SUZMA QATİQ
1 oycha bo'lib qoldi, bir ayoldan tabiiy sut sotib ola boshladim. O'g'limga sut ichirish maqsadida, lekin xozircha sutni xushlamayabdi:)
Sutdan turli shirinliklar pishirdim, ohirgi hafta shirinlikka vaqt bo'lmagani uchun 4 litrga yaqin sutni qatiq qildim. Keyin suzma qilsammi, deb o'ylab qoldim. Unga qatiq haltasi kerak. Internetdan qarab uy sharoitida qatiqni suzishni oson yo'lini topdim, balki sizga ham foydasi tegar.
Qatig'ingizni rasmdagiday balandroq joyga qo'yib, toza sochiq yoki material yoping va bir uchini pastroqda turgan yana bir boshqa idishga tushirib qo'ying. 1 soatcha turgandan keyin sochiqni siqing, yana qatiqni ustiga qo'ying. 1 soatdan keyin qatig'ingiz suzilgan bo'ladi.