Qandaydir sayt yaratish fikri ko'pchilikda paydo bo'lgan bo'lsa kerak... Masalan, biror mavzuga bag'ishlangan o'zimizning saytimiz bo'lsa, uning o'ziga yarasha auditoriyasi bo'lsa, dilkash insonlar deganday.... yoki bo'lmasa tijorat maqsadida... yoxud, masalan, o'z firmamizning vizitka sayti va h.k....
Shunday qilib bu borada Birinchi qiladigan ishimiz avvalo istakning paydo bo'lishi :-) Bu endi tabiiy hodisa, bizga bog'liq emas, qolganlarini esa o'zimiz amalga oshiramiz.
Ikkinchi qo'yadigan qadamimiz sayt maqsadini, uning konceptini, strukturasini, taxminiy auditoriyasini, moliyaviy manbaini aniqlab olish bo'ladi. Qisqa qib aytganda ishlab turgan saytmizni ko'z oldimizga keltira olishimiz kerak, bu qog'ozga tushirilgan bo'lsa, undan-da yaxshi.