Kecha ishdan uyga kech soat sakkizlarda qaytdim. Piyoda qolganligim sabab, mashina to'htata boshladim. Oldimga bir "damas" kelib to'htadi, ichida shofyordan tashqari ikki kishi. Manzilimni aytdim, tashlab qo'yishga rozi bo'lishdi. Shofyor va yonidagi bola yoshroq, orqadagi mening yonimda ketayotgan odam esa ancha to'lishgan, basavlat, yoshi ham 60 dan oshgan ekan. Uchovlarining suhbati qizg'in, men esa jim ketayapman. Gapdan-gap chiqdiyu, yonimdagi tog'a boshladi:
He o'sha... Ozimizni tushunmayman, hech normalniysi yo'q! Bu o'zbeklarni otish kerak, menam o'zbekman - meniyam otish kerak! Yo'qotish kerak hammasini, "pokoleniya"ni yangilash kerak, to'g'rimi uka?! - qarasam otaxon menga qarab turibdi. Men ham nima derdim, deganim shu bo'ldi:
- Gap yo'q, tog'a! Ketovring, bo'shating yerni, mana biz - yangi "pokoleniya"!
Bir kulgi bo'ldi, lekin ota samimiy inson ekan, sodda, to'pori, ko'nglidagini shartta aytib qo'yadigan...