Kasbiy faoliyatingizdagi qiziqarli voqealar...  ( 4048 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Donishmand  02 Oktyabr 2011, 18:43:23

Assalomu alaykum! Hammamiz turli sohada faoliyat yuritamiz. Ish davomida har xil voqealar bo'lib turadi. Kelinglar, bu yerda shunday holatlarning eng qiziqlarini yozamiz.

Qayd etilgan


BelleQizcha  02 Oktyabr 2011, 19:35:45

 : )heheh.... ishdagi qiziq voqealarni eslasam manimcha kallaga Birinchi shu voqea keladi...
bilmadimu, lekin eslasam ham uyalaman ham kulaman...
Merhemet..

Yangi ishga kelgan paytim edi.. ishni yaxshi bilmasdim, nima diyishsa shuni qilardim, hali beri Tarjimonlik ishini olmagandim, faqat tarjimonlarga yordam berardim... qogozlarni kochirish, mijozlarini passportlarini qidirish, malumotlar, qamalganmi qamalmaganmi? yangi muhojirlar ustida informatsiyaigardim kiyin tarjimonlarga u bu qilib junatib.. ishqib ishim har kuni har hil, bir hillarda 1 kunda 10 muhojir haqida qidirsam, bir hillarda 100ta bob ketardi..(juda qiziq ish edi-yu lekin ishi kop edi)

Ishqib,kunlarning birida, doimgidek ishni boshladim, kampni yoqishim bilan, shu shu odamlar haqida malumot kere deb yozilgan hatlar, ...
internetga kirdim diyishim bilan, uzbek saytlari menga rahmat aytishardi.. osha paytlarda ayniqsa uzfiles.com...
UZfiles.com, mendan juda minnardor edi-de oziyam, kuniga 10 soatda oshatta ottirib commentlarmi, bir nimlalar, boshqa userlar bilan urishib, artislarni ustida kulib ishqib BelleQizcha osha yerdan tanilgan desam ham boladi,...

Ishqib saytga kirib, rasimlarni kordim, u bu-u bu... ishqib doimgi mashmasha...
qarasam, qaysidur User, KOTTAAAAA hikoya yozganmi bilmadim, qarasam 100oshiq commentlar, qiziqarligi oxshiydi deb oqishni boshladim.. hech tugamiydi.. ishni qilishim kerak, boshqa departemenga borib malumotlarni qidirish kerak edi.. ishqib osha *HIKOYANI* print qildim.. naq 10tacha 12ta varroq boldim..

oqidim, savyasiz oziyam bir hikoya ekan, qogozni isrof qiganimga achindim...  ish tugadi.. ishni ohirida yeg'gan malumotlarni, ishchilarga tarqatish kerak edi.. men ish tugatganimda, ishchilar alqachon uylarida kok choy ichib ottirishardi, oshanchun qogozlarni prnt qilib, eshikni orasiga tiqib qoyardim...
U kunam huddi shunaqa boldi..

Dushanba kuni edi, Seshanba kuni ishlamasdim..
Seshanba kuni essa, muhojirlarga, habar berilardi,.. ha siz qabul qilindingiz yokiy yo'q..
Agar Seshanbada habar berilmasa, demak habar berilmagan muhojirlar qabul qilinmagan deb hisoblanardi..

ishqib, Seshanba kuni darsda edi, telfonlar chalinib quloglarim orib kettdi,.. nima gap deb ishga qildim.. TEZ KELISHIMNI sorashdi..
neaaaa deb ezzziiiilllib ishga bordim..

-ha tinchlikmi disam, bergan qogozlarimi korsatishdi..
KIRILCHA yozilgan, qogozlar, haligi hikoya...
KULGIM qistabbbbb kettdi.. LOOL digim keldi oshanda...
eh.... adashtiribman, u qogozni beraman deb bu qogozni beribman dedim... ha mayli lekin bizga kerakli qogozlar qani diyishdi... iyaaa musuorga tashagandim didim.. MUSURLAR qidirildi... topilmadi, kamputerdagi RECYCLE qidirildi.. ohiriiii topildi..
yuragi singan, muhojirlarni CHORSHANBa kuni hursand qilishdi..
ishqib, osha kundan beri JOvoblarni Seshanba kuni emas CHorshanba kuni beriladigan boldi.. hjehehe Kaminanini DAstida..

(haydavorishmaganinga hayronman BEHHHAZIL)

Qayd etilgan


jasur.best  03 Oktyabr 2011, 21:06:32

Bugun repititorlik darsimda abiturientlarga m, n, ng - burun tovushlari desam, bir o'quvchi menga: domla, bu tovushlar burundan chiqadimi? - dedi-yu, gapirgan xatosini darrov tushundi. Hamma o'quvchilar to'xtovsiz kular, men ham uni aytgan gapini tasavvur  qilib kulgidan o'zimni hech to'xtatolmasdim. Oxiri 5 minut tanaffus, deb chiqib ketdim. Saldan so'ng darsni davom ettirdim.

Qayd etilgan