Muallif Mavzu: Xozirgi kelinlar nimaga bunday, biz shunday edik, bunday edik-der qaynonalar...  ( 41124 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Assalomu alaykum.

Bu mavzuda tilga olingan masalani butun kelinlar eshitgan,desam adashmayman.

Chunki albatta yo qaynonasi, yoki o'z onasi, yaqinlaridagi yoshi kattaroq ayollar buni aytib o'tishadi.

Yaqinda dugonamni onasi kelgandi. "Qizim, - dedilar, -kiringizni mashina yuvsa, idish tovog'ingizni mashina yuvsa, uyingizni mashina supirsa, sizga nima ish qoldi, nimaga haliyam hamma narsaga vaqt topa olmaysiz?"

Men bu savolni ilgari ham eshitganim uchun faqat kulimsiradim. Birgina aytgan gapim shu bo'ldi: "Xola, xozirgi paytda stres judayam ko'p, bu bizni eng katta dushmanimiz"

Xo'sh, siz bu mavzuda nima deysiz?

Onalarimiz bir vaqtlar 6-7 bola bilan, tandirda non yopib, uzoqdan suv tashib bizlarni katta qilarkanlar, nima uchun biz xozirgi kunda 1-2 bola bilan darrov charchab qolyabmiz?

Mavzu bir-birimizga hurmat doirasida tortishuv uchun hammaga ochiq:)

Marhamat!

Habib

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 4611
  • -oldi: 3284
  • Xabarlar: 4044
  • Jins: Erkak
Мени онам ҳам доим шундай дейдилар. "Сенларни битта памперссиз катта қилган эканман, сутим ҳам етарли эди, Нестле кашага эҳтиёж ҳам йўқ эди," ва яна бошқалар ҳақида гапирадилар.
Чиндан ҳам, авваллари памперс, кир мошина, микротўлқинли печ, аралаштиргич(миксер) ва бошқа ёрдамчи воситалар бўлмаган. Аммо аёллар эплаган ўшанда ҳам оиласини, ҳам ишини.
Ҳозирчи, ҳозир шундай қулайликлар бўлиб туриб ҳам кўп оилаларда етишмовчиликлар, уруш-жанжаллар бўлиб туради.
Яна онам:"Ҳамма нарсаси бисёр бўлган оилаларда кўпроқ жанжаллар бўлади, рўзғорини учма-уч еткизадиган оилалар эса  бундан мустасно деб ўйлайман. Чунки уларнинг урушгани вақти бўлмайди, бир-бирига таянч, суянч бўлиб оилани ривожлантиришга ҳаракат қилишади." дейдилар.

Илоҳо, ҳаммани оиласи тинч бўлсин. Рўзғоримизда кам бўлса бўлсин, оилаларимизда камчилик бўлмасин!
 

Sofdil

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 88
  • -oldi: 311
  • Xabarlar: 325
  • Jins: Erkak
Serialladan jovoppi qidirila ayolllllllar :)

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
:) Mavzu zo'rku!
Assalomu alaykum!
Nima ham derdik, faqat misollar bilan cheklanamiz holos:
Olloh rahmatiga olgan bo'lsin, buvim aytardilar: "Dadangni 95kg(!) paxta terib kelib, o'sha kuni kechki payt tuqqanman", - deb.
Bolaligimni eslasam, onam har kuni ertalab soat 5:30da dadamni ishga kuzatardilar, ungacha nonushtasini tayyorlash, kiyimlarini dazmollash (har kuni dazmol qilinardi), mashinani yurgizib, artib ham qo'yishga ulgurardilar. Dadamdan keyin biz - to'rtta farzandni uyg'otib, yuz-qo'llarini yuvib, nonushta qildirib, kiyintirib (mana shunisi ko'p vaqt olardi manimcha, hamma injiq edi) birimizni bog'chaga, birimizni maktabga kuzatardilar. Ungacha hovlini supurib, sigirni sog'ishga ham vaqt bo'lardi, chunki nonushtaga bizga sut bo'lishi kerak. Kun ora tandirda non ham yopardilar, ertalabda (hamirini kechasi soat uchlarda qorilardi). Keyin o'zlari ham ishga borardilar.
Hozir "shularga qanday ulgurardingiz, ona?" - desam, indamay kulib qo'yadilar. Olloh umrlarini ziyoda qilsin!
« So'nggi tahrir: 01 Dekabr 2011, 17:26:09 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Зайнаб

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 290
  • -oldi: 202
  • Xabarlar: 151
  • Jins: Ayol
Hozir "shularga qanday ulgurardingiz, ona?" - desam, indamay kulib qo'yadilar. Olloh umrlarini ziyoda qilsin!


:vsl3: Омин, онангиз саломат бўлсинлар!

Узоққа бормай қўя қолайлик, бундан 10 йил олдин ҳам ҳозиргидек енгиллик йўқ эдику :)

Yaratganga shukr

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 48
  • -oldi: 243
  • Xabarlar: 254
  • Jins: Erkak
  • Ibodat- poklik,e'tiqod,namoz,ro'za,zakot haj,duo
xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring

Aqoid

  • Bas, (ey insonlar va jinlar) Parvardigoringizning qaysi ne'matlarini yolg'on deya olursizlar?!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 315
  • -oldi: 1934
  • Xabarlar: 1529
  • Jins: Erkak
Serialladan jovoppi qidirila ayolllllllar :)

Aynan.
Tavofi baytul Halil kori osonast
Tavofi baytul Jalil kori mardonast

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring
ИншаАллох, ман келинимга " Болам, оилага файз - баракани узаро ишонч, мухаббат ва садокат олиб киради.
Янги мехмон кабисиз, атрофиздаги феъл - атворлилардан булган хайрату саволларизга хайрихох булсангиз, жавобни аста-аста топволасиз. Сизни рози булиб олдик, сиз хам рози булиб келдиз, Аллох жумламиздан рози булсин.
Камчилигизни курсам ктиздан тугирлаб кетаман, мандан утса, сиз ёпиб кетинг, болам. Шунда уртадан мехр кутарилмайди" дердим.
Манимча, етади-а?  ::)
Куп гап .... юк , дейишадику  :3
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Maysara

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 195
  • -oldi: 335
  • Xabarlar: 181
  • Jins: Ayol
Камчилигизни курсам кeтиздан тугирлаб кетаман, мандан утса, сиз ёпиб кетинг, болам.
mana shu narsa oiladagi tinchlikni deyarli 100% ta'minlaydi. Lekin bu faqat qaynana-kelin orasida emas, er-hotin örtasida ham bölishi shart. Chunki Qur'oni Karimda aytilgan, er-hotin bir-biriga libos ekanligi haqida.

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Qaynanam kop gapiradi,  uyiga chiqsam ish qildirmiydiyu lekin otqizganiym qoymiydi.. tilvozor orgulu yoqib berin, uzbekcha kino koraman, tutash taqdirlarni qoyib berin, hoh-inoni qoyib berin, ozodbeki qoyib berin, shu-de...
hop dib qoyib beramanu lekin qoyib berishim bilan uxlab qoladi turib yana shu holat... uyimda tinchroman, ogli-ku unaqa mas bilmadim nega onasi unaqa chota nepomnish...
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

Yaratganga shukr

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 48
  • -oldi: 243
  • Xabarlar: 254
  • Jins: Erkak
  • Ibodat- poklik,e'tiqod,namoz,ro'za,zakot haj,duo
xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring
ИншаАллох, ман келинимга " Болам, оилага файз - баракани узаро ишонч, мухаббат ва садокат олиб киради.
Янги мехмон кабисиз, атрофиздаги феъл - атворлилардан булган хайрату саволларизга хайрихох булсангиз, жавобни аста-аста топволасиз. Сизни рози булиб олдик, сиз хам рози булиб келдиз, Аллох жумламиздан рози булсин.
Камчилигизни курсам ктиздан тугирлаб кетаман, мандан утса, сиз ёпиб кетинг, болам. Шунда уртадан мехр кутарилмайди" дердим.
Манимча, етади-а?  ::)
Куп гап .... юк , дейишадику  :3

qaniydi hamma kelinla sizday fikrlasa... ayrim kelinlaga bu yozganlariz kamli qiladi.. gapiravering dono gaplardan  kelinlaga yuk bulmaydi aksincha  .. oyni baribir etak bilan yopib bulmaydi :3

Lu`lu`

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 2118
  • -oldi: 2046
  • Xabarlar: 927
  • Jins: Ayol
  • лу'лу, иймонингни куткар!
Qaynanam kop gapiradi,  uyiga chiqsam ish qildirmiydiyu lekin otqizganiym qoymiydi.. tilvozor orgulu yoqib berin, uzbekcha kino koraman, tutash taqdirlarni qoyib berin, hoh-inoni qoyib berin, ozodbeki qoyib berin, shu-de...
hop dib qoyib beramanu lekin qoyib berishim bilan uxlab qoladi turib yana shu holat... uyimda tinchroman, ogli-ku unaqa mas bilmadim nega onasi unaqa chota nepomnish...

ПОКЛИККА ҚАСИДА

                                       "Рўмолсиз келибман, узр'
                                                     ÐœÑƒÑ…тарама Улуғ

Ҳаё чимилдиғида юзларингиз ҳижобда,
Мискинлик ҳариринда кўзларингиз ҳижобда,
"Рўмолсиз кебман", дея бўлманг, бону, ҳижолат,
Андиша пардасида сўзларингиз ҳижобда.

Яшадингиз дарвешдай сабрдан чодир қуриб,
Орзулари сиғмаган кўксингизга бир уриб,
Тириклик сўқмоғида гоҳ йиқилиб, гоҳ туриб.
Халоллик-ла топган нон, тузларингиз ҳижобда.

Яшар не-не шоирлар замонага мослашиб,
Булбулликни тарк этиб, тўтиликка хослашиб.
Доноликдир жим турмоқ, бу дам бир оз четлашиб,
Сукут ичрат ростлару розларингиз ҳижобда.

Колганини беттан укийсизhttp://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4866.75
Кечиккан адолат адолатсизликдир.

Usmon

  • Global Administrator(ning ukasi)
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 383
  • -oldi: 700
  • Xabarlar: 1046
  • Jins: Erkak
Kelinlar qo'zg'olonidigi Nigora esimga tushib ketdi :-)   Bashoratapa, bashoratapa mamnaqa qilas... :p

Shuhrat_

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 701
  • -oldi: 658
  • Xabarlar: 705
  • Jins: Erkak
  • Shuhrat Mamadaliyev.
Serialladan jovoppi qidirila ayolllllllar :)
assalamu alaykum.
Shu o'rinda Hayrulla Hamidovni,sherini eslaylik.
...turli serialdan olinsa ibrat,
yig'lash kerak bunga kulmoqlik emas....
Baribir borar joyimiz qora tuproq qabr,
insonga azaldan azizdir umr,
dunyo lazzati gohida ko`pu gohida kam,
boriga shukr qil,
yug`iga sabr!

Humayro

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1374
  • -oldi: 1643
  • Xabarlar: 3130
  • Jins: Ayol
Xotirjamlik yo’qolgan hayotimizdan. Sababi – Orzularimiz ko’payib ketdi.

Taraqqiyot… yaqinda uy ishlarini hammasini bajaradigan bitta moshini o’ylab chiqarishsa ajab emas, universal…ammo bu bilan odamlar baxtliroq va xotirjamroq bo’ladi deb o’ylamayman, askincha, va shunday bo’lishi ham kerak. Chunki bizda baxtli va xotirjam hayot haqidagi tasavurrot o’zgargan.

Meni fikrimcha odamlarni charchatayotgan narsa ham aslida mana shu temir yordamchilar. Bu jonivorlar nafaqat ishingizni engil qiladi, balki miyangizning bir muncha shovqin-suronga chidab, asablarning taranglashib ishlashiga ham sabab bo’ladi.

Men gohida uyni supurgida supurgim yoki kirni qo’l bn yuvgim keladi. Jismonan charchasamda ammo qulogim tinchgina bo’ladi: pilesos, kirmoshina va hokazolarning shovqinisiz ishlaysiz. Kegin jismoniy ish odam asabiylashganida, miyasi charchaganida ayni muddao, miya va asablar uchun davo deb oylayman, odam rohatlanadi.  Nega odamlar shahar hayotidan charchashsa toqqa chiqqisi, yoki qishloqqa borgisi keladi, tzivilizatsiya yo’q joyga? Olovda ovqat pishirishni, yozni issig’ida ariq boyida idish yuvishni, bazilar yer chopgisi keladi…

Oddiy misol: Buvilarimizda kir yuvgani tog’orasi ham bo’lmagan. Ular supurgini qanaqasidan olsam ekan, uning uchun pul yig’ishim kerak deb qayg’urishmagan. 1-ta uyi bo’lgan,  1 supurgi butun umriga etib ortgan, 1-ta ko’ynagi, 1-ta ro’moli bo’lgan – shu xolos. Na Televizor, na telefon, na kiryuvg’ich, na qanaqa koylak kishi haqida bosh qotirish, na boshqasi. Albatta butun fikri va vaqtini bolalariga sarflagan, qolgani esa uy ishiga, sigir buzoqqa degandek. Bu atigi ko’pi bilan 100 yil oldin bo’lgan ishlar. Ishonmasangiz so’rab ko’ring buvilaringizdan.

Onalarimizda esa tog’ora bir nechta bo’lgan, kegin aylantirib beradigan kir moshinasi shuyam bazilarida.

Bizlarda-chi…yuvib, suvini siqib qurtib va hatto dazmollab beradigani ham bor, hamma shunisini olgisi keladi, pechlarning 100 xil turi, aralashtirg’ichniyam, pilesos olgani magazinga borsangiz boshingiz aylanadi, blender, sokchiqargich, chesnok-ezg’ich, olmani o’rtasini olib tashlag’ich, limonni birnarsa qilg’ich, yong’oqni tozalab berg’ich, banka ochg’ich, tuxumpishirg’ich(skovorodka)-ku bir bo’liml to’la turadi,  (royxatni hali ko’p davom ettirish mumkin), telefon va kompyuter haqida gapirmasak ham bo’laveradi.  Ularning ishlatishni o’zi bo’ladimi. Hamamsi informatziyalashgan. Bunaqangi ko’p informatsiyani inson miyasi qabul qilishi va hazm qilishi kerak. Bu uchun miya doimo ishlab turishi kerak. Biz charchamay kim charchasin ))), (kiyim kechak esa bu alohida va judda jiddiy mavzu)

Xullas, menda agar imkon bo’lganda shu tzivilizatsiya mevalarinig hammasidan bo’lmasada ayrimlaridan voz kechgan bo’lardim. Ayniqsa bola tarbiyasidek katta bir masuliyat paydo bo’lganda (InshoAlloh) avvalo TELEVIZORdan. Kimdir meni zamondan ortda qolgan deyishi mumkin, bu uning ishi. Men qarshi emasman taraqqiyotga, askincha, faqat bu taraqqiyot insonning jismoniy, ruhiy  va manaviy salomatligiga ziyon etkazmasligi kerak.

Jamiy texnikani inson salomatligiga zaralilik jihatidan tekshiradigan bo’lsak. Televizor yutib chiqadi.  Kun boyi newsda urush, odam o’ldirish, portlash, tokshowlaram deyarli shu, vahshiy kinolar, yolg’on seriallar (ayniqsa orzu havasni uyasi ayollar uchun), oilasini mojarosini TVga ko’tarib chiqadiganlar ham kopaygan. Biror kanalda maruza, nasihat yoki aqallan tarbiyaviy bir ko’rsatuv topolmiysiz. Bir kun ko’chada janjalni ko’rib qolsangiz 1 hafta bosh og’riq bo’lasiz. Ayollar ayniqsa tasirchan bo’lishadi. Kim men ayolimni asrayapman deb ayta oladi bulardan? Ayollik xususiyatlarini kim etiborga olayapti?

Ashnaqa ))) Qolganlarini ham aynan shu "tarozi"da o’lchab kerak yo kerak emasligini hal qilamiz InshoAlloh.

Erinmey o’qib chiqaningiz uchun rahmat.  

 

Tarbiya nimaga bog'liq..?

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 24946
So'nggi javob 07 Dekabr 2010, 23:51:17
muallifi Saliha
Sobir O'nar. Dunyo shunday tururmi? (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 9528
So'nggi javob 07 Fevral 2010, 11:58:56
muallifi Robiya
ISLOMDA KIM NIMAGA MUHTOJ?

Muallif ajmiyBo'lim Umumiy

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 5059
So'nggi javob 12 Mart 2009, 00:16:03
muallifi Afruza
"Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)

Muallif AnsoraBo'lim Pazandalik

Javoblar: 24
Ko'rilgan: 10520
So'nggi javob 15 Mart 2013, 11:18:37
muallifi Muxsiya
Ichingdagini top(yoki nega … shunday?) !

Muallif Mutaallim-2010Bo'lim Umumiy

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2548
So'nggi javob 22 Iyun 2011, 23:26:26
muallifi Mutaallim-2010