Muallif Mavzu: Xozirgi kelinlar nimaga bunday, biz shunday edik, bunday edik-der qaynonalar...  ( 40767 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
IbnUyayna ning fikrlariga qo'shilgan xolda aytmoqchiman:

Hamma zamonda bo'lgan qaynona kelini ustidan shikoyat qilgani.
Bizni ham onalarimiz qachonlardir dakki eshitganlar qaynonalaridan, hech kim buni rad qila olmaydi.
Chunki ikki begona insonni 1 kun ichida chiqishib ona-bola bo'lib ketishlari juda qiyin, ayniqsa 1 uyda yashasalar.
Alloh ikki qalbni bir biriga mahbub qilish uchun nikohni berdi.
Kelin turmush o'rtog'iga nikoh orqali yaqin, xatto ota-onasidan ham yaqin bo'lib ketadi. Bu Allohning bir ne'mati, mo'jizasidir.
Lekin qaynona va uydagi boshqa qarindoshlarga bo'lgan mehr sekin-asta, vaqt o'tib xosil bo'ladi, yoki teskarisi, Alloh asrasin.

Gap bu yerda texnikada emas manimch ham, balki bir - birlarini tushunishda.
Oldingilar ishlatmagan texnikani, lekin hammasiga ulgurgan.
Bu gap to'g'ri.
Kapalak opa etganlaridek oldingilar oqimagan, ishlamagan, balki shunga ulgurgandir.
Bu ham to'g'ri. Xozir deyarli ko'p ayollarimiz ishlaydilar ham o'qiydilar ham, uy, bola-chaqa.
Ayol kishini o'qishiga qarshi emasman.
Lekin pul uchun ko'chada ishlashiga qarshiman.
Bu saxsan mani fikrim!
Chunki ayol qancha ko'p vaqti ko'chada o'tsa, shuncha ko'p uyidan uzoqlashadi.
Kn ko'chani ishiga o'rgangan ayol uyda o'tirgisi kelmaydi.
 


Ko`z tegmasin, oyijonim hali birontayam kelinlaridan nolimadilar. Kattasi-ku, o`z jiyanlari, kamchiligidan allbatta ko`z yumib ketmasalayam, lekin to`g`ri tushuntirib yuradila. Ikkinchisi endi begona, bunisi "ov"da qo`lga tushgan ;D bundan ham hali norozi bo`lganlarini bilmayman. faqat gohida "ko`proq-ko`proq ovqatlaning, issiqroq kiyining, o`zizi ehtiyot qiling" deb "koyishlari"ni eshitib qolamiz xolos.

Zotan aqlli qaynona oilasidagi, kelini bilan orasidagi hech qanday noxush narsani sezdirmaydi:)

MUSLIM_uz

  • BoBuR
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 131
  • -oldi: 133
  • Xabarlar: 263
  • Jins: Erkak
  • Namoz mo'minning meroji!
 katta Holamla aytkandila adashmasam hama singillarga.
Kelinlarinadan kup narsa talap qlmana uz holiga quyina ayniqsa man unday qlganman bunday ishlarni qlardim db ularni qulidan kelmasligi mumkun chunki sizdan keygni avlod sizdan zaiflashib boradi.. Db maslahat bergandla holalarmga uziyam 6 holam borlada
Gar qullar keksayib qolishsa kuchdan
Hojasi ozot qilar kursatib himmat.
Lek sen holiqim avlosan uz karaming ila qullikta kechti umrim
Ozod et jahannamingdan!!!

Mahdiyah

  • HIDOYAT ALLOHDAN...
  • Global Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 5209
  • -oldi: 4920
  • Xabarlar: 4369
  • Jins: Ayol
  • Allohim! O'zingdan o'zgaga muxtoj qilmagin...
Ko`z tegmasin, oyijonim hali birontayam kelinlaridan nolimadilar. Kattasi-ku, o`z jiyanlari, kamchiligidan allbatta ko`z yumib ketmasalayam, lekin to`g`ri tushuntirib yuradila. Ikkinchisi endi begona, bunisi "ov"da qo`lga tushgan ;D bundan ham hali norozi bo`lganlarini bilmayman. faqat gohida "ko`proq-ko`proq ovqatlaning, issiqroq kiyining, o`zizi ehtiyot qiling" deb "koyishlari"ni eshitib qolamiz xolos.

Ko'p qaynolalar odatda kelindan noliydilar. (Shuning uchun ham shu kabi mavzu ochilganda :) )
Juda kamchilik qaynonalar nolimaydilar. Atrofga yaxshiroq qarasak buni yaqqol ko'ramiz.
Shu o'rinda kelinlarning ham ko'pi o'z qaynonalaridan rozi emasliklarini ko'ramiz.
Bu albatta ikki tarafning farosatiyu, hulq-atvoriga bog'liq manimcha.

Mufazzala

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 476
  • -oldi: 492
  • Xabarlar: 212
xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring


 :asl3:

Agar kelinini ko'ra olsa(chunki ular alohida yashaydi, zamonaviyda chunki)shunday desa kerak:
-Polonchixon, o'g'limni rosa sog'indim, bir moshinezda opkelib ko'rsatib keting, iltimos :)

xojarnur

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 104
  • -oldi: 34
  • Xabarlar: 29
  • Riyodan va jamiki gunohlardan O'zing asra Robbim.
 :asl3:
Men kelinlar tarafdaman.
Kelin bo'lmish,yangi uyga kelganda bu uydagilarga nima ham zulm qilishi mumkin.
Ba'zilar kelinim undoq,kelinim bundoq deb nolishadi.
Kelin o'zi yangi uyga kelganida har bir qadamini ehtiyot qilib yursa.
Uzimni yangam menga biror marta qattiq gapirgan/i yo'q, agar men gapirsam edi,gapirardilar.
Onamlarku bizga qattiq gapisra/ gapiradi/,yangamga  gapirmayd/.
Agar qattiq gapirib o'zlarini yomon ko'rsatganlarida ,kelin/i ham yomon muomala qilgan bo'lardi/.

Lekin bu haqda gap ketganida doim bir narsani o'yliyman,Oisha onamizni qaynonalari bilan yashab ko'magan/. balki bu masala to'liq yechilmagandir,yechilmas ham, vallohu a'lam.
La ilaha illalloh! Hamd egasi yolg'iz Allohdir. Xulqimizni Qur'on qilsin.O'limimizni  lazzat qilsin. Qabrimizni Jannat bog'chalaridan bir bog'cha qilsin.Qiyomatda Kavsar bo'yida uchrashadigan Muhammad s.a.v ummatiqilsin. Jannatda Rasuli s.a.v. ga qo'shni qilsin Robbim. Amin.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
 :asl3:


Qaynonalar hech narsa demay qo'yishdimi deyman :D

Tistak

  • Newbie
  • *
  • Rahmat
  • -aytdi: 2
  • -oldi: 13
  • Xabarlar: 19
  • Jins: Ayol
  • Kimgadur yoqar lola.Kim atirgul shaydosi
:asl3:


Qaynonalar hech narsa demay qo'yishdimi deyman :D

Qaynonlar ham "Kelining tinch, sen tinch" qabilidagi hayotni afzal bilib kelinlarni tezlikda alohida qilib o'zga uyga (gohida o'zga yurtga ham) kuzatib qo'yishni ma'qul ko'rishyabdi hozir.

bir_qizcha

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 42
  • -oldi: 132
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Ayol
Assalomu alaykum


Hali bu mavzuga yozishga erta bo'lsa ham,ojizona fikrimni bildirib o'tmoqchiman.
Xalqimizda (qo'pol bo'lsa ham ),..... yuki yengil bo'lsa,yotag'on bo'ladi degan gap bor.Bu bilan aslo insonni hayvonga teng qilib,kelinlarni dangasaga chiqarmoqchi emasman.
Faqat mana shu naqlda sal bo'lsa ham jon bor.Odamzot har narsaga ko'nadi,o'rganadi agar kerak bo'lsa.
Hozirda ham hatto 5-6 bolani uyda dunyoga keltirib,qaynona-qaynotani hizmatini qilib yurgan kelinlarni eshitganman.
Qishloq joylarida yumushlar huddi avvalgidek,mana ular ulgurishyapti.
Ishlab,o'qiguvchi kelinlar balki mustasnodir.
Lekin odamzot hamma narsaga ko'nadi,o'rganadi.Agarki kerak bo'lsa.
Iymon bizni odam qildi!

ossiyobinti

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 60
  • -oldi: 546
  • Xabarlar: 461
  • Jins: Ayol
bir_qizcha xalqimizda ajoyib maqol bor  hamma qol barobarmas tashqaridan turib fikr bildirish onson, shu vaziyatga tushib kormaguncha!
Viloyatlada bilmadimku ayni vaqtta toshkenti azimda bunaqa narsala judayam kopaygandan kopayib borvotdi, mol dunyoga shunaqa och bop ketvotiki ulani korib odam hayron qoladi! Qaynona kelin mavzusi hich qachon tuganlanmagan mavzu bolib qolsa kere  :)

bir_qizcha

  • Full Member
  • ***
  • Rahmat
  • -aytdi: 42
  • -oldi: 132
  • Xabarlar: 103
  • Jins: Ayol
osiyobinti men qaynona-kelin munosabati haqida emas vaqt va yumush haqida fikr bildirdim.
O'sha qo'polgina maqolni,ishimizni yengillatuvchi shuncha tehnika bo'lsa ham charchab,ulgura olmayotganimiz sababi deb bilaman (:
Albatta bu shaxsiy fikr,siz ham o'z fikrizda haqsiz albatta.

Iymon bizni odam qildi!

_IYMONA_

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 836
  • -oldi: 944
  • Xabarlar: 604
  • Jins: Ayol
Shuncha yil yalab-yulqab boqqan o'g'lini bir "begona"ni qo'yniga qo'sh-qo'llab topshirib qo'yish  ham oson ish emas  :)
O'zini kelinlik davri bilan hozirgi kelinini solishtirmaydigan qaynonaning o'zi yo'q!
Asosiysi, sabr qilib, murosayi-madora qilib yashash.
Bu hamma solishtirishlar, kelinining xizmatlaridan ko'ngli to'lmasligining zamirida aslida o'g'lini kelindan rashk qilish tuy'gusi yashirinib yotibdi. Rashk tuyg'usi esa har bir onada bor.
Balki qachonlardir kelib, biz ham kelinimizni yoshlik paytimizdagi ko'rgan qiyinchiliklarimiz bilan solishtirmaymiz deb hech kim kafolat bermaydi...
Albatta kelinlarniyam tushunish kerak.
« So'nggi tahrir: 27 Fevral 2013, 09:24:55 muallifi _IYMONA_ »

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
institutda bir domlamiz bo'lardi shuni bir gapi hech esimdan chiqmaydi
-Xotinim kelinni hadeb yomonlayotganda indamey eshitamanda keyin "ko'rdingmi seni ko'zingga aytganini ko'nglingdagide qimaganiga qanchalik xunuk ko'rinyapti sen ham bir paytlar ayami ko'ziga shunaqa olaboji bo'lib ko'ringansan" diman va xotinim "o'chadi"
-Xotining ko'nglingdagidey chiqmadimi ko'zingni ko'r qulog'ingni kar qil baribir bu xotinni o'zgartirolmaysan. Ikkinchi turmush esa to'rt mush bo'ladi buni hayolingdan chiqar. Undan ko'ra xotiningni bir kamchiligini ko'rsang o'zingni o'n kamchiliginni o'yla shunda o'zing ham farishta emasligingni his qilib, xotining ham senga o'xshagan gunohkkor banda ekanligini tushunasan. Sen xoxlagan ideal xotin faqat ertaklarda va hind kinolarida bo'ladi(bunisi kuyovlarga ta'luqli)

Muxsiya

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 18
  • -oldi: 484
  • Xabarlar: 997
to'g'ri aytasiz shu joyda bir o'zbek maqolini qo'llashni lozim topdim "Qaynonali kelin qarqara kelin qaynonasiz kelin masxara kelin" menimcha qaynonalar kelinidan ayb qidirayotganida o'zining kelinlik vaqtida qilgan xatolari uchun eshitgan  dakkilarini, qaynonasi uni tinmay o'g'liga yomonlab ko'rsatganda qanchali dili og'riganini o'ylasa va shuni hozir birovning jigarporasiga ravo ko'rayotganligi haqida fikr yuritsa, kelinlar esa bir kun kelin qaynona o'lganida kelin o'g'lini o'zi tomonga og'dirib olib o'ziga qarshi qilib qo'yishi, o'g'li ungamas keliniga ishonib unga ozor berishi va muhimi bularning barchasi o'ziga qaytishini birozo'ylasa o'rtada hech qande muammo bo'lmaydi

 

Tarbiya nimaga bog'liq..?

Muallif RobiyaBo'lim Ma'rifat

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 24434
So'nggi javob 07 Dekabr 2010, 23:51:17
muallifi Saliha
Sobir O'nar. Dunyo shunday tururmi? (qissa)

Muallif AbdulAzizBo'lim O'zbek nasri

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 9411
So'nggi javob 07 Fevral 2010, 11:58:56
muallifi Robiya
ISLOMDA KIM NIMAGA MUHTOJ?

Muallif ajmiyBo'lim Umumiy

Javoblar: 8
Ko'rilgan: 4940
So'nggi javob 12 Mart 2009, 00:16:03
muallifi Afruza
"Oshxonada bir marta shunday qiziq voqea bo'lgandi" deydiganlar bormi:)

Muallif AnsoraBo'lim Pazandalik

Javoblar: 24
Ko'rilgan: 10325
So'nggi javob 15 Mart 2013, 11:18:37
muallifi Muxsiya
Ichingdagini top(yoki nega … shunday?) !

Muallif Mutaallim-2010Bo'lim Umumiy

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2472
So'nggi javob 22 Iyun 2011, 23:26:26
muallifi Mutaallim-2010