Dengiz mahsulotlaridan zaharlanish
Ko‘p hollarda yangi tayyorlangan skumbriya yoki tunets balig‘ini iste’mol qilgan kishida quyidagilar yuz beradi: ovqatdan so‘ng qichiydigan qavariqlar, ko‘ngil aynishi, ich ketishi, bosh og‘rig‘i paydo bo‘aldi. Teri qizarishi kuzatiladi, og‘izda achishish hissi paydo bo‘lishi, yuz shishishi, bosh aylanishi mumkin.
Gap shundaki, skumbriyaning tanasida ko‘p miqdorda gistamin moddasi bor, u allergiyaning alomatlarini keltirib chiqaradi. Alomatlar o‘z-o‘zidan sakkiz-o‘n soatdan keyin yo‘qoladi.
Ba’zi ovqatga toksinlarga ega mollyuskalar (midiyalar va h.k.) tushib qoladi. Ularni tashqi ko‘rinishidan bilib bo‘lmaydi. Kishi mollyuskalar bilan zaharlanganida asab tolalarini falaj qiluvchi zahar hisoblangan saksitoksin moddasi ta’sir qiladi. Ovqatdan keyin 30-60 daqiqa o‘tgach, kishida muvozanat hissi, barmoqlarda va oyoq kaftlarida sezuvchanlik buziladi, bosh aylanadi. Og‘ir holatlarda nafas olish mushaklarini shikastlanadi. Zaharlanish asta-sekin sustlashadi va o‘tib ketadi, zaiflik bir necha hafta davom etadi.