Umumiy bo'lim > Fikr va mulohazalar

Forumdoshlar, yangi sayt haqida maslahat va fikrlaringizni bildiring!!!

(1/3) > >>

Ansora:
 :asl3:

Forumdoshlar, eson-omonmisiz? Biz ham yaxshimiz alhamdulillah.

Sizlar bilan bir masala haqida gaplashmoqchi edim. Nasib bo'lsa keyingi yil shaxsiy saytimni ochmoqchiman. Butun qiziqishlarimni bir saytda to'plamoqchiman.

Xozircha qaysi sohalarda ish olib borishimni aniq ayta olmayman, buni vaqt ko'rsatadi. Lekin asosan O'zbek- Turk tili va adabiyoti sohasida bo'limlar ochib, bu sohada ish olib borayotganlar bilan birga ish olib borish, chunki Turkcha va O'zbekcha bilan bog'liq ish olib borayotganlar juda qiynalishyabdi. Sababi bir-birlari bilan aloqa yo'llari juda passiv, bir kitob qidirasiz, oylab vaqt sarflashingiz kerak(meni boshimdayam shu tashvish)

Bularning yonida pazandalik, tikuvchilik sohalarida ham qiziquvchilar bilan birga foydali ishlar olib bormoqchiman.

Bu ish oson emas. Avvalo vaqt kerak. Undan tashqari texnik ishlarni ham yaxshi bilish kerak. Doimiy ravishda saytni kuzatib turish kerakligi ham meni o'ylantiryabdi.

Maqsadim, O'zbek va Turk xalqi orasida ko'prik bo'lish, aytgan sohalarimda afsus ko'p ish qilinmagan. Oddiy misol: Haligacha O'zbekcha- Turkcha to'liq lug'at yozilmagan. Qo'shnilarimiz ancha oldin bu ishlarni hal qilib bo'lishd...

Sizdan iltimos, bu ishni amalga oshirish uchun nimalarga e'tibor berishim kerakligi, nimalar qilishim kerakligi haqida fikr va mulohazalaringizni bildirsangiz.

"Boshlamay qo'ya qol" deyishingiz ham mumkin, butun fikrlarni eshitaman:)  

Vaqt ajratganingiz uchun oldindan rahmat:)

ibnUyayna:

  :vsl3:
 
 Yaxshi loyiha.Hozirda turk tilini organishga yordam beradigan ozbekcha saytni bilmiman.
 Manimcha ishni osonroq,soddaroq usulda boshlash kerak.Masalan:ozbekcha-turkcha razgavornik,grammatika,qiziqarli ma`lumotlar,kichik hikoyachalar boshlanishiga yomonmas.

Ansora:
 :asl3:

Fikrlaringiz diqqatga olinadi...

NANO:
Sayt yo'nalsihi 1 bo'lsihi kerak tikuvchilik pazzandalik saytlari bor yangi amerika ochamsdan faqat ana shu turk tilini uzini usitda ishlasangiz yaxshi bo'ladi!  IMXO

SAyt bo'tqa bo'lib qolishi kerak emas yani 1 haftada 3-4 maqola kiritib turish kerak!

Sizni boshqalar qidirib topishi uchun kalit suzlar kerak kalit so'zlar esa qidiruv tizimlariga kerak google yandex yahoo kabilarga! Saytiz tez seo tizimiga kirib sekin sekin alexa rankni ham ochirib borsangiz bo'ldi. Agar kiruvchlar soni ko'paysa DMOZ ga kiradi saytiz yani yana 1 o'zbek sayti eng martabali reytingda! 

Texnik jihatdan domen nom tanlashiz kere qisqa va chunarli! + xosting olasiz tamom qolgani bulib ketaveradi!

Sizdan faqat vaqt talab etiladi tamom! Agar o'zaro kelishib olsak texnik tomondan yordam berishim mumkun!


Bahrom:
Assalomu alaykum, ZiyoUz! Men bu saytdan foydalanayotganimdan va vaqtimni mazmunli o'tayotganidan juda-juda xursandman. Saytga gap yo'q. Hozirda Undan olgan "Shaytanat"ning 2-kitobini mazza qilib o'qiyotibman. Bu savobli ishlaringiz uchun sizlarga bvoshim yerga tekkuncha ta'zim qilaman. Sizlarni 8-dekabr Konstitutsiyamiz bayrami bilan tabriklayman! Bahrom Bobojonov Xorazm Viloyati Xonqa tumani o'qituvchi

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version