Forumdoshlar, yangi sayt haqida maslahat va fikrlaringizni bildiring!!!  ( 13119 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Ansora  16 Oktyabr 2011, 12:50:30

 :asl3:

Forumdoshlar, eson-omonmisiz? Biz ham yaxshimiz alhamdulillah.

Sizlar bilan bir masala haqida gaplashmoqchi edim. Nasib bo'lsa keyingi yil shaxsiy saytimni ochmoqchiman. Butun qiziqishlarimni bir saytda to'plamoqchiman.

Xozircha qaysi sohalarda ish olib borishimni aniq ayta olmayman, buni vaqt ko'rsatadi. Lekin asosan O'zbek- Turk tili va adabiyoti sohasida bo'limlar ochib, bu sohada ish olib borayotganlar bilan birga ish olib borish, chunki Turkcha va O'zbekcha bilan bog'liq ish olib borayotganlar juda qiynalishyabdi. Sababi bir-birlari bilan aloqa yo'llari juda passiv, bir kitob qidirasiz, oylab vaqt sarflashingiz kerak(meni boshimdayam shu tashvish)

Bularning yonida pazandalik, tikuvchilik sohalarida ham qiziquvchilar bilan birga foydali ishlar olib bormoqchiman.

Bu ish oson emas. Avvalo vaqt kerak. Undan tashqari texnik ishlarni ham yaxshi bilish kerak. Doimiy ravishda saytni kuzatib turish kerakligi ham meni o'ylantiryabdi.

Maqsadim, O'zbek va Turk xalqi orasida ko'prik bo'lish, aytgan sohalarimda afsus ko'p ish qilinmagan. Oddiy misol: Haligacha O'zbekcha- Turkcha to'liq lug'at yozilmagan. Qo'shnilarimiz ancha oldin bu ishlarni hal qilib bo'lishd...

Sizdan iltimos, bu ishni amalga oshirish uchun nimalarga e'tibor berishim kerakligi, nimalar qilishim kerakligi haqida fikr va mulohazalaringizni bildirsangiz.

"Boshlamay qo'ya qol" deyishingiz ham mumkin, butun fikrlarni eshitaman:)  

Vaqt ajratganingiz uchun oldindan rahmat:)

Qayd etilgan


ibnUyayna  16 Oktyabr 2011, 16:39:21


  :vsl3:
 
 Yaxshi loyiha.Hozirda turk tilini organishga yordam beradigan ozbekcha saytni bilmiman.
 Manimcha ishni osonroq,soddaroq usulda boshlash kerak.Masalan:ozbekcha-turkcha razgavornik,grammatika,qiziqarli ma`lumotlar,kichik hikoyachalar boshlanishiga yomonmas.

Qayd etilgan


Ansora  24 Oktyabr 2011, 13:06:34

 :asl3:

Fikrlaringiz diqqatga olinadi...

Qayd etilgan


NANO  22 Noyabr 2011, 13:40:36

Sayt yo'nalsihi 1 bo'lsihi kerak tikuvchilik pazzandalik saytlari bor yangi amerika ochamsdan faqat ana shu turk tilini uzini usitda ishlasangiz yaxshi bo'ladi!  IMXO

SAyt bo'tqa bo'lib qolishi kerak emas yani 1 haftada 3-4 maqola kiritib turish kerak!

Sizni boshqalar qidirib topishi uchun kalit suzlar kerak kalit so'zlar esa qidiruv tizimlariga kerak google yandex yahoo kabilarga! Saytiz tez seo tizimiga kirib sekin sekin alexa rankni ham ochirib borsangiz bo'ldi. Agar kiruvchlar soni ko'paysa DMOZ ga kiradi saytiz yani yana 1 o'zbek sayti eng martabali reytingda! 

Texnik jihatdan domen nom tanlashiz kere qisqa va chunarli! + xosting olasiz tamom qolgani bulib ketaveradi!

Sizdan faqat vaqt talab etiladi tamom! Agar o'zaro kelishib olsak texnik tomondan yordam berishim mumkun!



Qayd etilgan


Bahrom  01 Dekabr 2011, 02:11:46

Assalomu alaykum, ZiyoUz! Men bu saytdan foydalanayotganimdan va vaqtimni mazmunli o'tayotganidan juda-juda xursandman. Saytga gap yo'q. Hozirda Undan olgan "Shaytanat"ning 2-kitobini mazza qilib o'qiyotibman. Bu savobli ishlaringiz uchun sizlarga bvoshim yerga tekkuncha ta'zim qilaman. Sizlarni 8-dekabr Konstitutsiyamiz bayrami bilan tabriklayman! Bahrom Bobojonov Xorazm Viloyati Xonqa tumani o'qituvchi

Qayd etilgan


Ansora  01 Dekabr 2011, 13:33:21

Assalomu alaykum, ZiyoUz! Men bu saytdan foydalanayotganimdan va vaqtimni mazmunli o'tayotganidan juda-juda xursandman. Saytga gap yo'q. Hozirda Undan olgan "Shaytanat"ning 2-kitobini mazza qilib o'qiyotibman. Bu savobli ishlaringiz uchun sizlarga bvoshim yerga tekkuncha ta'zim qilaman. Sizlarni 8-dekabr Konstitutsiyamiz bayrami bilan tabriklayman! Bahrom Bobojonov Xorazm Viloyati Xonqa tumani o'qituvchi

Valaykum assalom. Siz ham Xorazmga salom ayting. Faqat bu mavzudagi sayt ishga tushmadi, inshalloh bir kun xayolimdagi sayt dunyo yuzini ko'rib siz yozganday iliq gaplar o'qish nasib qilsin-da: )

siz fikrlaringizni bu yerga yozishingiz mumkin

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1898.msg348423#msg348423

Qayd etilgan


alibek9393  04 Iyul 2012, 12:01:31

YANGI SAYT OCHMOQCHIMAN YORDAM BERILA QANDE QILIB OCHSA BO'LADI

Qayd etilgan


Sayyid90  05 Iyul 2012, 18:05:44

alibek9393 :siz http://ucoz.com konstruktoridan ro'yhatdan o'tib saytingizga ega bo'ling.

Qayd etilgan


Ansora  18 Dekabr 2012, 14:44:55

 :asl3:

Kecha bu masala haqida jiddiy fikrlar yuritdik, yaqinda kun yuzi korsa ajab ermas:) duo qilib turinglar azizlar:)

Sayt ismiga hali qaror bera olmadim, sizlardan fikr sorasam?

Turkcha bolishi kerak lekin, vayo ham Turk ham Ozbek tilida bir xil bolgan sozlardan tashkil topgan bolishi mumkin....

Keyin sizlarga yoqqan sayt dizayniga ham link bilan misol bersangiz.

Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


kamoliddinov  18 Dekabr 2012, 18:59:19

1. Sayt ni sodda va oddiy qilish kerak, Nima  kerak bo'lsa bitta qarashda ela topa olsin
2. SEO yahshi bo'lishi kerak, yani google dan qidirsa sizniki teparoqda chiqsa uje ko'p muhlisr orttirasiz.
3. Sayt qurilgandan so'ng uni ustida ishlash kerak. Postlar qoldirib turish kerak yangi yangi.
4 Twitter bilan facebook acoount ochish kerak sayt uchun, so'ng post bo'lsa u yerga ham share qilib turish kerak.
5. Eng muhimi: Siz yozayotgan content(yani postlarni ichidagi gaplar) sodda onson va foydali ma'limotlar bo'lsin.

Sayt qurish bo'yicha yordam bera olaman agar hohlasangiz albatta

Rahmat

Qayd etilgan