Xozirgi kelinlar nimaga bunday, biz shunday edik, bunday edik-der qaynonalar...  ( 42289 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Yaratganga shukr  05 Dekabr 2011, 04:53:21

xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring
ИншаАллох, ман келинимга " Болам, оилага файз - баракани узаро ишонч, мухаббат ва садокат олиб киради.
Янги мехмон кабисиз, атрофиздаги феъл - атворлилардан булган хайрату саволларизга хайрихох булсангиз, жавобни аста-аста топволасиз. Сизни рози булиб олдик, сиз хам рози булиб келдиз, Аллох жумламиздан рози булсин.
Камчилигизни курсам ктиздан тугирлаб кетаман, мандан утса, сиз ёпиб кетинг, болам. Шунда уртадан мехр кутарилмайди" дердим.
Манимча, етади-а?  ::)
Куп гап .... юк , дейишадику  :3

qaniydi hamma kelinla sizday fikrlasa... ayrim kelinlaga bu yozganlariz kamli qiladi.. gapiravering dono gaplardan  kelinlaga yuk bulmaydi aksincha  .. oyni baribir etak bilan yopib bulmaydi :3

Qayd etilgan


Lu`lu`  05 Dekabr 2011, 08:08:00

Qaynanam kop gapiradi,  uyiga chiqsam ish qildirmiydiyu lekin otqizganiym qoymiydi.. tilvozor orgulu yoqib berin, uzbekcha kino koraman, tutash taqdirlarni qoyib berin, hoh-inoni qoyib berin, ozodbeki qoyib berin, shu-de...
hop dib qoyib beramanu lekin qoyib berishim bilan uxlab qoladi turib yana shu holat... uyimda tinchroman, ogli-ku unaqa mas bilmadim nega onasi unaqa chota nepomnish...

ЛОКЛИККА ҚАСИДА

                                       "А смолсиз келибман, узр'
                                                     Мухтарама Улуғ

Ҳаё чимилдиғида юзларингиз ҳижобда,
Мискинлик ҳариринда ксзларингиз ҳижобда,
"А смолсиз кебман", дес бслманг, бону, ҳижолат,
Андиша пардасида ссзларингиз ҳижобда.

Яшадингиз дарвешдай сабрдан чодир қуриб,
Орзулари сиғмаган ксксингизга бир уриб,
Тириклик ссқмоғида гоҳ йиқилиб, гоҳ туриб.
Халоллик-ла топган нон, тузларингиз ҳижобда.

Яшар не-не шоирлар замонага мослашиб,
Булбулликни тарк стиб, тстиликка хослашиб.
Доноликдир жим турмоқ, бу дам бир оз четлашиб,
Сукут ичрат ростлару розларингиз ҳижобда.

Колганини беттан укийсизhttp://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4866.75

Qayd etilgan


Usmon  05 Dekabr 2011, 09:36:08

Kelinlar qo'zg'olonidigi Nigora esimga tushib ketdi :-)   Bashoratapa, bashoratapa mamnaqa qilas... :p

Qayd etilgan


Shuhrat_  05 Dekabr 2011, 09:43:25

Serialladan jovoppi qidirila ayolllllllar :)
assalamu alaykum.
Shu o'rinda Hayrulla Hamidovni,sherini eslaylik.
...turli serialdan olinsa ibrat,
yig'lash kerak bunga kulmoqlik emas....

Qayd etilgan


Humayro  05 Dekabr 2011, 12:34:47

Xotirjamlik yo’qolgan hayotimizdan. Sababi — Orzularimiz ko’payib ketdi.

Taraqqiyot"¦ yaqinda uy ishlarini hammasini bajaradigan bitta moshini o’ylab chiqarishsa ajab emas, universal"¦ammo bu bilan odamlar baxtliroq va xotirjamroq bo’ladi deb o’ylamayman, askincha, va shunday bo’lishi ham kerak. Chunki bizda baxtli va xotirjam hayot haqidagi tasavurrot o’zgargan.

Meni fikrimcha odamlarni charchatayotgan narsa ham aslida mana shu temir yordamchilar. Bu jonivorlar nafaqat ishingizni engil qiladi, balki miyangizning bir muncha shovqin-suronga chidab, asablarning taranglashib ishlashiga ham sabab bo’ladi.

Men gohida uyni supurgida supurgim yoki kirni qo’l bn yuvgim keladi. Jismonan charchasamda ammo qulogim tinchgina bo’ladi: pilesos, kirmoshina va hokazolarning shovqinisiz ishlaysiz. Kegin jismoniy ish odam asabiylashganida, miyasi charchaganida ayni muddao, miya va asablar uchun davo deb oylayman, odam rohatlanadi.  Nega odamlar shahar hayotidan charchashsa toqqa chiqqisi, yoki qishloqqa borgisi keladi, tzivilizatsiya yo’q joyga? Olovda ovqat pishirishni, yozni issig’ida ariq boyida idish yuvishni, bazilar yer chopgisi keladi"¦

Oddiy misol: Buvilarimizda kir yuvgani tog’orasi ham bo’lmagan. Ular supurgini qanaqasidan olsam ekan, uning uchun pul yig’ishim kerak deb qayg’urishmagan. 1-ta uyi bo’lgan,  1 supurgi butun umriga etib ortgan, 1-ta ko’ynagi, 1-ta ro’moli bo’lgan — shu xolos. Na Televizor, na telefon, na kiryuvg’ich, na qanaqa koylak kishi haqida bosh qotirish, na boshqasi. Albatta butun fikri va vaqtini bolalariga sarflagan, qolgani esa uy ishiga, sigir buzoqqa degandek. Bu atigi ko’pi bilan 100 yil oldin bo’lgan ishlar. Ishonmasangiz so’rab ko’ring buvilaringizdan.

Onalarimizda esa tog’ora bir nechta bo’lgan, kegin aylantirib beradigan kir moshinasi shuyam bazilarida.

Bizlarda-chi"¦yuvib, suvini siqib qurtib va hatto dazmollab beradigani ham bor, hamma shunisini olgisi keladi, pechlarning 100 xil turi, aralashtirg’ichniyam, pilesos olgani magazinga borsangiz boshingiz aylanadi, blender, sokchiqargich, chesnok-ezg’ich, olmani o’rtasini olib tashlag’ich, limonni birnarsa qilg’ich, yong’oqni tozalab berg’ich, banka ochg’ich, tuxumpishirg’ich(skovorodka)-ku bir bo’liml to’la turadi,  (royxatni hali ko’p davom ettirish mumkin), telefon va kompyuter haqida gapirmasak ham bo’laveradi.  Ularning ishlatishni o’zi bo’ladimi. Hamamsi informatziyalashgan. Bunaqangi ko’p informatsiyani inson miyasi qabul qilishi va hazm qilishi kerak. Bu uchun miya doimo ishlab turishi kerak. Biz charchamay kim charchasin ))), (kiyim kechak esa bu alohida va judda jiddiy mavzu)

Xullas, menda agar imkon bo’lganda shu tzivilizatsiya mevalarinig hammasidan bo’lmasada ayrimlaridan voz kechgan bo’lardim. Ayniqsa bola tarbiyasidek katta bir masuliyat paydo bo’lganda (InshoAlloh) avvalo TELEVIZORdan. Kimdir meni zamondan ortda qolgan deyishi mumkin, bu uning ishi. Men qarshi emasman taraqqiyotga, askincha, faqat bu taraqqiyot insonning jismoniy, ruhiy  va manaviy salomatligiga ziyon etkazmasligi kerak.

Jamiy texnikani inson salomatligiga zaralilik jihatidan tekshiradigan bo’lsak. Televizor yutib chiqadi.  Kun boyi newsda urush, odam o’ldirish, portlash, tokshowlaram deyarli shu, vahshiy kinolar, yolg’on seriallar (ayniqsa orzu havasni uyasi ayollar uchun), oilasini mojarosini TVga ko’tarib chiqadiganlar ham kopaygan. Biror kanalda maruza, nasihat yoki aqallan tarbiyaviy bir ko’rsatuv topolmiysiz. Bir kun ko’chada janjalni ko’rib qolsangiz 1 hafta bosh og’riq bo’lasiz. Ayollar ayniqsa tasirchan bo’lishadi. Kim men ayolimni asrayapman deb ayta oladi bulardan? Ayollik xususiyatlarini kim etiborga olayapti?

Ashnaqa ))) Qolganlarini ham aynan shu "tarozi"da o’lchab kerak yo kerak emasligini hal qilamiz InshoAlloh.

Erinmey o’qib chiqaningiz uchun rahmat.  

Qayd etilgan


Humayro  06 Dekabr 2011, 10:25:54

xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring

kelajakning kelinlari kim biladi deysiz qanday bo'lishadi, balki odamlar ular oldida bugungining nobop kelinlarini ham qobil deb eslashar.

Yili yildan yomonroq bo'lib boraveradi. Men bun gapni nabiylaringizdan eshitganman. Anas ibn Molik

Qayd etilgan


Sofdil  09 Dekabr 2011, 02:15:25

 :asl3:

Humayro fikrlarizda jon bor. No tushunmadim Orzulani kupayip ketishini bunga nima daxli bor?
Umuman "Orzu qilmay yashashni o'rgating" fikrimcha turi gap bumasa kere.

Qayd etilgan


Humayro  09 Dekabr 2011, 13:00:28

:asl3:
Humayro fikrlarizda jon bor. No tushunmadim Orzulani kupayip ketishini bunga nima daxli bor?
Umuman "Orzu qilmay yashashni o'rgating" fikrimcha turi gap bumasa kere.


Avavlao man nafsoniy orzuni nazarda tutganimni takidlab o'tmoqchiman.

Orzuyimizni ko'payib ketgani deganimning sababi biz faqat oxiri ko'rinmas o'rzu-havaslar bilan aldanib yashayapmiz, unim bo'lsa, buni olsam, uni qilsam, kimdan kamim bor, odamlardek yashasam va g'. va h.

mani so'zlarimdan ko'ra hakim va obidlarning so'zlari ishonchliroq:

Orzu - tamannoga berilmaslik eng sharafli boylikdir, orzuning o‘zi yomon bir amaldir.
Ali ibn Abu Tolib


Anas ibn Molik aytadi: "Badbaxtlik to‘rttadir: ko‘zning quruqligi, qalbning qattiqligi, orzu-havasning uzunligi, dunyoga hirs qo‘yish."

Jannatga ishtiyoqi bo‘lgan kishi dunyoda nafsoniy orzu-havaslaridan tiyilsin.
Ali ibn Abu Tolib


Bu hikmatli so'zlarga tayanish va amal qilishga intilish, shaxsiy hayotim va tajribamdan kelib chigan qarorim.

Man shunaqaman demoqchi emasman, faqat shunga intilmoqchiman. Orzulardan esa butunlaycha qutulish qiyin albatta.

Meni fikrlarimga qo'hilmaslikka esa albatta haqlisiz.

Qayd etilgan


Sofdil  10 Dekabr 2011, 00:51:42

Albatta, nafsoniy orzulani kupayip ketishi Ohirat g'amiga teskari proporsianal.
Bu borada turi fikr.

Man Diniy oilaviy hayot, shaxsiy qanaqadir Maqsad, din va vatan rivoji va hokazo boradi orzulani nazarda tuttim.
Bulasiz Musulmon kishida o'sish, harakat rivojlanish bumasa kere fikrimcha.

Chunki hamma narsani boshi to'g'ri Orzu, shu Orzuga qarab Maqsad belgilanadi, Maqsadga etish uchun reja tuzuladi i Rejaga asosan Harakat boshlanadi.


Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2011, 01:22:57

 :asl3:

Bu mavzuda uzun gaplarim bor, kutinglar:)

Qayd etilgan