Forumdoshlar, eson-omonmisiz? Biz ham yaxshimiz alhamdulillah.
Sizlar bilan bir masala haqida gaplashmoqchi edim. Nasib bo'lsa keyingi yil shaxsiy saytimni ochmoqchiman. Butun qiziqishlarimni bir saytda to'plamoqchiman.
Xozircha qaysi sohalarda ish olib borishimni aniq ayta olmayman, buni vaqt ko'rsatadi. Lekin asosan O'zbek- Turk tili va adabiyoti sohasida bo'limlar ochib, bu sohada ish olib borayotganlar bilan birga ish olib borish, chunki Turkcha va O'zbekcha bilan bog'liq ish olib borayotganlar juda qiynalishyabdi. Sababi bir-birlari bilan aloqa yo'llari juda passiv, bir kitob qidirasiz, oylab vaqt sarflashingiz kerak(meni boshimdayam shu tashvish)
Bularning yonida pazandalik, tikuvchilik sohalarida ham qiziquvchilar bilan birga foydali ishlar olib bormoqchiman.
Bu ish oson emas. Avvalo vaqt kerak. Undan tashqari texnik ishlarni ham yaxshi bilish kerak. Doimiy ravishda saytni kuzatib turish kerakligi ham meni o'ylantiryabdi.
Maqsadim, O'zbek va Turk xalqi orasida ko'prik bo'lish, aytgan sohalarimda afsus ko'p ish qilinmagan. Oddiy misol: Haligacha O'zbekcha- Turkcha to'liq lug'at yozilmagan. Qo'shnilarimiz ancha oldin bu ishlarni hal qilib bo'lishd...
Sizdan iltimos, bu ishni amalga oshirish uchun nimalarga e'tibor berishim kerakligi, nimalar qilishim kerakligi haqida fikr va mulohazalaringizni bildirsangiz.
"Boshlamay qo'ya qol" deyishingiz ham mumkin, butun fikrlarni eshitaman:)
Vaqt ajratganingiz uchun oldindan rahmat:)