akula!
Hozirda kompyuter uchun Ibora degan ajoyib Eng-Uzb-Rus lug'ati bor. Qolaversa Spells (original versiyasi pullik bo'lsada) ham yuribdi, rus-uzb-rus lug'ati, katta slovar.
Eng-Uzb lug'atlari ham bor, biarr dasturchilarining ishi.
Siz yaxshisi mobil telefonlar uchun qiling qori. Hozir ko'p odamning kompyuterdagidan ko'ra mobildagi lug'atga extiyoji bor.
Biror so'z kerak bo'lsa, shundoq cho'ntakdan telefonni chiqarib tarjima qilib olishga nima yetsin.
Android va Symbianlar uchun bir yeng shimaring. O'zbek tilida hali Androidlar uchun lug'at chiqmagan!!!
Bultur Lutfiddin birodarimiz Series 40 va Symbian S60 uchun esa Eng-Uzb-Eng (adashmasam 20ming so'zli) lug'at qilgan edi, juda yaxshi chiqqan, haligacha ishlatib kelaman.
Rus-Uzb-Rus lug'ati esa symbianlarda yo'q.
agar lug'atga turk lug'atini ham qo'shmoqchi bo'lsangiz ayting, menda tayyori bor, .doc formatida, sizga yuboraman.