Muallif Mavzu: Yangi tanlov: "Mo`mining munosabati"  ( 2586 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Yangi tanlov: "Mo`mining munosabati"
« : 22 Sentyabr 2011, 13:17:06 »
Islom.uz sayti tomonidan "Mo`mining munosabati" nomli yangi tanlov e'lon qilindi
quyida uning shartlari bilan tanishishingiz mumkin

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!

Avvalambor, bizni eng yaxshi maqsadlar atrofida jam` qilgan Allohga cheksiz hamdlar bo`lsin!
Boshlash arafasida turganimiz bu tanlov Hisob Kunida foydamizga xizmat qilsin!

Tanlovni tashkillarishda ba`zi qiyinchiliklarga uchradik. Tanlovni yo`lga qo`yib olish, qanday qilsak bundan ko`proq manfaat olib Allohni rozi qilish mumkinligi kabilar ustida ko`p bosh qotirdik va quyidagi qoidalar tizimini ishlab chiqdik.
Shu paytgacha e`lon qilingan qoidalar qisman isloh qilindi, yaxshiroqlariga o`zgartirildi, vallohu a`lam...

Tanlov "Mo`mining munosabati" deb nomlanadi. Uning maqsadi quyidagi 4 toifaga sof

Islomni tanitish:

1. Xristian missionerlari.

2. Moddiyunchilar(ateistlar)..

3. Bemazhab fitnachilar.

4. Beamal "musulmonlar"(benamoz, Ramazonda "kasal bo`p qoladigan", dunyo va dinni aralashtirmaslikka qaror qilgan, "ichsayam zato puliga ichadigan", "masjidga bormasayam, ko`nglida kiri bo`lmagan"... Qareng bular qanchalik ko`p...)


Tanlov 4 bosqichga bo`linadi.

1 - bosqichni "Islom va dahriylik" deb nomladik.

 Bu bosqichda 3 taraf bo`ladi. Savol beruvchi guruh, Tanlov ishtirokchilar va Hakamlar Hay`ati.

Hakamlar hay`ati quyidagilar

1. Hasan qori
2. Husan qori
3. Ustoz Anvar

Savolni Savol beruvchi Guruhgina beradi.

Har kuni uchtadan savol berib boriladi. Hamma imkoni boricha javob beradi. Muayyan muddat davomida(buni hali muhtaram hakamlarimiz hay`ati bilan belgilagan holda e`lon qilamiz) savollar uchun mukammal javob o`laroq kimning javobi tanlangani e`lon qilib boriladi...

Savollar Savol beruvchi Guruh tomonidangina beriladi. Ishtirokchilarga savol berishni istagan birodarlarimiz Sizning savollaringiz mavzusida o`z savollarini qoldirishlari mumkin. Savolar o`rganib chiqilib, lozim topilganda, o`z o`rnida Tanlov savollariga qo`shib yuboriladi...

Bo`limchamiz quyidagi mavzulardan iborat:

1.  Tanlovning "Islom va Dahriylik" bosqichi Savollari --- bu yerda faqat Savol beruvchi Guruh post qoldiradi...
2. "Islom va Dahriylik" mavzusi savollariga Javoblar --- bu mavzuda ishtirokchilar javoblarini qoldiradilar. Bu mavzuda faqat Tanlov Savollariga javob qoldiriladi, muhokamalar, qo`shimcha fikrlar qoldirilmaydi. Bitta qatnashchi bir savol yuzasidan faqat bitta javob qoldiradi...
3. BAHS - MUNOZARA XONASI ;) --- bu yerda o`yindagi savol - javoblarga oid bahslar va suhbatlar bo`ladi.
4.Taklif!!! Diqqat qiling!!!  --- bu yerda Tanlovning tashkiliy qismiga oid muhokamalar bo`ladi.
5. Tanlov Natijalari ---- bu bo`limda  Hakamlar hay`ati Javoblarni e`lon qiladilar... FAQAT Hakamlar post qoldiradilar.
6. Tanlov qoidalari!!! --- bu bo`limda tanlovga oid qoidalar e`lon qilib boriladi.
7. Manbalar

Birinchi bosqichga oid barcha savollarga javob topib bo`lingach, biz dahriy kishining har qanday da`vosiga javob berishga tayyor bo`lganimizdan so`ng, o`z qarashlarini himoya qilishni xohlagan dahriy kishilarni taklif qilsak bo`ladi. Bunday kishilar Tashkilotchilar tomonidan tasdiqlanishlari shart. Tasdiqlanish shartlari uning din haqida umumiy bo`lsa ham bilimi borligi, tarix, mantiq, odob, umumiy sa`viya va bilimlariga asoslanadi(bu shartlar duch kelgan johilning forum orqali muhtaram birodarlarimizning ibodatga sarflanishi mumkin bo`lgan qadrli vaqtlarini himoya qilish uchunqo`yildi.)

Birinchi bosqich yakunlangach "Hilol va Xoch" deb nomlanuvchi ikkinchi bosqichimiz boshlanadi. To mukammal qoidalar tizimini yaratib olgunimizcha Tanlov davomida yana ba`zi o`zgarishlar qilsak, ma`zur tutishingizni va duo qilishingizni iltimos qilamiz.

Alloh hammamizdan rozi bo`lsin! Shu tanlov orqali turli da`vo-yu e`tirozlarga va bahonalarga ENG CHIROYLI JAVOB topishimizni Alloh nasib qilsin!
Alloh bu tanlov davomida gunoh qilib qo`yishimizdan saqlasin! Alloh barchamizni taqvolilardan va olimlardan qilsin!

http://forum.islom.uz/smf/index.php/board,153.0.html
« So'nggi tahrir: 22 Sentyabr 2011, 13:33:27 muallifi Akbarjоn »

Akbarjоn

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 669
  • -oldi: 1299
  • Xabarlar: 797
  • Jins: Erkak
  • Форумнинг эски одамларидан бири
    • islom.uz
Re: Yangi tanlov: "Mo`mining munosabati"
« Javob #1 : 27 Sentyabr 2011, 10:50:31 »
Tanlovning "Islom va Dahriylik" bosqichi Savollari


  S.1. Birinchi savol...

           ÐÐ³Ð°Ñ€ Худо бўлса, у бизни нимага яратди? Мақсади нима?


  S.2. Ikkinchi savol:

                 Ð˜ÑÐ»Ð¾Ð¼Ð´Ð° ҳам, бошқа динларда ҳам ғайбдан -- кўрмасдан туриб ишониш керак. Кўрмаган нарсангиз ҳақиқат эканлигини билмайсиз, агар шунча ибодат қилиб, ўзингизни лаззатлардан четлаб юрсангиз-у, охирида Худо йўқ бўлиб чиқса-чи? Бир марта яшаб, ахмоқ бўлиб алданиб ўтиб кетган бўласиз-ку !?


S.3. Uchinchi savol:

    Агар сиз айтгандек Худо бўлиб, Ислом дини Ñ‚Ñžғри бўлса, Она Тереза каби ҳаётини инсониятга ёрдам учун сарфлаган, Ҳелен Келлер ---  ҳам кўзи ожиз, ҳам қулоғи кар бўла туриб асарлар ёзган, Нелсон Манделла каби халқи учун умрининг асосий қисмини қамоқда ўтқизганлар дўзахий бўлиб , абадий азоб тортадими?


S.4. To`rtinchi savol:                                  (bu savol e`tiroz shaklida)

     Ð˜ÑÐ»Ð¾Ð¼, насронийлик, буддавийлик, зардўштийлик, шаманлик(тангреизм), яҳудийлик, ҳиндуийлик ва бошқа динлар --- ҳаммаси бир бирига ўхшаган фикрлар. Ҳаммаси фақат мен ҳақман, бошқалари ёлғончи дейди. Ақлли ва нотиқ кишилар, ҳукмдорлар ёки уларнинг махсус кишилари буларни ўйлаб топган, ёки булар топилганда машҳур бўлмаган, кейинчалик сиёсатчилар уни халқни бошқариш учун восита қилиб оммалаштирганлар.


S.5. Beshinchi savol

         ÐÐ¸Ð¼Ð°Ð³Ð° энди бутун оламга аталган дин айнан араблар миллатига юборилган, нимага энди ҳамма тушунадиган тилидамас араб тилида юборилган. Менга Худо ўзимнинг она тилимдамас, араб тилида китоб юборадими? Китобини Араблар тушунса, бошқа бутун дунё тушунмаса, шу адолатли дин бўладими?


S.6. Oltinchi savol

               ÐšÑžÐ·Ð»Ð°Ñ€Ð¸ кўр даҳрийнинг саволи:
  Агар адолатли Худо бўлса, нимага менинг кўзларим кўр? Буни нимаси адолат? 

  (Yurtimizning mashhur adabiyotshunosi, professor olim(ko`zi ojiz)dan nega dahriyligini so`rashganida shu savolni bergandi...)


S.7. Yettinchi savol

           ÐÐ³Ð°Ñ€ бу дин Ñ‚Ñžғри дин бўлса, нимага унинг вакиллари бўлган халқлар энг камбағал ва энг қолоқ халқлар? Ғарб давлатлари ўз динларидан кечиб, уни чегаралаб қўйдилар-у, илм- фан ривожланиб, хозирда иқтисодий, ҳуқуқий, сиёсий сохаларда қудратли давлатларга айландилар. Мусулмонлар эса Покистон, Эрон, Афғонистон, Бангладеш каби ва бошқа кўплаб давлатларда жуда ёмон шароитларда яшайдилар. Нимага?


S.8. Sakkizinchi savol:

            Агар Сиз айтганингиздек фақат мусулмонлар жаннатга кирса, Ислом пайдо бўлгунча яшаган миллионлаб одамлар нима бўлади? Ислом пайдо бўлгандан кейин у етиб бормаган ҳудудларда яшаганлар нима бўлади. Агар улар ҳаммаси дўзахга тушади, десангиз адолат қаерда қолади?


S.10. O`ninchi savol:

          Ҳамма динлар яхшиликни тарғиб қилади. Нимага ҳамма динлардан яхши - яхши жойларини олиб бир дин қилмаймиз? Аксинча бўлиниб, душман бўлиб юрамиз? Ахир ҳаммасини мақсади яхшилик-ку!


S.11. O`n birinchi savol             (e`tiroz shaklida)

              Қуръон асли бир гуруҳ араб олимлари томонидан ёзилган. Шу сабабли ҳам унда ақлли фикрлар кўп.

(Sovet dahriylaridan birining Falsafashunoslik darsidan olindi...)



S.12. O`n ikkinchi savol:
     
               12. Нега мусулмонлар аёлларини тарбияламоқчи бўладилар, худди эркаклар аёллардан устун Ñ‘ ақллироқдек, аёллар ва эркаклар тенглигини тан олмайдилар. Ислом аёлларни хўрлайди, ҳатто уришга рухсат беради. Ислом эркаклар учун тушган дин(эркаклар дини...)!


S.13. O`n uchunchi savol:

               ÐÐ³Ð°Ñ€ адолатли Худо бўлса, нимага ёш болалар очликдан, саратон каби тузалмас дардлардан ўлади? Худо уларга адолат, раҳм қилмайдими?



S.15. O`n beshinchi savol:

              Нимага Ислом қоидаларига кўра Исломни тарк қилган одам ўлимга ҳукм қилинади? Ахир ҳамма динлар бир - бирига нисбатан дўстлик муносабатида бўлиши керакмасми? Биров Исломдан чиқиб Насроний бўлмоқчи бўлса, бу унинг ихтиёрида бўлиши керакмасми? Буни нимаси адолат?

хозирча ушбу саволлар қўйилган
Жавоб беришни истасангиз қуйидаги линкка ўтишингиз керак бўлади
http://forum.islom.uz/smf/index.php/topic,23319.0.html

 

"IRMOQ" yangi ilmiy ma'rifiy ijtimoiy jurnal

Muallif Irmoq JurnaliBo'lim Yangiliklar

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 7120
So'nggi javob 23 Mart 2007, 21:39:58
muallifi Irmoq Jurnali
"Yangi yil" haqida:Forumchilarni fikri....

Muallif Munira xonimBo'lim Forumdoshlar hayoti

Javoblar: 23
Ko'rilgan: 22277
So'nggi javob 30 Dekabr 2007, 01:30:47
muallifi Salmoni Forsiy
Yangi "Muslim Taqvim" android dasturi haqida

Muallif rustamsmaxBo'lim Islom

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 11204
So'nggi javob 10 Mart 2014, 16:31:49
muallifi rustamsmax
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6690
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
Toshkent haqida "Wikipedia Encyclopedia"da

Muallif AbdusalomBo'lim Toshkent shahri

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 13722
So'nggi javob 20 Iyun 2006, 01:51:11
muallifi Abdusalom