Yo'lnoma  ( 41564 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 B


Donishmand  10 Dekabr 2011, 18:26:30

Xalqda bir hazilomuz gap bor "Qirqta tentakni qozonga solib qaynatsa bitta traktorchi chiqadi" deyishadi. Bu voqeani bir traktorchi jiyanim o'zi aytib berdi, mana shu iboraga ilova qilib. Mana tanishing:
  O'tgan kuni silos o'rilayotgan edi. Bir oshnamiz fermaning yo'lini bilmas ekan, traktorimni qo'yib uning yoniga chiqib oldim, yo'lni ko'rsatib borish uchun. Fermagacha 15 kilometr. Ikki traktorchi bir bo'lib, o'zimizni hursand qilib ashulani baralla qo'yib, bilganimizcha kuylab ketayapmiz. Traktorning ovozi bizga muzika bo'layapti...
Fermaning oldida fermer akamiz kutib turgan ekanlar. Yetib borishimizga uch yuz metrlar qolganida qo'lini oldinga cho'zib bir nimalar deb baqira boshladi. O'zimizcha "anavi nimaga baqirayapti bizga, jinnimi..." deb qo'ydi-gu, yor-yorni aytib fermaning oldida to'htadik. Fermerga "Ha, nima deyapsiz aka?" -desak, - "Ahmoqlar, pritsep qani?" - deydi... Qarasak, pritsep yo'q! Silos to'la pritsep!
Yo'lning yarmida uzilib qolib ketgan ekan...

Shu joyiga rahmatlik Hojiboyakaning gaplari esimga tushib ketdi: - "To'rtinchi stolbadan keyin yettinchi katta tutdan shundoq burilsam uyim-da!"...

Qayd etilgan


Muslimahon  11 Dekabr 2011, 18:58:47

 :bsm3:
 :asl3:

Sovuq kunda, issiqina uyda, issiqina pizza yeb, issiqina ko'k choy ichib, qiziqarli saytlarga kirib o'tirganda kimmi ko'chaga chiqqisi keladi.... Ehh ketish kere ketish  :(

Qayd etilgan


Humayro  11 Dekabr 2011, 21:05:56

ha... zamon ozgarayabdi, oldinlari sovuqda issiq kok choy bn oq qand eb (pizza orniga), oyogini sandalga solib (internet orniga) otiriwni orzu qiliwgan.

Qayd etilgan


Donishmand  12 Dekabr 2011, 00:45:42

Shahar deputatligiga saylangan bir do'stimiz mashina olgan edi. Haligacha o'z nomiga rasmiylashtirmagan ekan. Ikkimiz yo'lda ketayotgandik, postga yetganda DAN hodimlari to'htatishdi. Hujjatlar chatoq, mashina birovning nomida. DAN hodimi bilan savol-javobni qarang:
- Hujjatlar?
- Mana hujjat!
- Iye, chatoqku! Tortamiz mashinani...
- Komandir, shahar deputatiman, hokim ishga buyurgandi, shundoq borib kelayapman!
- Mashina kimniki?
- Man qattan bilaman moshina kimikiligini?! Anavini min, - dedi, minib chiqdim!
- Bo'pti, oq yo'l, ketavering...
Postdan o'tdi-gu, "tortib qo'yganida nima qilarding?" - desam, - "Nima qilardik, piyoda ketardikda" - deydi.

P.S. Hadeb DANning ketmoni uchavermas ekanda, bizniki ham uchib turarkan gohida ;)

Qayd etilgan


Музаффар  12 Dekabr 2011, 04:46:12

Бир акахонимиз бор, бу инсонни жуда қаттиқ хурмат қиламан. Ўзи нихостда бадавлат бой бслишига қарамай, ста камтар ва хушмуомала одам. Бунда 10 йиллар илгари бирга ёнма-ён савдо қилар сдик. кейин у бошқа ишга, ман сса сқишга кириб, кетган бслсак хам, алоқамиз жуда схши сди. У пайтлар бу инсон оддий савдогар, лекин сзидан ортмайдиган холатда сди. кейин ишлари схши юришиб кетди, хозирда хамма хавас қилади, қсли очиқ, феъли кенг одам. Кеча шу одам билан бирга бир жойга сафарга чиқдик, йсл узоқ, у-ёқ бу ёқдан сухбатлашиб кетспмиз. гап орасида ман ундан "шунча муваффақистларга қандай сришдиз ака?" деб ссрасам, у бир кулиб қсйида, шундай жавоб берди:
"Шу саволизи кутаётгандим, Ука, хама муваффақистларимнинг калити шуки, хеч қачон қиблага ва ота-онам тарафга оёқ узатмадим, қайси бир ишни бошласам аввало ота-онамдан дуои хайр олиб кейин ишга киришдим"....
бу жавобдан анчадан бери таъсирланиб юрибман...

Qayd etilgan


UzMuslim  12 Dekabr 2011, 07:33:02

Ertalab Yo'lni Bo'yida Ketib Tursam,Bir Gala Ko'cha itlari Man Tarafga Qarab Kelyapti,aniq sonini bilmadinku lekin 3-4tadan ko'p edi,Tog'risi Agar Qochsam Quvlashi Aniq Edi,Ko'zimni Yumdimda Oyatal Kursini Baland ovozda O'qib yurushni To'xtatmadim,,Ko'zimni ochmadim,.Lekin Ich ichimda Qo'rquv egallagandi,Allohga Tavakkal,Agar Allloh O'shanaqa bo'lishini Hohlasa,Ming qochsa ham o'sha ish Bo'ladi,Allohga Tavakkal qildim,.Alloh o'zi Rahmli zot,Ko'zimni Ochib qarasam Atrofimda haligi Itlarni ko'rmadim,Hatto orqa tarafga Qaradim,yon atrofga Qaradim,lekin Na o'zi na ovozini eshitdim..Subahanalloh,Subahanalloh,Subahanalloh...

Qayd etilgan


azizbek_mx  12 Dekabr 2011, 09:09:35

Inshaalloh, bugun ruxsat tegib, Toshkentga yöl oldim dadam bilan. Ilojini qilib yöl taassurotlarini yozib borishga harakat qilaman. Aslidaku, doim yölda hayol bilan band bölardim. Bu gal sergakroq bölishga harakat qilaman.
(Musannif Adham akaga havas qilib)

Qayd etilgan


Muslimahon  12 Dekabr 2011, 10:27:38

Inshaalloh, bugun ruxsat tegib, Toshkentga yöl oldim dadam bilan. Ilojini qilib yöl taassurotlarini yozib borishga harakat qilaman. Aslidaku, doim yölda hayol bilan band bölardim. Bu gal sergakroq bölishga harakat qilaman.
(Musannif Adham akaga havas qilib)

O'sha toshkent ko'chalarini bir rasmlaga omisizmi..., rasmga olib forumga qo'ysayiz duolarimizzi tagida qolardiz janob....  :5

Qayd etilgan


azizbek_mx  12 Dekabr 2011, 12:34:12

Yo tavba, yölda bitayam antena chiqmaydiya... Uni ustiga zaryadkayam tugay db qopti. Yöllar öwa öwa, lekin dovon böylab rosa GAI köp ekan. Uch marta töxtatishdi... Qoganlaridan odobli bölib ötdik... Ohangaronda yomg'ir...

Qayd etilgan


Donishmand  12 Dekabr 2011, 22:31:33

Yo'lga chiqayapmiz, Farg'onaga. Shofyor vokzaldan ikkita odam olvolaylik, degandi, Shimoliy vokzalda  20:00da keladigan poyezdni kutdik. Poyezd ham "ko'p kutdirmay" 21:30 da  shoshilib yetib keldi...
Mana yo'lga ham chiqdik, qor yog'ayapti. Yo'l o'sha-o'sha, o'zlaringiz bilgandek. Agar birorta sarguzasht bo'lib qolsa yozib yuboraman. Agar uhlab qolsam, tushimda nima ko'rsam o'shani yozib yuboraman ;) tuzukroq uhlamaganimga ham 42 soat bo'ldi.  ..

Qayd etilgan