Muallif Mavzu: Ovqatdan zaharlanish  ( 13883 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Ovqatdan zaharlanish
« : 24 Sentyabr 2011, 13:05:53 »
Bu yilgi yoz Yevropada bodring mojarosidan boshlandi. Hozircha noma’lum bo‘lib qolayotgan sabzavotdan zaharlanish holati butun Yevropani sarosimaga solib qo‘ydi. O’zimizda ham har yili meva-sabzavotlar pisha boshlashi bilan oddiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida zaharlanish holatlari uchraydi. Xo‘sh, zaharlanish o‘zi qanday yuz beradi? Uning qanday turlari mavjud? Zaharlanish alomatlarini qanday bilib olish mumkin? Zaharlanishning qanday oldi olinadi va, Xudo ko‘rsatmasin, agar zaharlanib qolsangiz, nimalar qilish kerak? Bugun va keyingi postlarimizda ana shu savollarga javob beramiz.

Ovqatdan zaharlanish: qanday turlari mavjud?

Sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlaridagi bakteriyalar va o‘z hayot faoliyati davomida ular tomonidan ishlab chiqariladigan zaharli moddalar, ya’ni toksinlar zaharlanishga sababchi bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotida toksinlar va bakterial hujayralar qancha ko‘p yig‘ilsa, zaharlanish alomatlari ham shunchalik keskin va xavfliroq bo‘ladi. Aynan bakteriyalarning toksinlari keltirib chiqargan zaharlanishlar alohida toksikoinfeksiyalar guruhiga ajratilgan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #1 : 24 Sentyabr 2011, 13:06:38 »
Eng keng tarqalgan ichak infeksiyalari

Agar issiqda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga stafilokokklar, salmonella yoki klostridiyalar kabi mikroblar tushgan bo‘lsa, unda bakterial zaharlanish yuz beradi. Mikroblar juda tez ko‘paya boshlaydi, bu paytda ular o‘ta kuchli zaharlarni ajrata boshlaydi, o‘z navbatida, bu zaharlar asta-sekinlik bilan butun mahsulotga tarqaladi. Agar bu mahsulot iste’mol qilinsa, kishi ham mikroblar bilan, ham ularning toksinlari bilan zaharlanadi. Toksokoinfeksiya kasallikka aylanishi uchun qo‘zg‘atuvchi va uning toksinlarini katta miqdorda iste’mol qilish kerak.


Salmonellyozlar

*Cho‘chqa, qo‘y, sigir, suvda suzuvchi parrandalar va boshqa hayvonlar salmonellyozni keltirib chiqaruvchi bakteriyalarning tashuvchilari hisoblanadi.


Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #2 : 24 Sentyabr 2011, 13:11:36 »
Ularning go‘shti, tuxumi va suti mazkur bakteriyalar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Agar ushbu mahsulotlarga termik ishlov berilmasa (100 gradusgacha) va bir necha soat 7 gradusdan yuqori haroratda saqlansa, ular toksik bo‘lishi mumkin.

 

Mahsulotda to‘plangan toksinlar va mikroblar kishida xavfli va ko‘ngilsiz alomatlarni keltirib chiqaradi: umumiy intoksikatsiya, tana harorati 40 gradusdan oshadigan isitma, qorindagi og‘riqlar, qusish va ich ketishi. O’tgan yili Rossiyada salmonellalar oqibatida 45 mingdan ziyod zaharlanish holatlari kuzatilgan.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #3 : 24 Sentyabr 2011, 13:12:06 »
Stafilokokkli zaharlanishlar

Ushbu kasallik ham salmonellyozga o‘xshaydi, uning sababchisi – stafilokokklar. Mikrob mahsulotlarga terisi va tomog‘ida yiringli kasalliklari (teridagi yiringli toshma, surunkali tonzillit) bor kishilardan hamda mastit bilan xasta sigirlardan o‘tadi. Singish omili bo‘yicha sut va sut mahsulotlari, pashtet, kotletlar, liver kolbasasi, ilvira (studen), vetchina, kremli pirojniylar, tuxum yoki kartoshka solingan salatlar juda xavfli hisoblanadi. Qorinning yuqori sohasidagi kuchli og‘riq, qusish ushbu turdagi zaharlanish belgilariga kiradi.   

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #4 : 24 Sentyabr 2011, 13:12:24 »
Botulizm

Botulizm – kam uchrasa-da, juda xavfli toksikoinfeksiyadir. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi oziq-ovqat mahsulotlariga tuproq bilan birga tushadi, chunki tuproqda uning sporalari ko‘p uchraydi.


Yangi mahsulotning o‘zi xavfli emas; konservalar xavfli hisoblanadi. Botulizm sporalarini yo‘q qilish oson ishmas – ular hatto 120 gradus haroratda ham o‘lmaydi. Kislorodsiz ular uchun juda qulay muhit yuzaga keladi, sporalar o‘sa boshlaydi va shu bilan birga o‘zlaridan juda kuchli zaharni ajratadi. Mikroblarning hayot faoliyati mahsulotning ta’mini o‘zgartirishi, gazlar hosil qilishi mumkin. Konserva ishlab chiqaruvchilarning ko‘pchiligi qopqoqning markazini ataylab yupqa qilishadi. Agar qopqoqning markazi shishgan bo‘lsa, bunday konserva iste’molga yaroqsiz bo‘ladi.

 

Botulizmni keltirib chiqaruvchi zahar ta’siri bo‘yicha asab tolalarini falaj qiluvchi hisoblanadi: zaharlangan kishini davolash odatda bir necha oyni egallaydi, zaharlanish o‘ta kuchli bo‘lsa o‘lim ikkinchi-uchinchi kuni yuz berishi mumkin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #5 : 24 Sentyabr 2011, 13:12:42 »
Qo‘ziqorinlardan zaharlanish

Zaharli qo‘ziqorinlarni oziq-ovqat mahsulotlariga kiritishmaydi, ammo ular adashib ovqatga tushib qolishi mumkin. Qo‘ziqorin toksinlarining yettita sinfi ma’lum, ularning har biri kuchli ta’sir qiluvchi hisoblanadi.


Zaharlanishning og‘irlik darajasi davolashni talab etmaydigan yengil holatlardan o‘lim holatlarigacha bo‘lishi mumkin. Hammasi iste’mol qilingan qo‘ziqorin miqdori va turiga hamda ularda toksinlar bor-qo‘yligiga bog‘liq.

 

Masalan, qurbaqasalla (poganka) qo‘ziqorini buyrak va jigarning qaytarib bo‘lmas shikastlanishiga olib keladi; boshqa qo‘ziqorin toksinlari umumiy intoksikatsiyani va asab tizimining haddan tashqari qo‘zg‘alishini keltirib chiqaradi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #6 : 24 Sentyabr 2011, 13:12:59 »
Ko‘k kartoshkadan zaharlanish

Solanin – bu po‘stida murtak chiqargan va ko‘kargan kartoshkada hosil bo‘ladigan toksinlar aralashmasi. Zaharlanish belgilari: qusish, ich ketishi zaharlangan kishini 11 kun, ya’ni organizm toksinlardan batamom tozalanmagunicha azoblashi mumkin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #7 : 24 Sentyabr 2011, 13:13:16 »
Dengiz mahsulotlaridan zaharlanish

Ko‘p hollarda yangi tayyorlangan skumbriya yoki tunets balig‘ini iste’mol qilgan kishida quyidagilar yuz beradi: ovqatdan so‘ng qichiydigan qavariqlar, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, bosh og‘rig‘i paydo bo‘aldi. Teri qizarishi kuzatiladi, og‘izda achishish hissi paydo bo‘lishi, yuz shishishi, bosh aylanishi mumkin.

 

Gap shundaki, skumbriyaning tanasida ko‘p miqdorda gistamin moddasi bor, u allergiyaning alomatlarini keltirib chiqaradi. Alomatlar o‘z-o‘zidan sakkiz-o‘n soatdan keyin yo‘qoladi.


Ba’zi ovqatga toksinlarga ega mollyuskalar (midiyalar va h.k.) tushib qoladi. Ularni tashqi ko‘rinishidan bilib bo‘lmaydi. Kishi mollyuskalar bilan zaharlanganida asab tolalarini falaj qiluvchi zahar hisoblangan saksitoksin moddasi ta’sir qiladi. Ovqatdan keyin 30-60 daqiqa o‘tgach, kishida muvozanat hissi, barmoqlarda va oyoq kaftlarida sezuvchanlik buziladi, bosh aylanadi. Og‘ir holatlarda nafas olish mushaklarini shikastlanadi. Zaharlanish asta-sekin sustlashadi va o‘tib ketadi, zaiflik bir necha hafta davom etadi.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #8 : 24 Sentyabr 2011, 13:13:46 »
Ta’m beruvchilardan zaharlanish
 
“Xitoy taomlari sindromi” degan atama mavjud bo‘lib, u Xitoy taomlariga ko‘nikmagan kishilarning psevdoallergik reaktsiyasini izohlaydi. Ba’zi bir o‘ziga xos souslarni, krevetka pastasini, qora dukkaklilarni tayyorlashda allergiya alomatlari bilan birga kechadigan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi gistaminga o‘xshash moddalar hosil bo‘lishi mumkin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #9 : 24 Sentyabr 2011, 13:14:07 »
Zahar – eng qo‘rqinchlisi emas…

Yuqorida aytilganlardan toksinlar va mikroblar bizni har bir ovqat bo‘lagida kutib turganday tuyulishi mumkin. Aslida, zaharlanishning oldini olish unchalik qiyin ish emas, bor-yo‘g‘i ba’zi qoidalarga amal qilish kerak xolos. Masalan, tez buziladigan mahsulotlarning saqlanish sharoiti va muddatiga e’tibor qiling, ushbu holatlar buzilgan mahsulotlarni iste’mol qilmang.


Qo‘ziqorinlar yoki sabzavotlarni uyda konserva qilishda ular tuproqdan yaxshi tozalanganiga e’tibor qiling, aynan tuproqda botulizm sporalari bo‘ladi.


Oziq-ovqat qo‘shimchalari va dengiz mahsulotlaridan zaharlanish kam holatlarda uchraydi. Biroq, har ehtimolga qarshi, allergiklar ularni iste’mol qilmagani ma’qul.

 

Ammo hech kim ko‘ngilsizlikdan kafolatlanmagan, shu bois zaharlanish holatlarida har bir kishi tezkor yordam berish qoidalarini bilishi zarur.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: Ovqatdan zaharlanish
« Javob #10 : 24 Sentyabr 2011, 13:15:05 »
Shunday qilib, zaharlanishda nima qilish kerak? *Agar ovqatdan zaharlanganlik shubhasi bo‘lsa, birinchi navbatda, oshqozonni tozalash lozim, bu zaharning organizmga singishini to‘xtatadi. Oshqozonni tozalash uchun yarim litrgacha iliq suv ichish va qusib tashlash zarur. Keyin, intoksikatsiyani kamaytirish uchun toza suv ichish mumkin. So‘ngra zaharni shimib oluvchi preparatni qabul qilsa bo‘ladi, masalan aktivlashtirilgan ko‘mir yoki enterosgelni. Va albatta, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Manba: http://www.nedug.ru

 

Ovqatdan zaxarlanish

Muallif FaridaBo'lim Salomatlik

Javoblar: 3
Ko'rilgan: 3989
So'nggi javob 17 Mart 2008, 15:11:35
muallifi Farida
Zaharlanish

Muallif AnsoraBo'lim Bolalar tibbiy tarbiyasi

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3436
So'nggi javob 10 Dekabr 2010, 17:20:11
muallifi Ansora