda adashaman). Vodiyliklarning talaffuzida bu tovushlar unchalik ham bilinmaydi, lekin Samarqand, Buhoro, Xorazm taraflarda buni oson farqlashadi. Bu ikki harfni birlashtirish kerak deganlarning fikriga qo'shilolmayman. Tilimiz shunday ham omonim so'zlarga boy, ularni yana ham ko'paytirishning nima keragi bor? Ba'zi hollarda ma'no o'zgarishi ham mumkin gapimizda. Masalan, shox bilan shohni bir hil qilib qo'yish to'g'ri bo'lmasa kerak. Eski o'zbek yozuvimizda ham bu harflar alohida mavjud edi. Tilimizdagi tovusharni boshqa xalqlarning tili bilan so'lishtirolmaymiz. Ba'zi bizdagi tovushlar bizga yaqinroq bo'lgan turk tilida ham yo'q.
Qanchalik to'g'ri yoki yo'q - bilmayman, biroq menga shunday tuyuladiki, krill alifbosiga asoslangan yozuvimizni lotin alifbosiga asoslanganiga qaraganda mukammalroq tuzishgan edi.
Baribir ishonib qolamiz, O'zbek tili mutloq Davlat tili darajasida bo'ladi bir kun!
« So'nggi tahrir: 15 Oktyabr 2011, 09:38:55 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Humayro

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1374
  • -oldi: 1643
  • Xabarlar: 3130
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #23 : 16 Sentyabr 2011, 14:13:38 »
Ma'lumot uchun:
Qo'shni jumhiriyatlarda O'zbek maktablari sekin-asta yopilmoqda. Bundan o'zga iloj ham qolmadi. Sabab adabiyot yo'q! Bori tugadi yirtilib.

So'ng qoshni jumhuriyatdagi o'zbeklar lotinga o'tmagan haliyam kirillda o'qishyapti, buyam juda kulgili hol, yani rasman mavjud bo'lmagan yozuvda dars berishmoqda?

Agar o'zbek bolasi O'zbekistonda o'qishni davom ettirish niyati bo'lsa nima qiladi degan savol ham javobsiz.
javobsiz savollar ko'p...

Xozircha ota-onalar bu savollarga javob topilguncha bolalarini rus maktabiga berishga majbur bo'lishyapti.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #24 : 16 Sentyabr 2011, 18:42:07 »
Afsus, mavzuning nomi ham tahrirga muhtoj bo'libdi. "Ona tilimiz - O'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?" deyilsa to'g'riroq bo'ladi.

Darrov tuzatamizda, koshki butun til masalalarini darrov tuzata olsak:)

Ona tilimiz -O'zbek tilimizga qanchalik e'tibor beryabmiz?

Buning sababi Turk tili, masalan Turk tilida "kattan" (qavatdan) so'zida +tan qo'shimchasi olganda, O'zbek tilida+dan jarangli qo'shimcha oladi, shuning uchun "b" yozdim shekilli shoshilib...

Kapalak opaginam to'g'ri yozgan edilar, pikri ojizibizcha

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor beryapmiz?
« Javob #25 : 16 Sentyabr 2011, 18:50:05 »
Ashinde qilib, til masalasi...judaa bizga manzur mavzu bo'libdi lokigin....

Alifboga keladigan bo'lsak, hali ham kechmas qaytish uchun, uncha ko'p yo'l yurib qo'yganimizcha yo'q hali. Lotinda yaratilgan ilmiy, badiiy va boshqa nashrlarni tarozini bir pallasiga qo'ysa-yu, kirilldagisini ikkinchi pallaga tashshavorsa, lotindagi nashrlar osmonu-falakka uchib ketsa keragooov....

Tilning o'zi esa.... ahvol judayam yomonmas, lekin maqtanadigan darajada ham emas, til deyarli boyimayapti... birgina inglizcha "hyperlink" (веб-ссылка) so'zini tarjima qilolmay garang bo'ldim, ba'zi joylarda "havola", ba'zilarida "ishorat"... maxsus ilmiy terminlarni-ku gapirmasayam bo'ladi....

Yaxshilanishiga umid qiloviz endi...

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #26 : 16 Sentyabr 2011, 20:02:02 »
Shuning uchun ham tilshunoslarga kattaroq oylik berib, ularni holi qoldirish kerak bir muddat. Qidirishsin, izlanishsin, biroz qorin qo'yishsin, qaysi tilshunosni ko'rsam oriq:) biroz qorni to'ysa so'zlar ham o'zidan o'zi kelaveradi:)

Shuhrat_

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 701
  • -oldi: 658
  • Xabarlar: 705
  • Jins: Erkak
  • Shuhrat Mamadaliyev.
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #27 : 16 Sentyabr 2011, 22:46:08 »
assalomu alaykum
ayrim uzbeklar ona tilini unutib ruslawib ketiwgan.
Bu holat towkentda kupro kuzatiladi
Baribir borar joyimiz qora tuproq qabr,
insonga azaldan azizdir umr,
dunyo lazzati gohida ko`pu gohida kam,
boriga shukr qil,
yug`iga sabr!

Best friend

  • Mehmon
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #28 : 17 Sentyabr 2011, 03:16:08 »
Assalomu alaykum azizlar. Bugungi kunda til masalasi juda dolzarb masalalardan biridir. Nega rus tilidan o'zbek tilini kambag'al deb o'ylaydi aksariytat o'zbeklar? Tunov kuni "свежий" va "бегемот" so'zlarini  mot qilish maqsadida tarjimasini so'rab qolishdi. To'g'risini aytsam O'z tilini bilmaganlari uchun juda hafa bo'ldim. Bilganlari maylikuya, nega o'z tilini yerga urishadi? Buning hammasi o'zimizning aybimiz. "Свежий" so'zi o'zbek tilida deyarli biz qo'llamaydigan "Yashang" deganidir (o'zimizni aybimiz),  "бегемот" esa internatsianalny so'z bo'lib bu tarjima qilinmaydi! Bu ruscha so'z ham emas, inglizchada ham "behemoth" bo'ladi (bilmaganimiz, bu ham bizni aybimiz). Ruscha hech qanaqasiga o'zbekchadan boy emas, ruschada boshqa tillardan kirib kelgan so'zlarning krillda yozilishi ko'pchilikni ayniqsa bir paytlar qaram bo'lgan SNGni bu so'zni ruscha deb qabul qilishiga sabab bo'ladi. Misol uchun ko'pchilikdan "ZooPark"ning ruschasi nima deb so'rasangiz "Zapark"da degan javobni olasiz. "Beeline"ning "билайн" deb yozilishi ham shunga o'hshash. Hech qaysi til yakka tarixga ega emas. Barcha tillar bo'linish va birikish bilan tashkil topgandir. Zamon rivojlanib, taraqqiyot kuchayevarar ekan va ixtirolar ortib boraverar ekan yangi yangi so'zlar paydo bo'laveradi. Buni esa tarjima qilish shart emas, inglizcha bilan ruschani solishtirsangiz o'rtacha 40 foiz so'zlar o'hshash. Internatsianalny so'zlarni tarjima qilishga hojat yo'q! Aslida tarjima qilinmaydigan so'zning o'zi ham yo'q! Tilimiz boy ammo, bu sohadagilar qattiqroq ter to'kib ishlashlari kerak. Shu paytgacha  "Armon" so'zining ruschasi topilmadi. Tilimizga e'tiborni kuchaytirsak kifoya. Ruscha vapshe(umuman)  gapirmela!
 Endi yozuvga kelsak, menga nimadir lotincha yoqadi ko'p xato qilsam ham. Humayroning Qo'shni jumhuriyatlardagi o'zbeklar  haqidagi gapi juda to'g'ri. Ular hamon krillda o'qishadi. Avvallari O'zb.da ham kitoblar krillcha bosilgani bois, chetdagi o'zbek maktablarga ham shu kitoblar yetkazib berilib, darslik sifatida qo'llanilar edi. Hozir esa Qo'shni jumhuriyatlarda krill o'zbek alifbosida yangitdan nashr qilinmoqda. Bu esa unchalik ham quvonarli hol emas. U kitoblarni ayniqsa tarix kitoblarni o'qisangiz hafa bo'pketasiz, shuni naxot O'zbeklar o'qisa deysiz. Amir Temur bobomiz bosqinchi deb yozilgan. Bu masalalarni qanday hal qilish mumkin? Mening shaxsiy fikrim eski o'zbek yozuviga o'tib ketilgani yaxshi. Chunki arabiy yozuv olib qo'yilishi bilan ong zaharlangan edi, zora agar arab yozuviga qaytilsa onalar olim tug'ishni yana kasb qilib olishsa. "Dunyo Termiziyni topolmas endi, dunyo Buxoriyni topolmas endi, bu bir mahallaga oddiy ish edi... Dunyo ilmin hamma din deb bilardi, savodsiz ustidan hamma kulardi. Ulug'bek yulduzlar sonin bilardi..." dermidi? Arabiyga qaytish eng yaxshisi ham xayirlisi. Lekin buni iloji bo'lmasa kerak. O'zbek, o'zbek, o'zbek...
 Tilga e'tibor, avlodlarga e'tibor ekanini unutmaslik lozim. O'zbek tili boyligini sandiqda saqlashdan foyda yo'q, undan foydalanish lozim. O'zbek tili go'zalligini avvalambor o'zimiz ko'ra bilishimiz kerak. O'zbek tili mukkamal til ekaniga avval o'zimiz iqror bo'lmog'imiz lozim. Bu esa faqat amal qilish bilan bo'ladi.

Музаффар

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1443
  • -oldi: 2068
  • Xabarlar: 1132
  • Jins: Erkak
  • Orbita.Uz лойиҳаси муаллифи
    • http://www.orbita.uz/
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #29 : 17 Sentyabr 2011, 17:51:15 »
   Ð¥Ð°Ð»қаро тасарруфдаги сўзларнинг Ўзбекчасига келсак, бу фақат биз учун эмас, барча тиллар учун умумий холат хисобланади. Масалан "процессорр" сўзи Ўзбек тилида хам, рус тилида хам ва хатто папуаслар тилида хам худди шундай қолаверади. ХХ аср техника ва фан тараққиёти барча тиллар ва лексиконлар равнақини қувиб ўтиб кетди. Энди тилшунослар ва терминология мутахассисларининг бир неча авлоди бекор қолмаслиги аниқ. :)
  Шахарлик (айниқса Тошкентлик) ўзбекларнинг нутқида русча сўзлар тош босади. Онда сонда гапирадига ўзбекча сўзларини хам урғуни нотўғри қўйиб айтишганидан одамни кулгиси қистаб кетади. Беъзилари эса умуан Ўзбекча гапиришмайди хам. Баъзилар эса русча аралаштириб гапиришни маданиятнинг қандайдир белгиси сифатида тасаввур этишади.... Қишлоқлардаги рус тилидан узоқ ахоли орасида эса ўзи тушунмаган русча сўзларни ноўрин ишлатиш (айниқса ёшлари ичида) энг кўп тарқалган холат.
Тил билган албатта яхши, лекин она тилини биринчи ўринга қўйиш керак. Эътибор қилинг, руслар иложи борича хеч қачон рус тилидан бошқа тилда мурожаат қилишмайди. Корейсларда бу нарса унча мунча меъёрлашган. Ман таниган корейслар аксарияти ўзбек тилини мукаммал билишади.
Кейин, Бест Фриендимизнинг баъзи гапларига мулохаза: Бегемотнинг ўзбекчаси манбаларда "Сув айғири", "Свежий"нинг ўзбекчаси эса "мусаффо", "соф" лардан бири бўлиши мумкин. Аввалги постимда айтганимдек, хар қандай сўзни ўзбекча ифодаласа бўлади. Тилимиз биз ўйлаганимиздан анча мукаммал, фақат бизни кундалик нутқимиз ғариб. Бадиий адабиётларни Ñžқимаслик ва китоблардан масофада юриш одамни нафақат она тилидан, балки одамгарчиликдан хам масофага олиб бориб қўяди...
http://www.orbita.uz/ - Ilm fan fazosi uzra!

 

Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?

Muallif AnsoraBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 15872
So'nggi javob 07 Fevral 2012, 11:17:33
muallifi Akbarjоn
Online o'zbek kino va kliplari

Muallif AbdulAzizBo'lim Kino olami

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 22222
So'nggi javob 20 Dekabr 2008, 02:04:39
muallifi ORIF
O'zbek adabiyotining eng sara asarlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 25458
So'nggi javob 06 Avgust 2008, 11:06:15
muallifi The_Alchemist
O'zbek qiziqchiligi

Muallif _Otabek_Bo'lim Madaniyat

Javoblar: 49
Ko'rilgan: 31145
So'nggi javob 09 Iyul 2011, 05:51:29
muallifi Lu`lu`
Sobir Mirvaliyev. O'zbek adiblari

Muallif AbdusalomBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 98120
So'nggi javob 24 Avgust 2008, 03:46:37
muallifi AbdulAziz