Muallif Mavzu: O'zimiz sayt yaratamiz!  ( 20898 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
O'zimiz sayt yaratamiz!
« : 16 Sentyabr 2011, 19:01:38 »
Bu mavzu sayt yaratishga bag'ishlanadi.

Saytni localhost (o'z kompyutermizda) loyihalashtirishdan tortib, to hostingga qo'yguncha barcha qadamlar haqida atroflicha ma'lumot berishga harakat qilaman va barcha qiziqqanlarni davraga taklif aylayman.

Shunaqilib, boshladik bo'masa....


P.S. Usmon Toship bu sohada profilikka da'vogar emas :-)
« So'nggi tahrir: 17 Sentyabr 2011, 11:20:07 muallifi Usmon »

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #1 : 16 Sentyabr 2011, 19:10:43 »
Qandaydir sayt yaratish fikri ko'pchilikda paydo bo'lgan bo'lsa kerak... Masalan, biror mavzuga bag'ishlangan o'zimizning saytimiz bo'lsa, uning o'ziga yarasha auditoriyasi bo'lsa, dilkash insonlar deganday.... yoki bo'lmasa tijorat maqsadida... yoxud, masalan, o'z firmamizning vizitka sayti va h.k....

Shunday qilib bu borada Birinchi qiladigan ishimiz avvalo istakning paydo bo'lishi :-) Bu endi tabiiy hodisa, bizga bog'liq emas, qolganlarini esa o'zimiz amalga oshiramiz.

Ikkinchi qo'yadigan qadamimiz sayt maqsadini, uning konceptini, strukturasini, taxminiy auditoriyasini, moliyaviy manbaini aniqlab olish bo'ladi. Qisqa qib aytganda ishlab turgan saytmizni ko'z oldimizga keltira olishimiz kerak, bu qog'ozga tushirilgan bo'lsa, undan-da yaxshi.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #2 : 16 Sentyabr 2011, 19:24:35 »
Endi maqsad aniq, koncept bor...boshni qashiymiz....

Bu yerda o'zimiz tayyorlaydigan bo'lsak ham, yo'limiz 2ga bo'linishi mumkin:
1) Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanamiz ...
masalan, Adobe Muse 0.8 Build 653, A4DeskPro Website Builder 5, Adobe Dreamweaver degandey.... Bularni mana bu joydan olishingiz mumkin.
2) Tayyor divijok (CMS - content management system) olib, uni lokalizatsiya (tarjima) qilib o'zingizga moslab ishlatishingiz mumkin.

Men 1-so'qmoqdan umuman yurmaganim uchun u haqda biror narsa deya olmayman..

Ashindey qilib... Uchinchi qiladigan ishimiza... Saytimiz mazmuni va mantig'iga qarab dvijok tanlash!

Rahmatnoma


Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #3 : 16 Sentyabr 2011, 19:32:21 »
Dvijoklar har hil - bepuli ham bor, sotiladigani ham...
Endi biza studentmiza... Bir porsa osh, 24ta qoshiq digandeyy...

Xullas, tekinlari (opensource) ichidan bizga eng mos keladiganini tanlaymiz..Masalan.. menga eng yoqadigani Joomla, uning yordamida butun boshli portallar yaratib tashlasa bo'ladi.. Shaxsiy blog uchun Wordpressdan afzali bo'lmasa keray, Bundan tashqari forumlar uchun phpb3 yoki smf... Dvijoklar haqida sal batafsilroq ma'lumot mana bu threadda bor: Qaysi dvijokni tanlay?

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #4 : 16 Sentyabr 2011, 19:38:00 »

Mana 4-qadamgayam keb qoppiz....Dvijok tanlash marosimi tugadi... demak birortasini tanladik. Men o'zimning Joomlamni tanladim...

Tabiiyki endi uni yuklab olamiz... odatda dvijoklar juda "og'ir" emas... Bor-yo'g'i 5-6 MB .. bor ana 10 MB bo'ladi xolos...

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #5 : 16 Sentyabr 2011, 19:45:53 »
Ko'chirb oldik dvijokni endi nima qilamiz??? Bo'ldi endi kompyuterni o'chirib uxlaymiz...allayooo ....derdimu endigina 7.30 bo'pti

Dvijokni shundoq holichayam hostingga qo'yib, qolganini internetda davom ettirsa ham bo'ladi, lokigin menimcha oldin o'z shaxsiy kompyuterimizda sinovdan o'tkazib, kerakli moslamalarni kiritib, tarjimalarini qilib, tatapoya qilgach hostingga qo'ygan ma'qul deb hisoblayman. Omalekin interneti VIP bo'ganla hostingga qo'yishgacha bo'gan etaplarni tashab ketishsayam bo'lovradi...

Shu tariqa beshinchi qadamimiz kompyuterimizni o'z-o'ziga virtual server qilib qo'yish.
Bunda men hammaga ma'lum va mashhur Denwer djentelmenlar paketidan foydalanganman. Oxirgi versiyasini mana bu yerdan olamiz.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #6 : 16 Sentyabr 2011, 19:55:01 »
Denwerni oldik, ustanovka qildik....

endi o'zimiz serverga aylandik desayam bo'lovradi...
ishonmasez, Operada http://localhost deb yozing, bunga o'zingiz ham amin bo'lasiz. Denwerni ustanovka qilgach, instruksiyalarini yaaaaxshilab (!), sinchiklab o'qib chiqamiz.

Odatda Denwer C:\ da Webservers papkasini yaratadi. Bu papkani ichida Home papkasi bo'ladi shuni ichida masalan ajoyib.uz digan papka ochsak-da, ajoyib.uzni ichida www digan papka ochsak, kegin ashi wwwni ichida index.html digan fayl tashab qo'ysak, operada http://ajoyib.uz ga kirsak, shu index.htmlni obrabotka qiladi... Buning uchun albatta Denwer ishlayotgan bo'lishi shart. Bu hali qadam emas :-)

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #7 : 16 Sentyabr 2011, 19:59:56 »
endi saytimiz nomiga moslab, o'sha homeni ichida ajoyib.uz degan papka, uning ichida esa www degan papka ochamiz... Boya ko'chirib olgan dvijokimizni (dvijok odatda zip, gzip yoki tar arxivda bo'ladi) o'sha papkaning ichiga raspakovka qilamiz (arxivdan chiqaramiz). E'tibor bering www ning ichida dvijok fayllari bevosita turishi kerak, alohida yana papka ichida emas.... Masalan Joomla.zip ni raspakovka qilganda Joomla digan yangi papka ochib keyin arxivdan chiqaradigan bo'lsa, bu Joomla papkasini emas, uning ichidagi fayllar va papkalarni www ga ko'chirishimiz lozim.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #8 : 16 Sentyabr 2011, 20:06:22 »
tepadagi beshinchi qadam ekanligini eslatish o'zimni esimdan chiqibdi  ;D

dvijokni www papkaning ichiga arxivdan chiqarib qo'ydik, endi bemalol operamizda http://ajoyib.uz ga kiramiz... kirdimi??? urreeee... bu hali dvijokni o'zi emas...bu hozircha uni o'rnatish jarayoni...instruksiayalani sinchiiiiklab o'qib dvijokni o'rnatamiz (o'rnatayotganda kiritgan ma'lumotlarni u-bu joyga yozib qo'yishni maslahat beraman, masalan...database nomi, foydalanuvchi nomi va paroli degandaydaaa endi...)
O'rnatish jarayoni silliq kechgan bo'lsa mana shu oltinchi qadam bo'ladi... endi darsimizani shu joyida paused qib turamiza, maniyam uyim bor :-) ertaga davom ettiramiz

Musannif Adham

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #9 : 18 Sentyabr 2011, 16:56:07 »
Assalomu Alaykum.

Usmon hormang. Yaxshi ish boshlabsiz. Mana shuni oxirigacha davom etdiring. Men va boshqa forumdoshlar kuzatib boryapmiz. Bu postni ham yozganlaringizni o'qiyotganimni bildirish uchun yozdim.  :) Off-top uchun uzr. Keyinroq o'chirib tashlarman.

Davomini kutib qolamiz. Faqat iltimos: oxiriga yetqazing. Shundoq qolib ketmasin.
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #10 : 19 Sentyabr 2011, 00:03:20 »
Assalomu alaykum, e'tibor uchun rahmat... o'rnatish jarayonida muammo chiqqan bo'sa, shu yerda yozavering, birgalashib yechimini qidiramiz, chiqmagan bo'sa - undanam yaxshi :-)

Xullasi kalom 6ta dovondan oshib ishni qoyillatib qo'ygach, choyni xo'rillateeeb, monitorga tikileeeb o'tiribmiz...

kimdir Joomla qo'ygandir, kimdir Wordpress, yana boshqa birovga faqat forum kerak bo'lsa, smf yoki phpbb3 va hk...

Darsni buyog'i faqat Joomla haqida bo'ladi (chunki muallif bu CMS bilan jiddiy ishqiy munosabatlarda bo'lgan), lokigin
boshqalari bo'yicha savol tug'ilib qolsayam, qo'ldan kegancha deganday....

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #11 : 19 Sentyabr 2011, 00:08:22 »
Joomla ni ruscha lokalizatsiyasi (tarjimasi)ni mana bu linkdan olishingiz mumkin: http://joom.ru/download/viewcategory/4

U yerda turli versiyalari bor. Hozirda eng ommaviy va ko'pchilik extensionla mos keladigan versiya bu 1.5. Eng yangisini olaman desangiz hozircha 1.7  ungayam ancha extensionlar bor.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #12 : 19 Sentyabr 2011, 00:57:15 »
Endi shu saaal ortga qaytib oltinchi qadamni batafsilroq yoritishga harakat qiloviz...judayam mavhum bo'p qopti...

Bu qadam Joomlani localhostga o'rnatish edi.

Masalan man Denwerni o'rnatayotganda ishchi fayllar uchun joyni C:\Webservers (by default) tanladim. Shunga mos holda mening ajoyib.uz saytim uchun joy bu C:\WebServers\home\ajoyib.uz\www\ bo'ladi. Demak men yuklab olgan joomla dvijokimni shu joyga arxivdan chiqaraman.

Arxivdan chiqargach, Denwerni ishga tushiramiz (Start Denwerni bosish orqali)

endi Operaga kirib, ajoyib.uzga kiramiz (Shu yerda diqqat, Denwer ishlayotganda barcha faol "setevoye podklyucheniye"larni o'chirib turgan ma'qul). Hammasini to'g'ri bajargan bo'lsak quyidagi manzara namoyon bo'ladi:

Rahmatnoma


Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #13 : 19 Sentyabr 2011, 01:01:03 »
O'zimizga kerakli tilni tanlab, Daleeni bosamiz. Ko'pchiligimizga kerak bo'lgan o'zbek tili ro'yxatda yo'q, shu sababli boshqa bir o'zimiz tushunadigan tilni (menda rus) tanlab turamiz, o'zbek tiliga qanday o'girishga keyinroq batafsil to'xtalamiz.

Ishqib Daleeni bosgach keyingi bosqich ochiladi:



Bu yerda asosan tepa qismidagi ro'yaxtda hammasi "DA" turgan bo'lsa bo'ldi, qolgani muhim emas.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Moderator
  • Super Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Re: O'zimiz sayt yaratamiz!
« Javob #14 : 19 Sentyabr 2011, 01:05:00 »
Keyingi etap: Litsenziya haqida ma'lumot, bu GNU GPL litsenziya bo'lgani uchun o'qib ham o'tirmay, Daleeni bosamiz, ekranda mana bu bosqich chiqadi.




Tagiga chizib qo'ygan joylarimga diqqat qiling. Sozlamalarni men ko'rsatgandek qo'yganingiz ma'qul, ularni saytni xostingga olayotganda o'zgartiramiz baribir.

Rahmatnoma


 

Yangi sayt ochildi... Bir kirib ko`ring!...

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 9
Ko'rilgan: 19907
So'nggi javob 10 Yanvar 2008, 18:52:44
muallifi Usmon
O'zbekchalashtirish (sayt, dastur, forum, galereya va hokazolar)

Muallif _Otabek_Bo'lim Internet

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 7581
So'nggi javob 10 Aprel 2008, 08:51:06
muallifi _Otabek_
Islom.ziyouz.com - Yangi islomiy sayt uchun hamkorlik

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 21
Ko'rilgan: 14556
So'nggi javob 26 Iyul 2007, 10:27:20
muallifi AbdulAziz
Internet haqida sayt

Muallif milsumBo'lim Internet

Javoblar: 43
Ko'rilgan: 23127
So'nggi javob 13 Fevral 2015, 22:43:10
muallifi Math13
O'zimiz tayyorlagan taomlar!

Muallif ikbaljohnBo'lim Pazandalik

Javoblar: 2197
Ko'rilgan: 831097
So'nggi javob 23 Yanvar 2012, 22:34:03
muallifi Ansora