Hayot hikmati (hikmatlar). Viktor Alimasov  ( 19961 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:42:19

Ikki badniyat birlashsa, qirq xushniyat adolat izlab sarson-sargardon bo‘ladi.

***

Shubhasiz, talantsiz odam yo‘q, ammo har kim boshqalar talantini o‘z talanti doirasida o‘lchaydi.

***

Bir jumlaga jo bo‘lmaydigan asar yo‘q.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:42:38

Asarlarning ham o‘z dardi bor, dardsiz asarlardan yo maddohlik, yo yoltoqlik hidi anqiydi.

***

Harflardan kitob yaratilgani emas, kitoblardan hayot yaratilgani hayratlidir.

***

Ba’zi dissertatsiyalar ilm-fan ustidan mazaxona kulishga o‘xshaydi.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:42:45

Talant yaratishga undasagina o‘zini oqlaydi, aks holda u takabburlik uyg‘otadi.

***

Betakror syujetlar topish — yuqori talant, lekin tayyor syujetlarni buyuk asarlar darajasiga ko‘tarish ham buyuk talant belgisidir. Bunga Shekspir ijodi misol.

***

Takabbur emas odam yo‘q, biroq manmanlik talantni toptamasligi zarur.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:42:52

Falsafada adashish emas, adashmaslik ayanchli.

***

Haqu haqiqat izlashni hayotidan ustun qo‘ymaganning falsafaga kirmagani ma’qul.

***

Eynshteyndan ikkini to‘rtga ko‘paytirsak qancha bo‘ladi, deb so‘rashibdi. «Istagan manbada bor narsalarni miyamda saqlab nima qilaman?» deb javob beribdi u.
Kim qaerda ishlagan, kim kimning urug‘i kabi mayda-chuydalarni bilishini donolik hisoblaydigan kishilarga o‘rinli javob bu.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:43:14

Ma’nisiz jild-jild asarlarni o‘qimaslik uchun aforizmlar kashf etilgan.

***

Ikki yolg‘ondan keyin til yolg‘onni deyishni o‘z xislatiga aylantiradi.

***

Yolg‘onni deyish oson, biroq haqiqatni deyish uchun zabondan tashqari ruhiy jasorat ham kerak.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:43:23

Kimdir najotni ko‘kdan qidiradi, kimdir - Yerdan. Najotni o‘zidan qidirgan menda hurmat uyg‘otadi.

***

Nokerak o‘git kutilmagan mehmondek halovatingni buzadi.

***

Iztirobli o‘ylar dilni charxlaydi. Goho qalamni ham.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:43:30

Goho maqsadsiz dadillik maqsadli ehtiyotkorlikni dog‘da qoldiradi.

***

Qoldirgan narsangni joyidan topolmasang, bilki, uni sendan ko‘ra yuqori e’zozlaydiganlar bor ekan.

***

Bernard Shoudan so‘rashibdi:
— Qanday qilib aqlli fikrlar topasiz?
— Odamlar deganining aksini aytaman, ular o‘z g‘ofilligini yashirish uchun aytganlarimdan hikmat topishga majbur.

Qayd etilgan


shoir  01 Sentyabr 2006, 04:43:48

Boshqalarga ta’rif berib biz o‘zimizga ham ta’rif beramiz.

***

«Ochlikdan o‘lish — arzimas voqea, axloqni yo‘qotish — fojia» (Konfutsiy). Lekin negadir kishilar ochlikdan o‘lishni fojia deb biladilar?..

***

Umrini boshqalar uchun chiroqqa aylantirolgangina, mangulikka da’vogar bo‘lishga haqli.

***

Ha, yashash — hikmat, valek, yashashdan hikmat izlab yashashda yanada ko‘proq hikmat bor.

TAMOM

Qayd etilgan


Muhammad Amin  02 May 2007, 17:31:04

Bu dunyoda sendan nima qoladi. Faqat qilgan ishing.
Buni unutmang hurmatli yshlar. Biz axr vatanimiz kelajagi.

Qayd etilgan