O'zimiz sayt yaratamiz!  ( 30351 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Usmon  19 Sentyabr 2011, 00:03:20

Assalomu alaykum, e'tibor uchun rahmat... o'rnatish jarayonida muammo chiqqan bo'sa, shu yerda yozavering, birgalashib yechimini qidiramiz, chiqmagan bo'sa - undanam yaxshi :-)

Xullasi kalom 6ta dovondan oshib ishni qoyillatib qo'ygach, choyni xo'rillateeeb, monitorga tikileeeb o'tiribmiz...

kimdir Joomla qo'ygandir, kimdir Wordpress, yana boshqa birovga faqat forum kerak bo'lsa, smf yoki phpbb3 va hk...

Darsni buyog'i faqat Joomla haqida bo'ladi (chunki muallif bu CMS bilan jiddiy ishqiy munosabatlarda bo'lgan), lokigin
boshqalari bo'yicha savol tug'ilib qolsayam, qo'ldan kegancha deganday....

Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 00:08:22

Joomla ni ruscha lokalizatsiyasi (tarjimasi)ni mana bu linkdan olishingiz mumkin: http://joom.ru/download/viewcategory/4

U yerda turli versiyalari bor. Hozirda eng ommaviy va ko'pchilik extensionla mos keladigan versiya bu 1.5. Eng yangisini olaman desangiz hozircha 1.7  ungayam ancha extensionlar bor.

Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 00:57:15

Endi shu saaal ortga qaytib oltinchi qadamni batafsilroq yoritishga harakat qiloviz...judayam mavhum bo'p qopti...

Bu qadam Joomlani localhostga o'rnatish edi.

Masalan man Denwerni o'rnatayotganda ishchi fayllar uchun joyni C:\Webservers (by default) tanladim. Shunga mos holda mening ajoyib.uz saytim uchun joy bu C:\WebServers\home\ajoyib.uz\www\ bo'ladi. Demak men yuklab olgan joomla dvijokimni shu joyga arxivdan chiqaraman.

Arxivdan chiqargach, Denwerni ishga tushiramiz (Start Denwerni bosish orqali)

endi Operaga kirib, ajoyib.uzga kiramiz (Shu yerda diqqat, Denwer ishlayotganda barcha faol "setevoye podklyucheniye"larni o'chirib turgan ma'qul). Hammasini to'g'ri bajargan bo'lsak quyidagi manzara namoyon bo'ladi:


Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 01:01:03

O'zimizga kerakli tilni tanlab, Daleeni bosamiz. Ko'pchiligimizga kerak bo'lgan o'zbek tili ro'yxatda yo'q, shu sababli boshqa bir o'zimiz tushunadigan tilni (menda rus) tanlab turamiz, o'zbek tiliga qanday o'girishga keyinroq batafsil to'xtalamiz.

Ishqib Daleeni bosgach keyingi bosqich ochiladi:



Bu yerda asosan tepa qismidagi ro'yaxtda hammasi "DA" turgan bo'lsa bo'ldi, qolgani muhim emas.

Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 01:05:00

Keyingi etap: Litsenziya haqida ma'lumot, bu GNU GPL litsenziya bo'lgani uchun o'qib ham o'tirmay, Daleeni bosamiz, ekranda mana bu bosqich chiqadi.




Tagiga chizib qo'ygan joylarimga diqqat qiling. Sozlamalarni men ko'rsatgandek qo'yganingiz ma'qul, ularni saytni xostingga olayotganda o'zgartiramiz baribir.

Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 01:08:54

Keyingi bosqich FTP nastroykasi, unda ham Daleeni shunday bosib yuborish kifoya, chunki localhostda baribir FTPdan foydalanmaymiz :-)

6-bosqichda biroz to'xtashga to'g'ri keladi.
Diqqat: siz o'z saytingiz nomini, o'zingizning e-mailingizni va parolni kiritasiz. Parolni eslab qoling. Tagiga chizib qo'yilgan "Ustanovit demo dannye" tugmasini bosishni tavsiya etaman, o'rganishda yordam beradi!


Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 01:12:16

Ana endi yakunlovchi bosqich:

1) loginingiz "admin" ekaniga e'tibor bering (parolingizni boya kiritgan edingiz)

2) ...ajoyib.uz\www\ papka ichidan Installations papkasini o'chirib, keyin "Sayt" tugmasini bosing!


Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 01:13:47

Hammasini to'g'ri bajargan bo'sez, mana bu narsa monitorda paydo bo'ladi... QO"RQMANG! shu saytimizning dastlabki ko'rinishi :-)


Qayd etilgan


Usmon  19 Sentyabr 2011, 01:17:35

Keyingi postlarda Xudo xohlasa, quyidagilarni yoritib o'tamiz:

1) Back-end va Front-end - u nima?

2) Joomla 1.5ni qanday qilib o'zbek tiliga o'giraman?

3) Sayt dizaynini o'zgartirmoqchiman...

4) Menga kerak bo'lgan imkoniyat Joomlada yo'qmi? Joomla va uning add-on (extension)lari hamda ularning 1001 xil imkoniyati

Qayd etilgan


Nazrul Islom  19 Sentyabr 2011, 05:42:56

1) Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanamiz ...
masalan, Adobe Muse 0.8 Build 653, A4DeskPro Website Builder 5, Adobe Dreamweaver degandey.... Bularni mana bu joydan olishingiz mumkin.
Assalomu alaykum!
Yuqoridagi link ishlamayapti, tekshirib bera olmaysizmi? Oldindan rahmat!

Qayd etilgan