Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov  ( 19960 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:40:53

HAYOT HIKMATI

Viktor ALIMASOV,
falsafa fanlari doktori

Muhtaram ustozim Aziz Po‘latovich Qayumov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlayman.

* * * * * * * * * * * * *

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:41:06

Mansab va masnadning emas, balki insoniylik keltirgan dovruqning umri uzun.

***

Ezgulik ezgulik qadrini ulug‘laydigan qalbnigina xushnud etadi.

***

«Sen» degan til qahru g‘azabni sochishga shay, «siz» esa qahru g‘azabni axloq, odob doirasida ushlab turadi.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:41:15

«Har safar yovuzlikka duch kelganimda Isoni xochga ilgan mixlar mening ham qo‘l-oyoqlarimga qoqilgandek tuyuladi» (Ye.Yevtushenko). Har safar aqli noqis menga ta’na toshini otganida Kopernikni kuydirgan olov meni ham o‘z domiga tortayotgandek bo‘ladi.

***

«Kim axloqli bo‘lsa, u so‘zsiz, yaxshi gapiradi» (Konfutsiy), ammo yaxshi gapiradigan mudom axloqli bo‘lavermaydi.

***

Me’yoridan oshgan ezgulik ­tilyog‘lamalikdir.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:41:25

Qo‘shnisiga mehr, izzat ko‘rsatmaganning eliga mehr, izzat ko‘rsatishi dargumon.

***

Pokdamon, or-nomusli qalb no­o‘rin taqdirlashdan ham ozor chekadi.

***

Vaqti kelib kishi bezmaydigan narsa yo‘q, valek u insoniylikdan hech bezmaydi.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:41:32

Atrofingdagilarning ehtiyojini hisobga olmasdan yashay olmaysan, ammo yashash hikmati o‘z hayotiy maqsadingni ­boshqalar maqsadiga qurbon etmaslikdadir.

***

Mangulik mudom shu ondadir.

***

Sukut ham yarata oladi.
   

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:41:40

Bema’ni chop-choplardan tolganingda osoyishtalikdan ham zo‘r purhikmat ne’mat yo‘qligiga iqror bo‘lasan, kishi.

***

Kishining boshqalar haqidagi o‘y-xayollari uning o‘zi haqidagi o‘y-xayollarining davomidir.

***

Ijtimoiy muhitdagina kimligingni va nimaga qodirligingni bilasan, lekin bu muhitga ko‘r-ko‘rona ergash degani emas.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:41:48

To‘kin dasturxon ustida ichilgan qasam hali elparvarlikdan ham, insonparvarlikdan ham darak bermaydi.

***

«Yerning Quyosh atrofida aylanishini Galileyning zamondoshi ham bilardi, lekin uning uyida xotin, bola-chaqasi bor edi» (Ye.Yevtushenko). Haqiqatni aytishga hammada ham iroda topilmasligining boisini endi payqagandirsiz.

***

«Yoy o‘qi bizga haqiqatni qanday izlashni o‘rgatadi» (Konfutsiy). Qani edi, barcha haqiqat izlaganlar yoy o‘qidek o‘z nishoniga yetsa...

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:41:55

Ha, umr qisqa. Ammo dilingdagini qilolmasang yoki aytolmasang, u yanada qisqadir.

***

Har dilning o‘z haqiqati bor, shuning uchun ham hech bir dil umumiy haqiqatni topolmaydi.

***

Haqu haqiqat yakka bo‘lsa-da, uning ko‘rinishlari ko‘p. Ko‘rinishlarini topib manmanlikka berilgan kishini haqu haqiqat bir kuni pushaymonga soladi.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:42:06

«Men bir haqiqat yordamida barcha narsani bilaman» (Konfutsiy). Ming vahki, ushbu haqiqat nimaligini orif aytmagan.

***

Aqlli fikrlarni beaql fikrlardan ajratish oson bo‘lganida edi, odam hech qachon nodonligini fazilat atamasdi.

***

Kishilarni erk emas, takabburlik yo‘ldan uradi.
   

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:42:13

Nodonning savoli ba’zan oqilni ham mot qiladi.

***

Ikki johil bilan ikki g‘ofil birlashsa, ular «Dunyo bizniki» deb jar soladi.

***

Kishilar nodonlikdan oqillikni ajratolganlarida bu dunyo jannat bo‘lardi, jannat.

Qayd etilgan