Yozgi ta'tildan keyin farzandlarimizga maktabga ko'nikishiga yordam beramiz  ( 7187 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  24 Sentyabr 2011, 12:39:15

Taqvimda yozning oxirgi dekadasi. An’anaga ko‘ra yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ushbu o‘n kunlikning asosiy belgisi hisoblanadi. Kanselyariya tovarlari sotiladigan do‘konlarda maktab jihozlari bilan savdo-sotiq avjiga chiqqan, o‘quvchilar sumkalarni o‘lchab ko‘rishmoqda, yuqori sinf o‘quvchilari esa g‘aroyib daftarlarni tanlashyapti. Ota-onalar o‘z farzandlari uchun maktab kiyimini tanlash bilan ovora. Vaqtning suvday oqib ketishini qarang, axir bolalarning o‘tgan yilgi ko‘ylak va shimlari endi ularga tor kelyapti-da. Ushbu yugurib-yelishlar bilan ovora bo‘lib, farzandimiz yangi o‘quv yilida maktabga qanday moslashishi haqida o‘ylamaymiz ham...


Biroq bolalarga ham, ota-onalarga ham birday sentabr oyini o‘tkazish osonmas. Buning sabablari bir talay. Yozda farzandlarimizni shahardan uzoqroqqa, ya’ni oromgohga, buvisi-bobosinikiga jo‘natib yuborishga harakat qilamiz. Bu davr ichida bir uyda yashaydigan avlodlar bir-biridan ancha begonasirab qolishadi. Yozgi ta’til davomida o‘smirlar ancha ulg‘ayishadi va o‘zgaradi, ota-onalar esa ko‘p hollarda ularning yangi mavqeyi va o‘zgacha talablariga tayyor bo‘lishmaydi. Chunki ota-onalarning o‘zlari yozgi mehnat ta’tilidan kuzgi ish maromiga o‘tib, unga ko‘nikishlari kerak-da. Ishda yangi loyihalar boshlanadi va ota-onalar uy vazifalarini tekshirish hamda o‘zlarining xizmat vazifalari o‘rtasida sarson bo‘lib qolishadi, asabiylashishadi...    

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2011, 12:43:28

Agar farzandingiz yoz bo‘yi istaganicha uyquga to‘yib, yangi o‘quv yili boshlanishi bilan endi yettida turishi lozim bo‘lsa, nima qilish kerak? Nahotki stress muqarrar bo‘lsa? Bu muammoni mening ota-onam qanday hal qilishganini yaxshi eslayman. Birinchi sentabrga bir hafta qolganida ular meni ish jadvaliga moslashtirishga harakat qilishardi. Men ham asta-sekin odatdagidan oldinroq uyg‘ona boshlardim.

Biroq meni shunchaki uyg‘otishmasdi, bunga albatta muhim sabab topilardi. Masalan, do‘stlarimning oldiga dala-hovliga borish, ertalabdan kinoga tushish yoki shunchaki televizor orqali qiziq multfilm tomosha qilish. Albatta, bunda ota-onam ham o‘zlarining ertalabki uyg‘onish jadvallarini o‘zgartirishlariga to‘g‘ri kelardi. Agar siz ota-onalarga xos bunday qahramonlikni amalga oshirishga tayyor bo‘lmasangiz, tashvishlanmang: bolaning ertalabki uyg‘onishi, u uchun katta stress bo‘lmaydi. Bolalar kattalarga qaraganda tezroq moslashishadi. Shu bois farzandingizga yozning so‘nggi kunlarida to‘yib uxlab olishiga ruxsat berishning qo‘rqinchli joyi yo‘q.

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2011, 12:43:59

Yaqinda dugonam yana bir «yozgi muammo» bilan kurashish usulini men bilan o‘rtoqlashdi: qizi oromgohda dam olgan ekan, u yerda quloqni yopib eshitadigan so‘zlarni o‘rganibdi. Xo‘sh, sizdayam shunday bo‘lsa, nima qilish kerak? Dugonam qiziga kattalar uchun mo‘ljallangan va bolalar uchun mo‘ljallangan so‘zlar borligini tushuntirishga harakat qipti. Kichkintoylar pivo ichmaydi va sigareta chekmaydiku. So‘zlar bilan ham xuddi shunday: oldin biroz ulg‘ay, keyin ulardan foydalanish kerakmi yoki yo‘qmi o‘zing hal qilasan. Yangi so‘zlarni tushuntirish ishlari bolaning yoshiga to‘g‘ri kelishi kerak. Agar u juda kichkina bo‘lsa, ba’zi so‘zlar yomon bo‘lgani uchun tarbiyali bolalar ularni gapirmaydi, deyish lozim. *Agar farzandingiz o‘smirlik yoshiga qadam qo‘ygan bo‘lsa, u har bir madaniy muhitda yomon so‘zlardan foydalanishning o‘ziga xos tomonlari borligini faxmlashga qodir bo‘ladi. Bolani tushunishga harakat qiling: so‘kinishlar bolaga o‘z tengdoshlari orasida o‘z shaxsiyatini namoyon etish vositasi sifatida muhim albatta, ammo oilada bunday so‘zlarga o‘rin bo‘lishi mumkin emas. Agar shunday muammo tug‘ilsa, farzandingizga buni taqiqlamasdan, u bilan kelishishga urinib ko‘ring. Nima bo‘lganda ham, farzandingiz har safar haqoratli so‘zlarni aytganida, bu sizga yoqmasligini va uy muhitiga to‘g‘ri kelmasligini yotig‘i bilan tushuntiring.

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2011, 12:44:24

O’g‘limiz avgust oyida maktabga tayyorgarlik ko‘ra boshlaganida, biz turmush o‘rtog‘im bilan birinchi sentabrning kelishini romantik muhit bilan o‘rashga harakat qilamiz: Vityadan bu yil qanday yangi fanlar paydo bo‘lishini, u qaysi sinfdoshlari bilan uchrashuvni ayniqsa orziqib kutayotganini so‘raymiz. Xuddi shunday o‘zimizning maktab yillarimizni eslab qolamiz. Ona sifatida men uyda umumiy g‘amxo‘rlik va manfaatdorlik muhitini yaratish eng asosiysi ekanini tushunaman. Menda bola uchun faqat o‘qituvchilar mas’ul degan fikr yo‘q. O’z tajribamdan yaxshi bilamanki, agar farzandingizning maktabdagi yutuqlari bilan har kuni qiziqmasangiz, u tez orada o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi.

* Kuz fasli bolalar hayotida turli yangi ishlar uchun ajoyib davr hisoblanadi. To‘garaklarga a’zo bo‘lish, chet tillari bo‘yicha repetiror yollash, sport mashqlari uchun yangi sport kiyimini xarid qilish va boshqa ishlarni aynan hozir qilgan ma’qul. Ammo oldiniga o‘g‘lingiz va qizingiz bilan ular nimani xohlashi haqida maslahatlashib oling.

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2011, 12:44:45

* Ko‘p hollarda ota-onalar o‘z farzandlaridan norozi bo‘lishadi va har bir sababdan tajang bo‘lishadi, chunki o‘zlari farzandlari nimani xohlashayotganini tushunarli tarzda ifodalay olishmaydi-da. Bir kuni ota-onalar yig‘ilishida ular bilan juda oddiy trening o‘tkazdik — ular oddiy vatman qog‘oziga o‘zlarining eng ardoqli orzularini yozishdi: «Farzandim yaxshi o‘qishini, bilimdon, mehribon, quvnoq, chiroyli, sog‘lom, maqsadga intiluvchan bo‘lishini xohlayman». Siz uchun eng muhimi nima ekanini yozing. Endi alohida har bir band haqida o‘ylab ko‘ring va qo‘lingizdan nimalar kelishini hal eting. Bolangiz sog‘lom bo‘lishi uchun unga sport bilan shug‘ullanish lozimdir — unda farzandingizni basseynga yozdiring yoki karate to‘garagiga a’zo qildiring. Agar bolangiz birov haqida qayg‘ursa, u mehribon bo‘lib ulg‘ayishi shubhasiz — demak unga baliqchali akvarium, mushukcha yoki kuchukcha olib bering. Ammo farzandingiz uy hayvoni va sport seksiyasini o‘zi tanlagani ma’qul albatta.  

* Agar bolangizning bilim darajasi so‘zda emas, amalda siz uchun muhim bo‘lsa, haftada kamida bir marta bir soat davomida u bilan qiziqarli ko‘rsatuv, kitob, film, spektaklni muhokama qilishni odat qiling. Ha, aynan muhokama qilish, suhbatlashishni. Bu oddiy ishmas: odatda kattalar bola bilan pand-nasihat ohangida gapirishadi. Endi birgalikda fikr-mulohaza qilib ko‘ringchi. Bu farzandingizga ham oson bo‘lmaydi, chunki odatdagi maktab dasturi, afsuski, xotirani, diqqat-e’tiborni, ijodiy emas, balki shablonli  fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan.

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2011, 12:45:12

* Farzandlaringiz bilan ko‘chada yoki maktabda yuzaga keladigan hayotiy vaziyatlarni muhokama qilish ham foydali. Balki bu unda yaxshilik va yomonlik, nima axloqiy, nima aksincha ekani to‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishiga yordam berar. *Ota-onalar va bolalar birgalikda biror ishni bajarishlari eng ta’sirli tarbiya jarayoni hisoblanadi: masalan, ota o‘z o‘g‘li bilan bajonidil futbol o‘ynashi, ona qiziga pazandalik sirlarini o‘rgatishi. Umuman olganda esa, ota-onalar bolalariga raqib sifatida emas, balki ittifoqchi sifatida namoyon bo‘ladigan hamkorlikdagi ishlar, o‘nlab pand-nasihat ko‘rinishidagi suhbatlarga qaraganda o‘zaro ishonchga kuchliroq ta’sir qiladi. Ishonavering, bunga ko‘p vaqt va kuchingiz ketmaydi, bu shunchaki birgalikda yashash yoqimliroq va foydaliroq bo‘lgan o‘z hayotimizdir.

Kuz kelishi bilan uy ishlarimiz ham, kasb bilan bog‘liq ishlarimiz ham ko‘payadi, hayot murakkablashadi, bu o‘zgarishlarning barchasi albatta stressni keltirib chiqaradi. Ammo gap shundaki, quvonchli voqeada ham, noxushliklarda ham kelib chiqadigan stress organizmda bir xil kechar ekan. Baribir asabiylashamiz, shunday ekan, majburiy o‘zgarishlarga noxushlik sifatida emas, balki bayram sifatida qarashga urinib ko‘rish kerak.

Qayd etilgan


Ansora  24 Sentyabr 2011, 12:49:30

O’zingizni va yaqinlaringizni yangi kuzgi jadvalga ijobiy munosabatda bo‘lishga yo‘naltiring. «Voy-dod, farzandim birinchi sinfga boryapti! Endi rosa qiynalamiz!», - deb azoblanish o‘rniga, o‘zingizga taxminan quyidagi so‘zlarni ayting: «Mana, kichkintoyim ulg‘ayib qoldi, endi u birinchi sinf o‘quvchisi! Yangi do‘stlari paydo bo‘ladi, sal-pal mustaqillikka o‘rganadi, u bilan suhbatlashish ham qiziqarliroq bo‘ladi».


Esingizda bo‘lsin: baxtli odamlar baxtsiz kishilardan hayotidagi voqea va hodisalar bilan emas, balki ularga munosabati bilan farq qiladi.

Manba: www.salomat.uz

Qayd etilgan