Qizim, senga aytaman...  ( 36703 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Mashhura  10 Avgust 2006, 10:00:03

Kelin bo’luvchi oyimga          


Qiz uzatish bir ko’chatni joyidan sug’urib olib, boshqa boqqa qo’ndirish demakdir. Bir tilgina uqadigan qushchangni mutlaqo boshqa tilda sayraydiganlar to’piga qo’shish, qovurg’alaring orasida o’stirgan gulira’noingni to’rt tomondan yelvizak urib turgan sahnda qoldirish demakdir! Seni u yoqdan bu yoqqa ko’chirayotgan bog’bonlaring va xaridorlaringga unchalik qiyin yemas! Hamma jabr, hamma urinish-surinishlar tomirlari uzilayotgan ko’chat, ona uyidan uchirma bo’layotgan polapon — senga, senginaga yuklangay.  Axir birgina ko’ylak tikishni bilish uchun, bemorga igna sanchish, mashinaga murvat o’rnatish uchun, qo’ychi, to’p tepish sirlarini o’rganish uchun ham yillab o’qiydilar, zahmatchekadilar. Kelinlik-birovning uyiga, birovning qalbiga beozor o’rnashish, yangi odamlarga o’zini tushuntirish, ularni ham tushuna olish, bir xonadonning fayzi, keragiga aylanish, suyaklaring qatidan "farzand" degan shirin jonni yasab olish va uddalab uning suyagini qotirish demakdir.    Oy qizim, sening toifang uchun kelinlik ilmi — baxtli bo’lish ilmi, boshqacha aytganda, baxsizlikdan qutilish ilmidir. Va u serqirra, ko’p bobli ilmdir. Biz bu risolachada shu daryodan bir hovuchginasini uzatmoqdamiz, xolos. Umid qilaylikki, saodatmand bo’lishingda o’gitlarimiz senga yordamchi bo’lsin!     "Hamma narsa niyatga bog’liqdir" deyiladi Qur’oni karimda. Avvalo, baland va chiroyli niyat qil. Xuddi quriyotgan yekiniga yomg’ir so’rayotgan deqqonday, bemor bolasiga shifo tilayotgan ona kabi ixlos bilan niyat qil! Ota-onang, yaqinlaring, hattoki bola-chaqangdan ham xoxlagan narsangni so’rolmaysan, hammasi hisob-kitobli. Faqat yaratgandangina istaganingcha tilashing mumkin. Uning dargohi keng va ugina be-minnat muruvvatga qodirdir! Niyatingni ulug’ qilaver. Ixlos bilan niyatlar qilganing sari jismingda o’sha darajada faoliyat uyg’onadi.        Har ishni boshlashdan avval "uni albatta a’lo darajada bajaraman", deb niyat qil va shunday qilishingga ishon, mana ko’rasan, shunday bo’ladi ham! Qizoyim, astoydil tilab borginki, borgan joyingga istarangni issiq ko’rsasin. Sen kuyovning uyiga ko’chingni yemas, umringai ko’chirib boryapsan. Chamanzormi, tikonzormi, to yuzga kirguningcha shu yer yendi senga vatan! Shu borishda o’zingni yaxshi-yomon holatlarga sozlab borgin. Fe’li tekis bo’lmagan qaynonani ham yomon ko’rmayman, yeritib olaman, shu uyga albatta ko’nikib ketaman deb niyat qilgin! Bu niyat senga kechirimlilik, sabr va ko’ngil topishda izlanuvchanlik beradi.  Yor-yor aytilib, nikoh o’qilib bo’ldi! Ro’parangdagi jufting oltin chiqadimi, mis chiqadimi, yendi orqaga qaytish yo’q, peshonangning yozig’i shu! Shugina yerkakdan oilang uchun, o’zing va farzandlaring uchun yaxshi o’g’il, yaxshi juft va yaxshi ota yasab olaman deb niyat qil! O’z foydangni astoydil o’ylasang, shu niyatni amalga oshirasan. Chunki jufting ota-onasi, aka-singillari bilan yaxshi bo’lmasa, senga kun yo’q. Qolaversa, yaxshi kelin oila a’zolarini kelishtirgani, qovushtirgani keladi. Jufting ota-onasi bilan yaxshi bo’lib, seni tushunmasa, yana bir balo! Bolalariga namuna bo’lishi uchun ham avval otasini yaxshilash kerak. Ammo qo’rqma, bu ishlar unchalik mushkul yemas. Birinchidan, sening niyating yaxshi, yo’lingni xudo o’zi ochadi.Ikkinchidan, yerkak odam samimiy, tashviqotga tez beriladi. Uchinchidan, sendan ko’p narsa ketmaydi, faqat MEHR, MEHR va yana MEHR KO’RSATIS’H, xolos!     Hyech qachon juftimni yegib olaman deb niyat qilma! Bu yomon ayolning ishi! Yerni xayrli ishlarga yetaklash boshqa, bunday harakatning nomi — do’sti sodiqlik! Ammo uni faqat o’zining yaxshi-yomon istaklarini ijro yetadigan laqmaga aylantirib olish olchoqlikdir. Agar shu yo’lni tusang, farzandlaringdan tortib qolasan, ya’ni bolalaring senga beye’tibor bo’ladilar, keksaliging g’arib kechadi...    Niyatingga qachon yetasan? Duolaring qachon ijobat bo’ladi? Qachonki, duo tilayotgan tillaring beozor bo’lsa, qo’ling xarom pul ushlash, xarom mol tutishdan uzoq bo’lsa, dilingda birovni qarg’amasang, qasd olguvchi, hasad qilguvchi bo’lmasang!   Ko’ngling ko’zi ochiq bo’lishini, dunyo go’zalliklarini ko’ra olishingni nasib yesin. Yaxshi odamlar, ko’ngilparvar munosabatlar, tabiat in’omlari — bari osmoniy ne’matlardir, bu yaxshiliklarni tanigan saring o’zing ham yaxshilanib borasan.      "Cho’li iroq" yangrayotganda saqich chaynab o’tirgan ayol, bir quloch yerga gul yekishni orzulamagan, hyech qoshiga o’sma qo’yib orolanishni bilmagan ayol, kulib, yayrab turgan insonni so’zi bilan sindirib, vayron qila-digan ayol dunyoda yeng xunuk ayoldir!  Uyingdagi, atrofingdagi, jismi joningdagi mavjud imkoniyatlar uchun tinmay, dildan shukrona aytishni odat qil va bu amalni yuragingdan o’chirmasligini  yaratgandan yolborib so’ra! "Unim yo’q, bunim yo’q" dema, o’zingga berilgan imkonlarni ko’ra bil, o’qsiy boshlagan zahoting qo’lingdagi boring ham bir-bir keta boshlaydi!     Qo’ling buyurgan ishingni ijro qilyapti, tiling xohlagan kishingni yeritib beryapti, oyoqylaring istagan joyingga yeltib qo’yyapti. Buning shukronasini tunu tong ayt!     Yaxshimi, yomonmi atrofingda senga qarashli odamlarning borligi baxt! Kimgadir charchab xizmat qilib, kimningdir g’amida yugurib yurish ham baxt! Seni suyab turganlarni his qilish, o’zingning ham kimgadir suyanch bo’lib qolganingni anglash bu yayrash, bu yaroqli bo’lish saodatidir!            Bu dunyoning falsafasi — qilmish-qidirmish! "harakatim ko’pu omadim nega kelmaydi?" deya nadomat qilma! Ba’zan qo’lingning mehnatini dilozor, yolg’onchi yoyinki maqtanchoq tiling yuvib ketadi. Gohida yesa adovatga moyil diling yuvib ketadi. Ba’zan filning ishini qilasan, ammo uni xarom-harijni ajratmagan fe’ling yuvib ketadi. Tavba qil va yaxshilik izidan chiqma.     Hyech kimga hasad qilmayman, deb niyat qil! Bu illatni o’zingda sezgan zahoting hayot-mamot uchun qanday kurashsang, yuragingdan uni shunday sitib chiqar! Baxillik avval yegasini o’ldiradi. Yana shuni bilki, sen qancha hasad qilsang, yomon ko’rayotgan odaming shuncha gurkirab o’saveradi!     Ro’zg’or - chumolini filga, filni chumoliga aylantiradigan, Alloh yaratgan bir xilqat. Insonlarning sarasini saraga, puchagini puchakka ajratib beradigan sinov xonasi! Ro’zg’or na ovozi, na ko’rinishi bir-biriga mutlaqo mos kelmaydigan ikki toifa yer va ayol birligidan iborat.             Yerkak va ayol musbat va manfiy hodisadirlar. Demak, ular shunday birlikki, oralaridan doimo o’t chiqib turadi. (hatto ikki yaxshidan ham!) Bu ikki fe’l bir-biriga moslashguncha yer va ayolning boshida necha bor ozib, necha bor to’zish savdolari bor. Mazkur moslashuvga qadar odamzotning bu besuyak tili nimalarni demaydi, shayton ne ko’ylarga undamaydi deysan!               Bilgil, moslashuv baribir sodir bo’ladi, RO’ZG’OR YAXS’HIYU YOMONNI BIR-BIRIGA KO’NDIRIB QO’YADI! Ammo kimdir bunga sabr, aql va tadbirkorlik bilan yerishadi. Kimdir yesa hadeganda tom boshida nog’ora qoqib, yuzsizchilik, sharmandachilik bilan yetib keladi. Yeru ayolning zoti, mag’zi, fahmu farosati qanday yekanligini oshkor qiladigan xuddi shu jarayondir.Dunyoda hyech bir ayol turmush qurgach, og’a-ini, jigar-bag’ridan nari bo’lib ketmagan. Ammo yerkaklar ichida undaylar soni mingta! Bunga sabab yesa ularning ayollaridir! Aka-ukalarning orasidan oqibat qochsa, kelinlarni jazolash kerak!             Qoshingni chimirmay, bu yog’ini yeshit: sen juftingga jigarlarini yomonlamayapsan, bu yaxshi! Ular kelsa-kesa joningni sajdqa qilib kutib olyapsan, barakalla! Ammo shugina bilan sen hali yaxshi kelin atalmaysan, oyim! Shunday qilki, yerkaging qarindoshlariga avvalgidan ham ye’tiborliroq bo’lsin. Ya’ni; juftingga aka-uka, yegachi-singlisi haqida yaxshi gaplarni uzluksiz aytib tur, ularni yo’qlab turishga unda! Tushgan joyingdagilarni yarashtiruvchi, kelishtiruvchi bo’l! Bundan avvalo o’zing yutasan. Qaynilaring seni xaloskor deb biladilar, mehr qo’yadilar. Bora-bora sening maslahating bilan ish ko’radigan bo’lib qoladilar. Bu — yendi bu uyda hyech kim sening kayfiyatingni buzmaydi degani! Undan ham zo’r yutug’ing shuki, bu savob yevaziga xudo farzandlaringni oqibatli qiladi, hamisha bir-birlarini ardoqlab o’tadilar!    O’g’il onaga yaqin bo’ladi. Ona ham qizlardan ko’ra ko’proq o’g’ilga talpinadi. Kelin kelishi munosabati bilan go’yoki yet bilan tirnoq ajraydi! Bu albatta og’riqli! Yeng yaxshi ayolda ham sal bo’lsa-da, o’g’lini kelindan qizg’onish hissi bir-bir kechadi! Na faqat onada, yegachi-singillarda ham bu hol seziladi. Ayolning aqllisi ichiga yutib ketadi,yengiltagi yesa o’rtada tomosha bo’lib o’ynaydi.   Kelin oila muvozanatini saqlaydigan o’q tomir bo’lgani uchun ham, bizning urf-odatlarimizda shunday yo’l tutganlar:
1)  kelinchak oila a’zolari qoshida kuyoviga hyech qachon gap qotib, yuzlanmagan;
2)          kuyov ham uydagilar yeshitadigan joyda kelinning otini atab chaqirmagan,hatto umr bo’yi bir-birlarini farzandlari yoki qaynilarining nomi bilan chaqirganlar;
3)uydagilar qoshida kelin-kuyov bir-biri bilan pichirlashib gaplashmagan;     
 4) qaynona-qaynota va qaynilar oldida kelinning kuyovga noz-istig’no qilishi yoki kuyovning kelinga atoyi lutf qilishi uyat hisoblangan... Shuni bilginki qizoyim, chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’il onadan abadiyga uzoqlashib borayotgan jon parchasidir va uni uzib olayotgan sendirsan! Yuqoridagi qadriyatla-rimiz yesa shu jarayonni yumshatgan. Kelinni xunuk ko’rinib qolishdan asragan. Shunday yo’llar bilan kelin kuyovning  yaqinlariga botmaygina singishib borgan...    Hovli supurar bo’lsang, ovsining tomondan boshlab supur, bu "men sizni hurmat qilaman" deganing bo’ladi. (Aslida yesa  bo’lajak raqibni zararsizlantirishdir)      Ovsinlarning tili bir bo’lsa, yerlarning yo’li bir bo’ladi.     Rashk — muhabbatdan tug’iladigan shirin  bir tuyg’u. U yuraklarning tagida ming  andisha ostida yashirin yashaydi. Uni faqat yengiltak, kalta o’y kishilargina oshkor qiladilar. Rashkning oshkor bo’lishi sharmandalik. Chunki o’zi suyuq odamgina, yo shu kungacha suyuqlik qilmagan bo’lsada sharoit tug’ilguday bo’lsa, aynib ketishi tayin bo’lgan odamgina rashkchi bo’ladi. Qo’yningga solib olganing — shayton ko’nglingda mingta gumon tug’adi, quloq osma, o’zingni tiy!    Agar uzilganni ulaydigan, kemtikni to’ldiradigan, urishganni yarashtiradigan bo’lsa, yolg’onni ham gapir.   Yengil tabiat ayollar fe’li bo’sh yerkaklarni quyidagi yo’llar bilan o’zlariga qaratadilar: ularning tillari g’oyat shirin bo’ladi; o’zlari orasta va tutumlari pokiza bo’ladi; taomni shirin tayyorlaydilar. Shu fazilatlar o’zingda jam bo’lsa, juftingdan ko’ngling to’q bo’lsin!          ko’nglida bo’lsa ham, qaysi so’zni qachon aytishni bilmay turgan bo’lishi mumkin. Agar ko’nglida ham yo’q bo’lsa, o’sha fazilatlarni unda o’zing uyg’ot.            Juftingni farzandlaringning yeng injig’i, ye’tibor talabi deb bil, uning tilini topishga harakat qil. Yaxshi yer tu-tish uchun yeng yaxshi artist bo’lish kerak!           Yerkaklar maqtovni yaxshi ko’radilar — juftimga yoqay desang, juftingni o’zini o’ziga maqta.       Juftidan qasd oladigan ayol — yesi yo’q ayol! Chunki ota-ona o’tadi, bola-chaqa o’z yo’liga ketadi. Umringning oxirigacha birga-birga ketadigani — shu jufting!             Yerkaklar sodda bo’ladilar. Sen ulardan har tomonlama o’ylangan ye’tibor va odamgarchilikni kutma.          Bolalaringga otasini otasiga yeshittirib turib maqta.Jufting sen allaqachon biladigan narsa haqida gapirsa, bilag’onlik qilma, xuddi birinchi marta yeshitayotganday hayrat bilan tingla. Yerkaklar har borada ustuvor turishni yoqtiradilar. Seni qoyil qoldirib, bir yayrasa, yayrabdi-da! Uning xush kayfiyatidan oilangga faqat unum olasan!    Onang olib kelgan sovg’ani bir marta, yerning urug’i olib kelgan sovg’ani yesa ming marta aytib maqta!      Juftingni jon qadar sev, ammo unga hyech qachon muhabbat izhor qilma. Inson ham alpinistga o’xshaydi — yegallangan cho’qqining uning uchun qizig’i qolmaydi!      Jufting uchun hamisha sirli sandiq  bo’l.  Kir to’plamagan kelinning uyiga dur to’planadi.     Kelinning mo’l narsadan zo’r narsa yasaydigani yemas, yo’qdan bor qiladigani — yaxshisi!Gap qaytarmagan kelin — haqiqiy bolang. Chunki u seni ayadi!     Juftingga yegilib turib, baland ishlaringni bitirib ol! Aytganingni qiladigan kelinga rahmat. Ammo aytmaganingni ham qiladigan kelin — Allohning ne’mati!          Yaxshi kelin musavvirdir — ro’zg’orini badiiy asarga aylantiradi.Ayolning baxti tilidandir!           Yaxshi kelini bor xonadon bosh taragan qizday yaraqlab turadi.            Avvalo yaxshi kelin so’ra, keyingina o’g’il so’ra. Kelining yomon bo’lsa, o’g’ilsiz qolaverasan         Agar o’g’illar ota hovlini sosalar, yo yer talashib janjalxonaga aylantirsalar, ruhlarning qo’li kelinlarning yoqasidadir!         Butun boshli avlod shajarasini tuzadigan xam, buzadigan xam kelinlardir. Kelin — zanjir, kelin ko’prikdir.              Qo’li ochiq kelinning yo’li ochiq bo’ladi.    Yaxshi kelin "meniki" degan so’zni ishlatmaydi.          Avval o’g’lini hurmat qilib, keyin onasini ye’zozlang. Bola onaning jonidir.            Kelinimning o’g’limga dashnom berayotganini yeshitish o’zimning badnom bo’lishimdir.                          O’g’limga qo’lini paxsa, ovozini qilich qilib gapirayotgan kelin — meniki yemas!         Onam rahmatli dangal ayol yedi. O’zi bilgan ayrim xonadonlarning to’yiga ham shartta kirmay qo’yaqolardi. "Uy tutmay nari borsin shu ayol, umr bo’yi to’shagi oqarmay o’tdiya", — der yedi.              Kelinning chatog’i ko’rpachasidan ma’lum bo’ladi.      Bolalarini og’ritmay katta qilgan kelin — dono kelin, uyidan shiptir hidi kelmagan kelin undan ham a’lo kelindir.             Doimo nimanidir o’rganayotgan kelin bo’ladigan kelin.      Kelinning savol beraveradigani yemas. Tinglaydigani - yaxshisi!           Kelinlarimga yuragim bilan intilishim rost. Chunki, og’zimdan chiqqanini bolalarimdan oldin ijro qiladigan beminnatlarim ular!    Bolaligingda onang ardog’ida qanday yayragan bo’lsang, kelinli bo’lgach, uning bag’rida yana onasini topgan boladay mazza qilasan. Ilohim, o’g’il boqqanki ona hamma yo’qotganlarini kelinginasidan topsin!     To’y kechasi chimildiqqa kirib ketayotgan o’g’lini bir-bor chaqirib o’ziga qaratish udum yemish. Toki onasining chorlab turgan ovozi qulog’iga, intizor nigohi nigohiga yozilib qolsin uchun...
Oyimqiz, yaxshi kelin atalay desang, juftingga ortda qolgan onasini tez-tez yeslatib tur...

         




Qayd etilgan


maknuna  11 Avgust 2006, 14:05:30

Tashakkur sizga Mashhura.
Judayam yaxshi post qilibsiz.

Taklifim: postni bunday uzun-uzun qilmang, o'qishga qiyin bo'ladi. Keyin o'quvchi psixologiyasi shunaqa agar kotta postni ko'rsa o'qimay qo'ya qoladi. Shuning uchun katta postni bo'lib-bo'lib bersangiz a'lo ish bo'ladi.

Qayd etilgan