Barchangizga katta rahmat.
Rostini aytsam 1- o'rinni olamiz deb sira kutmagan edim, chunki festivalda ishtirok etgan saytlar ham anchagina jiddiy loyihalar edi...
Lekin saytni ochishdan oldin do'stimiz va tex.admin bo'lmish Ammor bilan suhbatda "Hudo hohlasa bu yilgi internet festivalida birinchini olamiz" deb niyat qilgan edik.
Bu g'alaba faqat Chustiyniki degan kishi hato qiladi, chunki bu yutuq barchamizniki. Chunki sizlarning e'tiboringiz, tashrifingiz va faoliyatingiz bo'lmasa bu oddiy bir sahifa bo'lib qolar edi...
Qolaversa bu saytni hozirgi kungacha yetib kelishiga ko'pgina kishilarning ham qadrli, qimmatli mehnati ketgan, jumladan Ammor, muazzin, Habib, registan, Yurist, akula va boshqa bir qancha yaqinlarimizning yordami beqiyos hisoblanadi...
Barcha tashrif buyurgan va ko'mak bergan insonlarga o'z minnatdorchiligimni izhor etaman, shuning bilan birga ushbu festival tashkilotchilari, mutasaddilari va saytimizni qadrli baholagan hay'at a'zolariga ham o'zimizning cheksiz minnatdochiligimizni izhor etib qolaman....