Xozirgi kelinlar nimaga bunday, biz shunday edik, bunday edik-der qaynonalar...  ( 41554 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B

Ansora  20 Dekabr 2011, 18:32:21

Buning yana bir sabablaridan biri, ilgari qizlar uncha o'qimasdi, tashqarida ishlamasdi, xozirgi kunda esa ishlagan, o'qigan kelinlar...

Tabbiy holda ishlagan kelin qaynonasiday faqat uy ishlari bilan mashgu'l bo'lmaydi, tashqarini ishi, tashqaridagi odamlar, insonni kallasini yana ham charchatadi.

Qolaversa aytilganidek, vaqtni barakasi yo'q...

Qayd etilgan

muxlisa  20 Dekabr 2011, 19:38:12

Iqtibos
Onalarimiz bir vaqtlar 6-7 bola bilan, tandirda non yopib, uzoqdan suv tashib bizlarni katta qilarkanlar, nima uchun biz xozirgi kunda 1-2 bola bilan darrov charchab qolyabmiz?

Balki ular ham charchab qolishgandir, ammo noilojlikdan sabr qilib yashayverishgan bo'lsa kerak.
Balki hozirgi kelinlarga ham o'shandek ishlarni qilishga to'g'ri kelib qolsa, ular ham eplashsa kerak.

Siz stersni sabab qilibsiz, bu ham to'gri deb o'ylayman. Hozirgi zamonni talabi kotta : zamonaviy kiyinish kerak, zamonaviy yashash kerak, farzandlariga yaxshi ta'lim berish kerak va hkz... Bularga esa mablag' kerak. Bu ham tashvish.
Ishlaydigan, o'qiydigan kelinlar bor. Ish yoki o'qishdan kelib ishlarga ulgurmaslik ham bor.

Iqtibos
Yaqinda dugonamni onasi kelgandi. "Qizim, - dedilar, -kiringizni mashina yuvsa, idish tovog'ingizni mashina yuvsa, uyingizni mashina supirsa, sizga nima ish qoldi, nimaga haliyam hamma narsaga vaqt topa olmaysan?

Kelinlarga tosh otish niyatim yo'qku, lekin televizor, telefon, internet odamni juda vaqtini oladi:)

Iqtibos
Xozirgi kelinlar nimaga bunday, biz shunday edik, bunday edik-der qaynonalar...
Hali zamon kelib hozirgi kelinlar ham kelajakda o'z kelinlariga xuddi shunday derlar:)...

Qayd etilgan

ibnUyayna  20 Dekabr 2011, 20:38:28

  Onalarimizning hamma narsani o`zlarini vaqtlariga solishtirishlari kopam to`g`ri bo`masa kere dip oyliman.Chunki zamon 1 joyda turmidi,doimiy rivojlanishda bo`ladi.Kir yuvish,quritish,idish yuvish mashinasi,misrovalnofkala,pilesos hullas hammasi vaqtti tejaydi,uy bekalariga qulaylik tug`diradi.Bolalar tarbiyasi,ilm olish i ibodat qilishga kopro vaqt topishadi dip oyliman kamina.Onala ha dip kelinim ish qimidi,hamasini mashinala qvoti dyishi notogri,chunki osha mashinalari ishlatish uchunam vaqt ketadi,odamda uquv bolish kere.Hullas bula eng asosiy narsa dip oylamiman.Bunaqa texnikalaga kopchili ega emas,ayniqsa qishlo joylarda.Odam konikuvchan boladi,kelinlayam uyida qanaqa sharoit bosa shunga konikib yashuvradi mashu qurg`ur mashinalasizam.
 Hullas bula eng asosiy narsa dip oylamiman.
Asosiy narsa kelinlardegi odob-axloq,tarbiya,uy-ro`zg`or ishlariga qanchali mohirligi,oiladegi qiyinchili,kelishmovchililaga sabr qilishligi bosa kere.Yaxshi tarbiyali,diyonatli,ibodatdegi kelinni qaysi qaynona yomon didi.Mayli qaynonachali ovqat pishirolmasa,tandirda non yopolmasa,dazmolli yaxshi qilommasa...bulari qaynonasi o`zi "aldab" o`rgatvoladi keliniga.

Qayd etilgan

Abdulhafiz  20 Dekabr 2011, 21:24:30

Iqtibos
Kelinlarga tosh otish niyatim
yo'qku, lekin televizor, telefon,
internet odamni juda vaqtini
oladi:)

Ayniqsa tvdagi seriallar juda- juda ko'p vaqtni oladi(ancha oldin qayerdadir o'qigandim o'zbek telekanallarda kuniga 17 soat bir-biriga ulanib serial qo'yilarkan, hozir bilmadim), bu o'zbek xonadonlarida eng ko'p tarqalgan desam mubolag'a bo'masa kerak.

Qayd etilgan

Habib  20 Dekabr 2011, 21:38:39

Iqtibos
Balki hozirgi kelinlarga ham o'shandek ishlarni qilishga to'g'ri kelib qolsa, ular ham eplashsa kerak.

Ҳозир ҳам бор қишлоқ шароитида, свет йсқ, газ йсқ сандалга чсғ ташийди, овқатини қилади, боласига қарайди, жойини солади, йиғади, срта тонгда қайнота-қайнонасига таҳорат суви тайёрлайди, нон ёпади, кир ювади...сх давом сттирайми?
Мана шулар ТЕМИА  ХОТИА! Дунёдаги снг сабрли аёллар бизда бслса керак.

Qayd etilgan

Ansora  24 Dekabr 2011, 14:23:01

Ilgari kelin, qaynona birga o'tirilardi, xozirgi kunda bunday holatlar faqat qishloqlarda qolgan bu yerlarda. Kelin ish qilganda qaynona, qaynota yoki uyda kim bo'lsa bolaga qaragan, kelin bemalol ishlarini yetkazgan. Xozir esa, asosan alohida yashalgani uchun kelinni bir o'zi bolag qarasinmi, uy ishi qilsinmi:)

Qayd etilgan

ibnUyayna  24 Dekabr 2011, 14:30:02

 bolagayam qarasin,uyyi ham eplasin..

Qayd etilgan

azizbek_mx  24 Dekabr 2011, 21:57:30

"Bormaaa kuyasan... Qooch kuyasaan... Ana kuydiing!.. Yopishib qoldimi?!.." degandaymi :D

Qayd etilgan

Mahdiyah  08 Yanvar 2012, 12:48:14

IbnUyayna ning fikrlariga qo'shilgan xolda aytmoqchiman:

Hamma zamonda bo'lgan qaynona kelini ustidan shikoyat qilgani.
Bizni ham onalarimiz qachonlardir dakki eshitganlar qaynonalaridan, hech kim buni rad qila olmaydi.
Chunki ikki begona insonni 1 kun ichida chiqishib ona-bola bo'lib ketishlari juda qiyin, ayniqsa 1 uyda yashasalar.
Alloh ikki qalbni bir biriga mahbub qilish uchun nikohni berdi.
Kelin turmush o'rtog'iga nikoh orqali yaqin, xatto ota-onasidan ham yaqin bo'lib ketadi. Bu Allohning bir ne'mati, mo'jizasidir.
Lekin qaynona va uydagi boshqa qarindoshlarga bo'lgan mehr sekin-asta, vaqt o'tib xosil bo'ladi, yoki teskarisi, Alloh asrasin.

Gap bu yerda texnikada emas manimch ham, balki bir - birlarini tushunishda.
Oldingilar ishlatmagan texnikani, lekin hammasiga ulgurgan.
Bu gap to'g'ri.
Kapalak opa etganlaridek oldingilar oqimagan, ishlamagan, balki shunga ulgurgandir.
Bu ham to'g'ri. Xozir deyarli ko'p ayollarimiz ishlaydilar ham o'qiydilar ham, uy, bola-chaqa.
Ayol kishini o'qishiga qarshi emasman.
Lekin pul uchun ko'chada ishlashiga qarshiman.
Bu saxsan mani fikrim!
Chunki ayol qancha ko'p vaqti ko'chada o'tsa, shuncha ko'p uyidan uzoqlashadi.
Kn ko'chani ishiga o'rgangan ayol uyda o'tirgisi kelmaydi.
 
Qayd etilgan

azizbek_mx  08 Yanvar 2012, 13:29:28

Ko`z tegmasin, oyijonim hali birontayam kelinlaridan nolimadilar. Kattasi-ku, o`z jiyanlari, kamchiligidan allbatta ko`z yumib ketmasalayam, lekin to`g`ri tushuntirib yuradila. Ikkinchisi endi begona, bunisi "ov"da qo`lga tushgan ;D bundan ham hali norozi bo`lganlarini bilmayman. faqat gohida "ko`proq-ko`proq ovqatlaning, issiqroq kiyining, o`zizi ehtiyot qiling" deb "koyishlari"ni eshitib qolamiz xolos.

Qayd etilgan