Kutubxona > Boshqa kitoblar

"Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?

Sahifalar: (1/3) > >>

Ansora:

 :vsl3:

Navbatdagi asarimiz Oybekni "Quyosh qoraymas" romani. Roman 14 yilda yozib tugatilgan ekan. Ancha muncha varyantlari ham bor.

Bu asar menimcha Ruslar tarafidan unchalik tahrir qilinmagan, "Ulug' yo'l"da roman qahramoni, madrasa talabasi Umarali "men ateistman" deyishgacha borgan edi. Bu yerda har tugul Bektemir cho'chqa go'shtli kolbasani Rus askariga berib, "O'zbekni qonunida yo'q buni yeyish, sen ye" dedi...

Undan tashqari O'zbek askarlar: "Agar o'lsak, tirik qolganlar ko'mib, duo o'qisin",  deydi.

Siz o'qiganmisiz?

(Iltimos, bu mavzuda shaxsiy kamsitish tortishuvlar, o'lib ketgan insonlarni orqasidan har xil yomon gaplarni yozmaylik)

muxlisa:

Assalamu alaykum, Kapalak opa. Uzr, bir savolim bor edi. Tarjima qilishga asarlarni o'ziz tanlaysizmi, yoki sizga tanlab berishadimi?

Ansora:


--- Iqtibos: Zeynab  25 Oktyabr 2011, 10:16:12 ---Assalamu alaykum, Kapalak opa. Uzr, bir savolim bor edi. Tarjima qilishga asarlarni o'ziz tanlaysizmi, yoki sizga tanlab berishadimi?

--- End quote ---

Valaykum assalom. Hamma hayron bilaman, "Ulug' yo'l", "Qutlug' qon", endi esa- "Quyosh qoraymas". Bu romanlarni tarjima qilishimni sababi bir tanishimni doktorantura dissertatsiyasi mavzusi Oybek romanlari haqida edi. Men unga yordam beryabman.

Menga qolsa Said Ahmadni asarlarini tarjima qilish uchun tanlagan bo'lardim, balki nasib bo'lar- Turkiyada ham tanitish muhtaram yozuvchimiz va bebaho asarlarini.

Ansora:

Asar 2. dunyo urusi haqida bo'lgani uchun, asosan urush sahnalari berilgan. Yozuvchimizni badiiy tasvirlariga hayron qolmay, borakalloh, demasdan iloj yo'q.

Nemislar tanklar, samolyotlar bilan biznikilarga hujum qilar ekan, kayfiyatim shunaqangi tushib ketadiki asti qo'yavering. Hech tarjima qilgim kelmadi, o'zimni majburlab, judayam sekin tarjima qildim o'sha yerlarini. Ayniqsa samolyotlarni "o'lim sochib" uchishlari meni judayam vahimaga tushirdi. O'zi Nemis kinolari bilan katta bo'lganim uchun yuragim hech chidamasdi bunday voqealarga.

O'sh kunlarda, "Qutlug' qon"", "Ulug' yo'l"lar ham yaxshi ekan-a, hech bo'lmasa bog'-rog', Gulnor, Yo'lchilar bor edi, dedim.

Lekin asta sekin bizni askarlar g'alaba qozona boshlagach tarjimalarim tezladi hartugul:)

Urush sahnalarini dahshat tasvirlagan roman o'qimoqchi bo'lganlarga bu romanni tavsiya etaman:)

Ansora:

 :asl3:

Xayrli kech barchangizga.

Mana nihoyat ozgina oldin roman tarjimasini tugatdim.

Roman bilan birga yig'ladim, kuldim, ilgari o'qimaganim uchun o'zimga jahlim chiqdi.

Men aslida 2-dunyo urushi mavzusiga judayam qiziqaman. Yuraklarim zirqirab titrab tarjima qildim....

Fikrlarimni asta sekin yozib boraman inshalloh....

O'qimaganlar o'qisin...220 sahifa xolos:)

Sahifalar: (1/3) > >>

Go to full version