Assalamu alaykum, aziz forumdoshlar.
....
Sizlarga savol bersam. Bu savolni ko'plaringizga ma'lum bo'lgan videorolikdan olingan. O'sha video lavhada shunday gaplar bor edi:
- Agar Payg'ambarimiz S.A.V. bizning oramizda bo'lganlarida ahvolimiz qanday bo'lardi?
- Vallohi, bu ne'mat bo'lardi. Va ahvolimiz umuman boshqacha bo'lardi.
- Nima deb o'ylaysiz, faraz qiling, Payg'ambarimiz S.A.V. siz bilan bir necha daqiqa bo'lsalar... siz va ular?
- Javob juda qiyin... Agar faraz qilsammi? Payg'ambarimiz S.A.V. bilan-a? Haqiqatan Payg'ambarimiz S.A.V. bilan birga o'tirib qolsam... Men buni tushimda ko'rishni orzu qilishim mumkin... Agar menga kelsak, qo'llaridan mahkam ushlab, meni bu dunyodan olib keting degan bo'lardim... Ana shuni so'ragan bo'lardim...
Bu bir muslimani javoblari edi, uni qalbidan nima o'tgani, nima sababdan bunday javobni bergani faqat Allohga ayon...
....
Savolim esa yuqoridagi savol-javobdan olingan:
Nima deb o'ylaysiz, faraz qiling, Payg'ambarimiz S.A.V. siz bilan bir necha daqiqa bo'lsalar... siz va ular? Shu bir necha daqiqalarda nimalarni aytgan bo'lardingiz u Zotga?