Muallif Mavzu: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?  ( 26089 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Sanjar

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 618
  • -oldi: 515
  • Xabarlar: 315
  • Jins: Erkak
  • Carpe Diem
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #45 : 08 Dekabr 2011, 10:04:35 »
Nima uchun ko'cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun boshli bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?

(Abdulla Qahhor)
Everything that happens once can never happen again. But everything that happens twice will surely happen a third time.. (Arabic proverb)

Humayro

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1374
  • -oldi: 1643
  • Xabarlar: 3130
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #46 : 08 Dekabr 2011, 10:12:12 »
Hushtak chalsa odobsizlik bo'ladi, jarima to'latish kerak yoki ...)) (hazil)

Kamon otayotgan odamning xotosidan ko'ra so'zlashuvda qilingan xato kattaroqdir.

amir.temur

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 25
  • -oldi: 35
  • Xabarlar: 70
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #47 : 11 Fevral 2012, 05:05:52 »
  Eh, Zamira opa, manimcha mendek e'tibor beradigan bo'lmasa kerak. Man bu forum mavzusini hozir ko'rdim. Bundan sal oldin Oldin o'zbek tilini o'rganaylik degan mavzuda forum ochgandim. O'zbek tili masalasini hamma joyda ko'taraman. Hatto, O'zbekistonda Iqtisodiyot Universitetida o'qib yurganimda, milliy guruhlarga rus o'qituvchilar dars berishardi. Mani jahlim chiqib, ularga qarshi bosh ko'targanman, ishonasizmi, hech kim yonimni olmagan, aksincha o'zimning kursdoshlarim manga tanbeh berishgan, ruschani o'rganish kerak, hamma biladi-ku nimaga san bilmaysan deb. Man aytganman, ahir man Universitetga kirishda rus tilidan imtihon topshirmaganman-ku, bu milliy guruh, bu guruhda o'zbekcha dars berilishi kerak, man ruschani bilsam yaxshi ammo majbur emasmanku, deb. Eeee shu kunlarni eslasam...Hozirgi o'zbeklarning ahvolini ko'rsam ichim achiydi. Har bir gapida kamida 1 ta ruscha so'z bor. Ko'cha to'la ruscha reklamalar. Yaqinda O'zbekistonga borib kelgandim, MTS ofislarida, aviakassalarda ruslar ishlaydi, ko'pchiligi yillar davomida O'zbekistonda yashab o'zbekchani o' harfini ham bilmaydi. Man bilet olgani aviakassaga kirdim. Mani o'zbek ekanligimni bilib ham ruscha gapiryapti, man ham unga ataydan o'zbekcha gapirdim, u esa yana ruscha javob beryapti, xullas shunaqa gaplashib biletni oldim. Ko'chada manga ruscha biror narsa so'rab murojaat qilganlarga o'zbekcha gapirdim yoki man ruscha bilmayman dedim. Bu qilig'imni ko'rganlar mani millatchi deb o'ylashlari mumkin, ammo O'zbekistonda boshqa millatlardan o'zbekchani bilishi kerakligini eslatib qo'yishga mani haqqim bo'lsa kerak deb o'ylayman. Yoki boshqalar o'xshab zo'r-bazo'r ruscha gapiraymi ularga kulgi bo'lib, sizlar nima deysizlar?
Biz kim - mulki Turon, amiri Turkistonimiz, biz kim millatlarning eng qadimi va buyugi, turkning bosh bo'g'inimiz!
Biz ki Melik-i Turan, Emîr-i Türkistan'ız, Biz ki Türk oğlu Türk'üz; Biz ki milletlerin en kadîmî ve en ulusu Türk'ün başbuğuyuz!..

amir.temur

  • Jr. Member
  • **
  • Rahmat
  • -aytdi: 25
  • -oldi: 35
  • Xabarlar: 70
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #48 : 11 Fevral 2012, 05:15:11 »
:asl3:

Yumshoq H mi, qattiq H mi?  ;D (Hojiboy Tojiboevdan)

Valaykum assalom. Menga qolsa shu "x" ni umuman olib tashlash kerak. Yumshog'i yetadi:)

Xayr so'zini "x" bilan yozilishini bilsam ham ataylab "h" bilan yozgim kelaveradi, nimagalini so'rasangiz "x" harfini yomon ko'raman:)

Yaxshiyam qattiq "s" yumshoq "s" ni ajratishmabdi olimlarimiz.

Men shuni tushunmayman, Kiril alifbesiga o'tayotgan paytimiz shuncha muammo turib nimaga endi 2 ta h belgilangan. Bu ortiqcha, meni shaxsiy fikrim.

Turk tilida 1 dona "h" bor, kamayib qolgani yo'q. Qolaversa Arab tilidagiday "x" ni o'rnida "h" yozsak boshqa ma'noga kelib qolmaydi xozirgi O'zbek tilida.

Zamira opa, x harfi hamda h harfining ham bo'lgani yaxshi. Turk alifbosi bilan solishtirganda bizning alifbo ancha soddaroq va osonroq, chunki ular o,ö va u,ü bor, shuningdek i va ı harflari bor. Shunday bir Turkiya aholisiga og'irlik qilmagan katta alifbo, biz o'zbeklarga o'zimizning soddagina alifbomiz og'irlik qilmaydi.
Masalan, mani o'zim x va h harflarini ajratishda unchalik qiynalmayman. Va doimo shunga e'tiborli bo'lishga harakat qilib kelaman. Bitta h qilib olsak, ko'p narsalar o'zgarib ketadi, talaffuzimizda ancha o'zgarish bo'ladi, ishonavering :)
Biz kim - mulki Turon, amiri Turkistonimiz, biz kim millatlarning eng qadimi va buyugi, turkning bosh bo'g'inimiz!
Biz ki Melik-i Turan, Emîr-i Türkistan'ız, Biz ki Türk oğlu Türk'üz; Biz ki milletlerin en kadîmî ve en ulusu Türk'ün başbuğuyuz!..

Shokir63

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 285
  • -oldi: 372
  • Xabarlar: 309
  • Jins: Erkak
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #49 : 11 Fevral 2012, 14:18:28 »
:asl3:

Yumshoq H mi, qattiq H mi?  ;D (Hojiboy Tojiboevdan)

Valaykum assalom. Menga qolsa shu "x" ni umuman olib tashlash kerak. Yumshog'i yetadi:)

Xayr so'zini "x" bilan yozilishini bilsam ham ataylab "h" bilan yozgim kelaveradi, nimagalini so'rasangiz "x" harfini yomon ko'raman:)

Yaxshiyam qattiq "s" yumshoq "s" ni ajratishmabdi olimlarimiz.

Men shuni tushunmayman, Kiril alifbesiga o'tayotgan paytimiz shuncha muammo turib nimaga endi 2 ta h belgilangan. Bu ortiqcha, meni shaxsiy fikrim.

Turk tilida 1 dona "h" bor, kamayib qolgani yo'q. Qolaversa Arab tilidagiday "x" ni o'rnida "h" yozsak boshqa ma'noga kelib qolmaydi xozirgi O'zbek tilida.


Bu gapingizni Ho'ja Nasriddin Afandi eshitganda rosa xunob bo'lgan bo'lardi. Chunki "hih" deganda eshak yurimaydida, albatta, "xix" deyish kerak.

Bu hazil javobimni ko'ngillaringizga olmanglar, tag'in.

O'zbek alifbosida "c" harfi ishlatilmaydi, eski alifbodagi "ц" harfini "ts"ning o'rniga "c" bilan ifodalashganida yaxshiroq bo'lardi, chamamda.
Bu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #50 : 01 Mart 2012, 14:09:26 »
 :asl3:

x va h muhim bolsa unda o, ö, u, ü lar undan ham muhim...

menga o' g' yozish qiyin keladi, bazan bolam bilan yozganimda judayam qiynalaman bir qolda.

Shunda oylanib qoldim, bir qollilar qanday yozsin bu o', g' larni:(

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
ular tug'ma shunga moslashishadi. Kompyuter kursida o'qiyotganimda ayrim darslarni menga yoshi kattaroq bir qiz o'rgatgan edi. Qizning bir qo'li tirsak bilan kaft ulanadigan joygacha, ikknchisi esa barmoqlarning o'rnida 0.5-1 smlik barmoqlar bor edi. Lekin kompda shunaqa tez yozar ediki, sog' odamlar ham tenglasha olmas edi. Men u qizning irodasiga, matonatiga qoyil qolganman. Shu ahvolda bo'lishiga qaramay, hunar o'rganib, ishga joylashibdi. odamlarga foydasi tegyapti.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Hammasi emasdir!

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
men o'qigan joyda rahbar nogiron odam bo'lgani ucun nogiron yoshlarni o'qitib keyin sihga olar, bu yoshlar boshqalarg kompyuter saboqlari berish va mijozlarga kompyuter xizmati ko'rsatish blan shug'ullanishadi. deyarli 50% ishchilari nogironlar edi.

IRFON-2012

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 130
  • Xabarlar: 119
Javob: Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?
« Javob #54 : 21 Yanvar 2014, 14:58:19 »
Har-xil ta'lim maskanlari, shifoxonalar, katta trassalar va boshqa joylarda ham milliy bayramlar munosabati bilan osib qo'yilgan qisqa tabriklarga ko'zimiz tushadi. Bayramona kayfiyat yanada uyg'unlashadi.
Yaqinda bir joyda ko'rdim, 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni, deb yozib qo'yibdi. Aslida "h" yozilishi kerak. Chetdan qaraganda, bu tilga e'tiborsizlik hisoblanadi. Bu xatoliklar o'sib kelayotgan avlodlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmasmikin, deb qo'rqaman.

 

Diqqat: Qaysi O'zbek asarini Turk tiliga tarjima qilinishini xohlaysiz?

Muallif AnsoraBo'lim Turk tili va adabiyoti

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 15876
So'nggi javob 07 Fevral 2012, 11:17:33
muallifi Akbarjоn
Online o'zbek kino va kliplari

Muallif AbdulAzizBo'lim Kino olami

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 22225
So'nggi javob 20 Dekabr 2008, 02:04:39
muallifi ORIF
O'zbek adabiyotining eng sara asarlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 25471
So'nggi javob 06 Avgust 2008, 11:06:15
muallifi The_Alchemist
O'zbek qiziqchiligi

Muallif _Otabek_Bo'lim Madaniyat

Javoblar: 49
Ko'rilgan: 31155
So'nggi javob 09 Iyul 2011, 05:51:29
muallifi Lu`lu`
Sobir Mirvaliyev. O'zbek adiblari

Muallif AbdusalomBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 98169
So'nggi javob 24 Avgust 2008, 03:46:37
muallifi AbdulAziz