Islom.uz sayti tomonidan "Mo`mining munosabati" nomli yangi tanlov e'lon qilindi
quyida uning shartlari bilan tanishishingiz mumkin
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh!
Avvalambor, bizni eng yaxshi maqsadlar atrofida jam` qilgan Allohga cheksiz hamdlar bo`lsin!
Boshlash arafasida turganimiz bu tanlov Hisob Kunida foydamizga xizmat qilsin!
Tanlovni tashkillarishda ba`zi qiyinchiliklarga uchradik. Tanlovni yo`lga qo`yib olish, qanday qilsak bundan ko`proq manfaat olib Allohni rozi qilish mumkinligi kabilar ustida ko`p bosh qotirdik va quyidagi qoidalar tizimini ishlab chiqdik.
Shu paytgacha e`lon qilingan qoidalar qisman isloh qilindi, yaxshiroqlariga o`zgartirildi, vallohu a`lam...
Tanlov "Mo`mining munosabati" deb nomlanadi. Uning maqsadi quyidagi 4 toifaga sof
Islomni tanitish:
1. Xristian missionerlari.
2. Moddiyunchilar(ateistlar)..
3. Bemazhab fitnachilar.
4. Beamal "musulmonlar"(benamoz, Ramazonda "kasal bo`p qoladigan", dunyo va dinni aralashtirmaslikka qaror qilgan, "ichsayam zato puliga ichadigan", "masjidga bormasayam, ko`nglida kiri bo`lmagan"... Qareng bular qanchalik ko`p...)
Tanlov 4 bosqichga bo`linadi.
1 - bosqichni "Islom va dahriylik" deb nomladik.
Bu bosqichda 3 taraf bo`ladi. Savol beruvchi guruh, Tanlov ishtirokchilar va Hakamlar Hay`ati.
Hakamlar hay`ati quyidagilar
1. Hasan qori
2. Husan qori
3. Ustoz Anvar
Savolni Savol beruvchi Guruhgina beradi.
Har kuni uchtadan savol berib boriladi. Hamma imkoni boricha javob beradi. Muayyan muddat davomida(buni hali muhtaram hakamlarimiz hay`ati bilan belgilagan holda e`lon qilamiz) savollar uchun mukammal javob o`laroq kimning javobi tanlangani e`lon qilib boriladi...
Savollar Savol beruvchi Guruh tomonidangina beriladi. Ishtirokchilarga savol berishni istagan birodarlarimiz Sizning savollaringiz mavzusida o`z savollarini qoldirishlari mumkin. Savolar o`rganib chiqilib, lozim topilganda, o`z o`rnida Tanlov savollariga qo`shib yuboriladi...
Bo`limchamiz quyidagi mavzulardan iborat:
1. Tanlovning "Islom va Dahriylik" bosqichi Savollari --- bu yerda faqat Savol beruvchi Guruh post qoldiradi...
2. "Islom va Dahriylik" mavzusi savollariga Javoblar --- bu mavzuda ishtirokchilar javoblarini qoldiradilar. Bu mavzuda faqat Tanlov Savollariga javob qoldiriladi, muhokamalar, qo`shimcha fikrlar qoldirilmaydi. Bitta qatnashchi bir savol yuzasidan faqat bitta javob qoldiradi...
3. BAHS - MUNOZARA XONASI
--- bu yerda o`yindagi savol - javoblarga oid bahslar va suhbatlar bo`ladi.
4.Taklif!!! Diqqat qiling!!! --- bu yerda Tanlovning tashkiliy qismiga oid muhokamalar bo`ladi.
5. Tanlov Natijalari ---- bu bo`limda Hakamlar hay`ati Javoblarni e`lon qiladilar... FAQAT Hakamlar post qoldiradilar.
6. Tanlov qoidalari!!! --- bu bo`limda tanlovga oid qoidalar e`lon qilib boriladi.
7. Manbalar
Birinchi bosqichga oid barcha savollarga javob topib bo`lingach, biz dahriy kishining har qanday da`vosiga javob berishga tayyor bo`lganimizdan so`ng, o`z qarashlarini himoya qilishni xohlagan dahriy kishilarni taklif qilsak bo`ladi. Bunday kishilar Tashkilotchilar tomonidan tasdiqlanishlari shart. Tasdiqlanish shartlari uning din haqida umumiy bo`lsa ham bilimi borligi, tarix, mantiq, odob, umumiy sa`viya va bilimlariga asoslanadi(bu shartlar duch kelgan johilning forum orqali muhtaram birodarlarimizning ibodatga sarflanishi mumkin bo`lgan qadrli vaqtlarini himoya qilish uchunqo`yildi.)
Birinchi bosqich yakunlangach "Hilol va Xoch" deb nomlanuvchi ikkinchi bosqichimiz boshlanadi. To mukammal qoidalar tizimini yaratib olgunimizcha Tanlov davomida yana ba`zi o`zgarishlar qilsak, ma`zur tutishingizni va duo qilishingizni iltimos qilamiz.
Alloh hammamizdan rozi bo`lsin! Shu tanlov orqali turli da`vo-yu e`tirozlarga va bahonalarga ENG CHIROYLI JAVOB topishimizni Alloh nasib qilsin!
Alloh bu tanlov davomida gunoh qilib qo`yishimizdan saqlasin! Alloh barchamizni taqvolilardan va olimlardan qilsin!
http://forum.islom.uz/smf/index.php/board,153.0.html