"Quyosh qoraymas" ni tarjima qilyabman. O'qiganlar bormi?  ( 15151 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B

Ansora  24 Oktyabr 2011, 14:01:33

 :vsl3:

Navbatdagi asarimiz Oybekni "Quyosh qoraymas" romani. Roman 14 yilda yozib tugatilgan ekan. Ancha muncha varyantlari ham bor.

Bu asar menimcha Ruslar tarafidan unchalik tahrir qilinmagan, "Ulug' yo'l"da roman qahramoni, madrasa talabasi Umarali "men ateistman" deyishgacha borgan edi. Bu yerda har tugul Bektemir cho'chqa go'shtli kolbasani Rus askariga berib, "O'zbekni qonunida yo'q buni yeyish, sen ye" dedi...

Undan tashqari O'zbek askarlar: "Agar o'lsak, tirik qolganlar ko'mib, duo o'qisin",  deydi.

Siz o'qiganmisiz?

(Iltimos, bu mavzuda shaxsiy kamsitish tortishuvlar, o'lib ketgan insonlarni orqasidan har xil yomon gaplarni yozmaylik)

Qayd etilgan

muxlisa  25 Oktyabr 2011, 10:16:12

Assalamu alaykum, Kapalak opa. Uzr, bir savolim bor edi. Tarjima qilishga asarlarni o'ziz tanlaysizmi, yoki sizga tanlab berishadimi?

Qayd etilgan

Ansora  25 Oktyabr 2011, 12:37:36

Assalamu alaykum, Kapalak opa. Uzr, bir savolim bor edi. Tarjima qilishga asarlarni o'ziz tanlaysizmi, yoki sizga tanlab berishadimi?

Valaykum assalom. Hamma hayron bilaman, "Ulug' yo'l", "Qutlug' qon", endi esa- "Quyosh qoraymas". Bu romanlarni tarjima qilishimni sababi bir tanishimni doktorantura dissertatsiyasi mavzusi Oybek romanlari haqida edi. Men unga yordam beryabman.

Menga qolsa Said Ahmadni asarlarini tarjima qilish uchun tanlagan bo'lardim, balki nasib bo'lar- Turkiyada ham tanitish muhtaram yozuvchimiz va bebaho asarlarini.

Qayd etilgan

Ansora  09 Noyabr 2011, 13:47:46

Asar 2. dunyo urusi haqida bo'lgani uchun, asosan urush sahnalari berilgan. Yozuvchimizni badiiy tasvirlariga hayron qolmay, borakalloh, demasdan iloj yo'q.

Nemislar tanklar, samolyotlar bilan biznikilarga hujum qilar ekan, kayfiyatim shunaqangi tushib ketadiki asti qo'yavering. Hech tarjima qilgim kelmadi, o'zimni majburlab, judayam sekin tarjima qildim o'sha yerlarini. Ayniqsa samolyotlarni "o'lim sochib" uchishlari meni judayam vahimaga tushirdi. O'zi Nemis kinolari bilan katta bo'lganim uchun yuragim hech chidamasdi bunday voqealarga.

O'sh kunlarda, "Qutlug' qon"", "Ulug' yo'l"lar ham yaxshi ekan-a, hech bo'lmasa bog'-rog', Gulnor, Yo'lchilar bor edi, dedim.

Lekin asta sekin bizni askarlar g'alaba qozona boshlagach tarjimalarim tezladi hartugul:)

Urush sahnalarini dahshat tasvirlagan roman o'qimoqchi bo'lganlarga bu romanni tavsiya etaman:)

Qayd etilgan

Ansora  10 Dekabr 2011, 01:18:36

 :asl3:

Xayrli kech barchangizga.

Mana nihoyat ozgina oldin roman tarjimasini tugatdim.

Roman bilan birga yig'ladim, kuldim, ilgari o'qimaganim uchun o'zimga jahlim chiqdi.

Men aslida 2-dunyo urushi mavzusiga judayam qiziqaman. Yuraklarim zirqirab titrab tarjima qildim....

Fikrlarimni asta sekin yozib boraman inshalloh....

O'qimaganlar o'qisin...220 sahifa xolos:)

Qayd etilgan

ibnUyayna  10 Dekabr 2011, 01:59:37

Man oqigan asarlari ichida eng yoqqanlaridan biri "Qutlug` qon".
Maza qilib oqigamman.
Ammo "Quyosh qoraymas" manga unchali yoqmagan.Boshidan 30-40 betcha oqigamman holos. :(

Qayd etilgan

Ansora  10 Dekabr 2011, 02:02:45

Man oqigan asarlari ichida eng yoqqanlaridan biri "Qutlug` qon".
Maza qilib oqigamman.
Ammo "Quyosh qoraymas" manga unchali yoqmagan.Boshidan 30-40 betcha oqigamman holos. :(

Boshi zerikarli, lekin keyin shu darajada qiziqki berilib ketasiz. Xuddi urushda birga yurgandek. Onasi o'lgan qizni topib olgan sahnada yomon siqilib yigladim. Bektemir 4 yoshli qiz bilan fashistlardan qochib, 1 hafta yurganda judayam charchadim birga.

Oybek domlani adabiy mahoratlariga yana bir bor tasannolar aytdim. Bir urush shunchalik ta'sirli tasvirlanadi, dedim...

Qayd etilgan

Arkmon  13 Dekabr 2011, 11:19:05

Xitoydagi Uyg'ur, O'zbek, Qozoq, Qirg'iz, Totor, Tojik, Tungoniy, Solur cho'chqa go'shti yemaymiz, Xitoy millati ham qistoshmaydi. eshtishimcha, markaziy Osiyodagi musulmon xalqlar Ruslarning qistoshi savabli cho'chqa go'shti yaydikan, kunimizdagi mustaqil markaziy Osiyo xalqlari cho'chqa go'shti yemas, dap bilattim, amma Qozoqistondan kalgan kishiler Xitoyda Xitoy oshxonasida avqatlinarkan! O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'izistondagi qardoshlar cho'chqa go'shti yeya olmas dayman!

Qayd etilgan

Arkmon  13 Dekabr 2011, 11:32:04

:vsl3:

Navbatdagi asarimiz Oybekni "Quyosh qoraymas" romani. Roman 14 yilda yozib tugatilgan ekan. Ancha muncha varyantlari ham bor.

Bu asar menimcha Ruslar tarafidan unchalik tahrir qilinmagan, "Ulug' yo'l"da roman qahramoni, madrasa talabasi Umarali "men ateistman" deyishgacha borgan edi. Bu yerda har tugul Bektemir cho'chqa go'shtli kolbasani Rus askariga berib, "O'zbekni qonunida yo'q buni yeyish, sen ye" dedi...

Undan tashqari O'zbek askarlar: "Agar o'lsak, tirik qolganlar ko'mib, duo o'qisin",  deydi.

Siz o'qiganmisiz?

(Iltimos, bu mavzuda shaxsiy kamsitish tortishuvlar, o'lib ketgan insonlarni orqasidan har xil yomon gaplarni yozmaylik)
Hurmati ziyoda  Kapalak afandi,  Xitoyda bu asar topilmaydi, man qoyardan topib o'qishim mumkin? yordam qilo olasizmi? Email: [email protected]

Qayd etilgan

Ansora  13 Dekabr 2011, 13:23:07

Arkmon, Abdulaziz -moderatordan iltimos qilsak, balki forumga joylarlar...

Qayd etilgan