Muallif Mavzu: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?  ( 25905 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Best friend

  • Mehmon
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #30 : 17 Sentyabr 2011, 22:48:09 »
 Misol uchun bir svejiy mevami biron narsa bo'lsa, uni musaffo, sof, yangi, barra, bardam deyilmaydi  "yashang - yashang ekan" deb qo'yiladi. Balki bu faqat biz tomondagi shevadir lekin, bu ham o'zbekcha so'z. Agar yuqoridagi so'zlar  ham qo'llanilsa, demak bu ham o'zbek tilimizning boyligandir! O'zbek tilida bitta so'z ko'p ma'noda qo'llanishi bilan birga, har bir chiqqan ma'noga yana ma'nodosh so'z topish mumkin. Omonimlar tilimizning boyligini ko'rsatsa, sinonimlar tilimizning go'zalligidan dalolat! So'fi Ollohyor: "O'tingda o'ting bo'lsa, o'tdan o't" degandi.
 O't - Qora jigar (yana bo'lsa kerak shevalarda)...
 O't - Olov, alanga, otash...
 O't - Ohla (shevada), yur...
 Va bu yerda ishlatilmagan "Ko'kat (pichan, maysa...)" so'ziga ham "O't" so'zini ishlatish mumkin.
 Naqadar boy va chiroyli a tilimiz?!
 
 P.S. Diqqat - siz xabar yozguningizga qadar mavzuga yangi javob yozildi.

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #31 : 18 Sentyabr 2011, 10:02:21 »
Iqtibos
лотин алифбосидаги шу муаммо билан боғлиқ баъзи нарсалар хам мавжуд, масалан "асхоб", дасхат ва шу каби сўзларни лотинча ёзилганда "ашоб" каби бўлиб бузилиб қолади. Шу холат учун қандай синткаксислар ишлатилинади?
bu so`zlarda yumshoq h harfi ishlatishda s va h o‘rtasiga ' (tutuq) belgisi qo‘yilsa o‘rinli bo‘lardi menimcha. Keyin yana ba'zi so‘zlarda, masalan nusxa so‘zida x harfining qattiqligini talaffuzning o‘zi ko‘rsatib beradi... Shaxsiy fikrlarim xolos... :)
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #32 : 18 Sentyabr 2011, 10:05:04 »
yana bir narsa, dasxat so‘zini eshitmaganman, menimcha dastxat ko‘rinishida bo‘lardi...
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

Музаффар

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1443
  • -oldi: 2068
  • Xabarlar: 1132
  • Jins: Erkak
  • Orbita.Uz лойиҳаси муаллифи
    • http://www.orbita.uz/
тилимизга янги кириб келган аббревиатуралардан бири бу "ВИП"дир. Юқорида форумдошларимиз унинг энг кенг тарқалган маъносини келтириб ўтишибди - "Жуда Эътиборли Шахс" ёки "Жуда мухим шахс"
Лекин бунинг бошқа кўплаб маънолари ва ёйилмалари хам бор:
VIP
 1) Video Image Processor - Видео тасвир процессори.
 2) Video Information Provider - видеоахборот провайдери
 4) visually impaired person  - слабовидящий, инвалид по зрению - кўриш қобилияти паст шахс, кўриш бўйича ногирон.
 5) vasoactive intestinal peptide - вазоактивный пептид кишечника - ичакнинг вазоактив полипептиди.
 6) versatile information processor - универсальная (радио)телеметрическая система - универсиал телеметрик тизим.  ВХК маънолари бор экан.
http://www.orbita.uz/ - Ilm fan fazosi uzra!

Музаффар

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1443
  • -oldi: 2068
  • Xabarlar: 1132
  • Jins: Erkak
  • Orbita.Uz лойиҳаси муаллифи
    • http://www.orbita.uz/
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #34 : 19 Sentyabr 2011, 09:28:11 »
Nazrul Islom га  Ð±Ð°ÑŠÐ·Ð¸ саволлар: ака, маълумотларингиз бухгалтерияга оид экан,
манга шу сўзларни Ўзбекчасини топишга кўмаклашиб юборинг:
Электрозадвижка; Отсекатель; Противогаз; Деталь; Сверхурочний, Верхолазний, троншей, маска подсети...
http://www.orbita.uz/ - Ilm fan fazosi uzra!

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #35 : 19 Sentyabr 2011, 12:36:50 »
Nazrul Islom, fikrlaringiz uchun rahmat. Bu so'zlarni kimlar o'ylab topishgan?

Bu fikrlaringizni tilshunoslar bilan hech tortishib ko'rganmisiz?

Xohlaymanki, bu so'zlar va fikrlar faqat bu mavzuda, forumlarda qolib ketmasin. hech bo'lmasa, bir tilshunos tarafidn fikr bildirilsa yaxshi bo'lardi, deb o'ylayman.

Men ham til sohasidaman, lekin 6-7 yildan beri Turkiyada bo'lganim va ko'proq Turk tili sohasida izlanish olib borganim uchun fikrlaringiz haqida bir narsa deyishga ozijman.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #36 : 23 Sentyabr 2011, 22:30:18 »
Taomlar bilan bog'liq bir saytda shularni o'qib qoldim, siz nima deysiz:

Assalomu alaykum!

Saytingiz juda yoqdi. Bundan keyiniga ham omad tilayman.

Hafa bo'lmasangiz, til borasida biroz maslahat bersam:

O'zbek tilini tog'ri ishlatishga harakat qilsangiz - ruscha so'zlarni tarjima qilishga (cyr-pishloq masalan), bul'on -sho'rva) va oddiy orfografik xatolarga (angl*ya va x/hni tog'ri ishlatish) yo'l qo'ymaslikka intilsangiz.

Biz bunday xatolarga e'tibor qilmay o'rganib ketganmiz - inglizcha yoki ruscha aralashtirib yozamiz yoki so'zlashavemiz. Lekin hech ko'rganmisiz, ruscha yoki inglizcha internet sahifalarida rus tili yoki ingliz tilini aralashtirib/buzib yozilganini?! Deyarli uchratmaysiz - uchratsangiz ham darrov tanqid yoki kulgiga uchraydi. Bunday xatolar qoloqlik deb qaraladi.

Lekin afsus biz o'zbek tilimizga nisbatan jiddiy munosabatda bo'lmaymiz ko'pincha. Iltimos, ona tilimizni hurmat qilaylik :)

Bunga javoblar:

1. ASSALOMU ALEYKUM MAN HAM ....... SUZLARIGA QUSHILAMAN CHUNKI TIL BU QAYSI MILLATDANLIGING IZ VA TARIXIZ BORLIGINI BILDIRADI VA E TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.

2 Assalomu Alaykum...........!
Bildirgan fikringiz uchun katta raxmat. Albatta hatolarimiz bor. Qo'limizdan kelganicha ona tilimizni to'g'ri qo'llashga harakat qilyapmiz. Bu borada hali ko'p ishlashimiz kerak.
Fikralingizga va do'stona tanqidga doim muhtojmiz.

3. man esa tepadagi fikrga umuman qushilmiman
qaysi til bulishiga qaramasdan asosiy ichidagi content manimcha ahamiyatliroq, juda chiroyli suzlasangizu lekin u chiroyli suzlarga amal qilmasangiz tilni nima ahamiyati bor. recertlaringizn i hammasi ham uzbekchamasku amo lekin bu yerga kupincha uzbeklar kirsa kerak, siz aytganday ingliz saytida boshqa til bulmaydi chunki inglizlar ham amerikaliklar ham faqat bitta tilni biladi , 2 ta til bilgan odam esa olqishlanadi :)

4. Bu yerga manimcha til o'rganishni emas, balki ovqat pishirishni o'rganishga kiramiz, shunaqa kommentlarni o'qisam asabim buzuladi.




aka sohib

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 41
  • Xabarlar: 43
  • Jins: Erkak
  • ismimizning buyukligi DO'STlarimizning buyukligidandur.
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #37 : 24 Sentyabr 2011, 04:00:47 »
Forumda, internetda bunday hollarga juda ko'p uchraymiz. Aslini olganda internetga savodi bo'lgan insonlar tashrif buyuradi. Ya'ni internetga kirishlar cheklangan. Imkoniyati borlargina kiradi. Ma'lum ma'noda chegaralangan. Bundan hatolarni emas, ko'chalarda osilgan katta afishalardagi hatoliklar ko'proq insonni ta'bini hira qiladi. O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 22 yil bo'lish arafasida, lekin hali ham RUS tilidan qutula olmayapmiz. Savdo shohobgachalariga, dorixonalarga kirsangiz ham, jamoat transportlariga chiqsangiz ham ruscha yozuvlar... Meni hayratga solgani, yoshi kichiklar maylikuya, yoshi kattalar (30-....) ham o'zbekcha ruschani bir biriga qorishtirib KASHA (!) qilib tashlayotgani... (o'zim kuniga kamida 7-8 marta guvohi bo'laman. Kam ko'chada yursam ham). Hatto institutda DOMLAlarni o'zlari ham o'rnak bo'lmoqda...
O'ZLIGINGNI YO'QOTMA O'ZBEGIM!!!
Yurak hayot ekan, nomusga, sha'nga-
Do'stginam, Vatanga jonni tikkanmiz,
Ko'ngil orzulari fido o'shanga!!!

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #38 : 26 Sentyabr 2011, 15:20:06 »
hammasi rasmiyatdan xalqqa o'tadi

(c) Usmon Toship

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #39 : 26 Sentyabr 2011, 21:02:07 »
Iqtibos
shu c ni kirilldagi "ts" o`laroq alifboga kiritish kerak

shu fikrga menam qo`shilaman :)
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

maftun

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 12
  • Xabarlar: 4
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #40 : 08 Oktyabr 2011, 22:44:36 »
Узбекистон халк шоири Икбол Мирзонинг шундай сатрлари бор:
Дунё кезсин, унта тилда суйласин,
Уйлаганда лек узбекча уйласин...

Чиндан хам бу сатрларда ЖОН бор...
Фарзандларим рус мактабда укийди. уйда гапирганларида русча суз кушмасликларини талаб киламан.

maftun

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 1
  • -oldi: 12
  • Xabarlar: 4
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #41 : 08 Oktyabr 2011, 22:50:41 »
Нарзул Исломнинг "лугат"ларига келсак...
Бошка тилдан олинган шундай сузлар борки, уни узлаштириш дейилади. Тил шу билан бойийди.
Тафсияларингиз орасида бошка тиллар, масалан, форсча, арабча сузлар бор. Бу хам бахсталаб....
Менимча,  Цивилизацияни хам, тамаддунни хам ишлатавериш керак. ушанда тилимиз янада бойийди.

azizbek_mx

  • MAX™
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 11198
  • -oldi: 1734
  • Xabarlar: 1805
  • Jins: Erkak
  • Umr o'tmoqda..
    • Abdulaziz Mirzaahmedov
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #42 : 08 Oktyabr 2011, 23:09:20 »
lekin harflarni bir yoqlik qilinmasa bo`lmaydi. hozi ko`pchilikda kirillcha, lotincha aralash bo`lib ketyapti.
Осмонлар ва ер Аллоҳнинг мулкидир. У Ўзи хоҳлаган нарсани яратур...

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #43 : 15 Oktyabr 2011, 14:38:05 »
Hurmatli forumdoshlar!
Mavzularda o'zbek tili qoidalariga e'tibor berganingiz kabi, bir-biringizga muomalada ham o'zbekka xos bo'lgan xushfe'llikka e'tibor bering.

Mavzudagi so'nggi mulohazalar muhokama doirasidan chiqib, shaxsiy ayblovlarga o'tganligi sababli o'chirildi. Ushbu besamar bahsni keltirib chiqarganlarga ogohlantirish beraman. Istalgan mavzudagi bu kabi beizzat muomalaga chek qo'yiladi.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Best friend

  • Mehmon
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #44 : 17 Oktyabr 2011, 00:19:15 »
...замонамиз мусулмонлари ва зиёлилари
зиммасидаги бир вазифани эсга олиб ўтиш
даркор, деб ўйлаймиз. Айтмоқчи
бўлганимиз - кундалик турмушда
қўлланадиган оддий исломий истилоҳлар
(терминлар) ҳақида. Мусулмон инсон бу
истилоҳларни ўрганиб, ўз тилида ўзлаштириб
бориши лозим. Чунки ушбу атамаларни
билиш инсон учун ўзининг зиммасидаги
кундалик вазифаларини Ñ‚Ñžғри адо этишига
ёрдам беради. Исломий истилоҳларни билиш
чуқур илм ва машаққатли меҳнатни талаб
қилмайди. Бу маълумотлар атрофдаги
нарсаларга қизиқувчан бўлиш ва фойдали
илм йўлида сал фаоллашиш орқали қўлга
киритилади. Бундай фаолликнинг шахс ва
жамият ҳаётига таъсири ижобий бўлади.
Илм ва маърифатга чанқоқликнинг шахс учун
фойдаси ҳаммага тушунарли. Аммо бу
ишларнинг жамият учун фойдаси нималарда
кўриниши мумкин?
Агар мусулмонлар, айниқса, уларнинг
ораларидаги зиёли, маърифатли инсонлар ўз
динлари ва тилларини яхши билишга
интилсалар, Ислом кўрсатмаларини ҳаётга
оқилона татбиқ қилиб борсалар, бу улар
яшаётган муҳит ва даврнинг илм-фани,
маданияти ва сиёсатида ўзининг муносиб
аксини топади. Бунга мисол қилиб Ўзбек
тилининг изоҳли Луғатини кўрсатиш мумкин.
Луғатда жуда кўп учрайдиган исломий
истилоҳлар китоб чоп этилган замон ва
муҳитдан, дарак бериб туради. Китобдаги
диний атамаларга қараб туриб, ўша давр
кишиларининг, тилшуносларининг дунёқараш
ва тушунчаларини, билим ва маданиятларини
англаш мумкин. Шунингдек, Луғатда Совет
империясининг сиёсати ва мафкураси акс
этади.
Шу айтилганлардан келиб чиққан
ҳолда Ўзбек тилининг изоҳли Луғатидаги
Ислом динига алоқадор атамаларнинг
ёзилиши ва уларга берилган таърифлар
жиддий танқид ва таҳрирга муҳтождир.
Баъзи сўзлар ва изоҳлар хато ёки чала
ёзилган. (Биз мисолларга тўхташни алоҳида
мавзу, деб биламиз). Нуқсонларнинг
айримлари муаллифларнинг мавзудан яхши
хабардор эмасликларидан келиб чиққан
бўлса, баъзи хатолар давр сиёсати ва замона
шароитлари билан боғлиқ.
Ҳозир эса сиёсат ҳам, шароит ҳам тубдан
ўзгарган. Шундай экан, Ўзбек тилининг
изоҳли Луғатини хатолардан тозалаш,
исломий таърифларни Ñ‚Ñžғрилаш, луғатга
кирмай қолган, аммо ҳаётда ишлатилаётган
сўзлар билан тўлдириш зарур...
 ...нима
 Ð±ÑžÐ»Ð³Ð°Ð½Ð´Ð° ҳам олимлар ва мутахассислар ўз
вазифаларини адо этиш йўлларини
қидиришлари керак. Оддий одамларнинг
маърифатга томон интилишлари, ўз
илмларини оширишга бўлган ҳаракатлари эса
олимлар ва соҳа мутахассислари учун
иншоаллоҳ, туртки бўлади, деб умид қиламиз.
 Islom Ovozi.

 

Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?

Muallif AnsoraBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 15752
So'nggi javob 07 Fevral 2012, 11:17:33
muallifi Akbarjоn
Online o'zbek kino va kliplari

Muallif AbdulAzizBo'lim Kino olami

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 22071
So'nggi javob 20 Dekabr 2008, 02:04:39
muallifi ORIF
O'zbek adabiyotining eng sara asarlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 25194
So'nggi javob 06 Avgust 2008, 11:06:15
muallifi The_Alchemist
O'zbek qiziqchiligi

Muallif _Otabek_Bo'lim Madaniyat

Javoblar: 49
Ko'rilgan: 30915
So'nggi javob 09 Iyul 2011, 05:51:29
muallifi Lu`lu`
Sobir Mirvaliyev. O'zbek adiblari

Muallif AbdusalomBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 97487
So'nggi javob 24 Avgust 2008, 03:46:37
muallifi AbdulAziz