Toshkent "Demir" da ishlab yurarkanman, bir ayolni tanirdim, o'zi Amerikalik, hamshira. O'zbek tilini shu darajada yaxshi bilardiki, hayron qolardim. Bazan O'zbekcha ko'ynaklar kiyib kelardi marketga. Yonimda 2 Rus Elena dugonam bor edi. Biri bir Qodir kechasida Musulmon bo'lgandi, alhamdulillah. Boshqasi esa haliyam Hiristiyan edi. Amerikalik ayol 2 qizni ko'nglini olish uchun qo'lidan kelganini qildi, har doim turli xil sovg'alar olib kelardi, ularni cherkovlariga taklif qilardi. Musulmon bo'lgan Elenadan umidini kesdi, lekin narigisidan umidini kesmadi, qiz Amerikaga ketd, ayol u yerlik bo'lgani uchun qizni xatto Amerikada ham topib, ko'rishib turibdi.
Bularni O'zbek tilini shu darajada yaxshi o'rganishini sababini, keyinchalik bildim.
Kasalxnonalarda hamshira bo'lib ishlagani uchun asosan Musulmon ayol, qizlar bilan juda yaqin munosabatda bo'ladilar, ularni Hiristiyanlikka o'tishlari uchun qo'llaridan kelganini qiladilar. Bekorga aytishmaganu: Shirin so'z bilan ilon inidan, musulmon dinidan chiqadi, deb...
Juda ko'p insonni dinini o'zgartirganini eshitgandim o'sha paytlar.