Ona tilimiz - o'zbek tiliga qanchalik e'tibor berayapmiz?  ( 43967 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 B


Ansora  01 Mart 2012, 14:09:26

 :asl3:

x va h muhim bolsa unda o, ö, u, ü lar undan ham muhim...

menga o' g' yozish qiyin keladi, bazan bolam bilan yozganimda judayam qiynalaman bir qolda.

Shunda oylanib qoldim, bir qollilar qanday yozsin bu o', g' larni:(

Qayd etilgan


Muxsiya  06 Iyun 2013, 14:27:14

ular tug'ma shunga moslashishadi. Kompyuter kursida o'qiyotganimda ayrim darslarni menga yoshi kattaroq bir qiz o'rgatgan edi. Qizning bir qo'li tirsak bilan kaft ulanadigan joygacha, ikknchisi esa barmoqlarning o'rnida 0.5-1 smlik barmoqlar bor edi. Lekin kompda shunaqa tez yozar ediki, sog' odamlar ham tenglasha olmas edi. Men u qizning irodasiga, matonatiga qoyil qolganman. Shu ahvolda bo'lishiga qaramay, hunar o'rganib, ishga joylashibdi. odamlarga foydasi tegyapti.

Qayd etilgan


Ansora  07 Iyun 2013, 15:57:54

Hammasi emasdir!

Qayd etilgan


Muxsiya  07 Iyun 2013, 16:22:07

men o'qigan joyda rahbar nogiron odam bo'lgani ucun nogiron yoshlarni o'qitib keyin sihga olar, bu yoshlar boshqalarg kompyuter saboqlari berish va mijozlarga kompyuter xizmati ko'rsatish blan shug'ullanishadi. deyarli 50% ishchilari nogironlar edi.

Qayd etilgan


IRFON-2012  21 Yanvar 2014, 14:58:19

Har-xil ta'lim maskanlari, shifoxonalar, katta trassalar va boshqa joylarda ham milliy bayramlar munosabati bilan osib qo'yilgan qisqa tabriklarga ko'zimiz tushadi. Bayramona kayfiyat yanada uyg'unlashadi.
Yaqinda bir joyda ko'rdim, 14-yanvar Vatan ximoyachilari kuni, deb yozib qo'yibdi. Aslida "h" yozilishi kerak. Chetdan qaraganda, bu tilga e'tiborsizlik hisoblanadi. Bu xatoliklar o'sib kelayotgan avlodlar ma'naviyatiga salbiy ta'sir ko'rsatmasmikin, deb qo'rqaman.

Qayd etilgan