Xozirgi kelinlar nimaga bunday, biz shunday edik, bunday edik-der qaynonalar...  ( 52452 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  01 Dekabr 2011, 14:05:48

Assalomu alaykum.

Bu mavzuda tilga olingan masalani butun kelinlar eshitgan,desam adashmayman.

Chunki albatta yo qaynonasi, yoki o'z onasi, yaqinlaridagi yoshi kattaroq ayollar buni aytib o'tishadi.

Yaqinda dugonamni onasi kelgandi. "Qizim, - dedilar, -kiringizni mashina yuvsa, idish tovog'ingizni mashina yuvsa, uyingizni mashina supirsa, sizga nima ish qoldi, nimaga haliyam hamma narsaga vaqt topa olmaysiz?"

Men bu savolni ilgari ham eshitganim uchun faqat kulimsiradim. Birgina aytgan gapim shu bo'ldi: "Xola, xozirgi paytda stres judayam ko'p, bu bizni eng katta dushmanimiz"

Xo'sh, siz bu mavzuda nima deysiz?

Onalarimiz bir vaqtlar 6-7 bola bilan, tandirda non yopib, uzoqdan suv tashib bizlarni katta qilarkanlar, nima uchun biz xozirgi kunda 1-2 bola bilan darrov charchab qolyabmiz?

Mavzu bir-birimizga hurmat doirasida tortishuv uchun hammaga ochiq:)

Marhamat!

Qayd etilgan


Habib  01 Dekabr 2011, 14:30:43

Мени онам ҳам доим шундай дейдилар. "Сенларни битта памперссиз катта қилган сканман, сутим ҳам етарли сди, Аестле кашага сҳтиёж ҳам йсқ сди," ва сна бошқалар ҳақида гапирадилар.
Чиндан ҳам, авваллари памперс, кир мошина, микротслқинли печ, аралаштиргич(миксер) ва бошқа ёрдамчи воситалар бслмаган. Аммо аёллар сплаган сшанда ҳам оиласини, ҳам ишини.
Ҳозирчи, ҳозир шундай қулайликлар бслиб туриб ҳам ксп оилаларда етишмовчиликлар, уруш-жанжаллар бслиб туради.
Яна онам:"Ҳамма нарсаси бисёр бслган оилаларда кспроқ жанжаллар бслади, рсзғорини учма-уч еткизадиган оилалар сса  бундан мустасно деб сйлайман. Чунки уларнинг урушгани вақти бслмайди, бир-бирига таснч, суснч бслиб оилани ривожлантиришга ҳаракат қилишади." дейдилар.

Илоҳо, ҳаммани оиласи тинч бслсин. А сзғоримизда кам бслса бслсин, оилаларимизда камчилик бслмасин!
 

Qayd etilgan


Sofdil  01 Dekabr 2011, 16:54:06

Serialladan jovoppi qidirila ayolllllllar :)

Qayd etilgan


Donishmand  01 Dekabr 2011, 17:10:50

:) Mavzu zo'rku!
Assalomu alaykum!
Nima ham derdik, faqat misollar bilan cheklanamiz holos:
Olloh rahmatiga olgan bo'lsin, buvim aytardilar: "Dadangni 95kg(!) paxta terib kelib, o'sha kuni kechki payt tuqqanman", - deb.
Bolaligimni eslasam, onam har kuni ertalab soat 5:30da dadamni ishga kuzatardilar, ungacha nonushtasini tayyorlash, kiyimlarini dazmollash (har kuni dazmol qilinardi), mashinani yurgizib, artib ham qo'yishga ulgurardilar. Dadamdan keyin biz - to'rtta farzandni uyg'otib, yuz-qo'llarini yuvib, nonushta qildirib, kiyintirib (mana shunisi ko'p vaqt olardi manimcha, hamma injiq edi) birimizni bog'chaga, birimizni maktabga kuzatardilar. Ungacha hovlini supurib, sigirni sog'ishga ham vaqt bo'lardi, chunki nonushtaga bizga sut bo'lishi kerak. Kun ora tandirda non ham yopardilar, ertalabda (hamirini kechasi soat uchlarda qorilardi). Keyin o'zlari ham ishga borardilar.
Hozir "shularga qanday ulgurardingiz, ona?" - desam, indamay kulib qo'yadilar. Olloh umrlarini ziyoda qilsin!

Qayd etilgan


Зайнаб  01 Dekabr 2011, 19:03:31

Hozir "shularga qanday ulgurardingiz, ona?" - desam, indamay kulib qo'yadilar. Olloh umrlarini ziyoda qilsin!


:vsl3: Омин, онангиз саломат бслсинлар!

Узоққа бормай қсс қолайлик, бундан 10 йил олдин ҳам ҳозиргидек енгиллик йсқ сдику :)

Qayd etilgan


Yaratganga shukr  02 Dekabr 2011, 03:49:29

xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring

Qayd etilgan


Aqoid  02 Dekabr 2011, 05:36:48

Serialladan jovoppi qidirila ayolllllllar :)

Aynan.

Qayd etilgan


Lu`lu`  02 Dekabr 2011, 07:07:00

xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring
ИншаАллох, ман келинимга " Болам, оилага файз - баракани узаро ишонч, мухаббат ва садокат олиб киради.
Янги мехмон кабисиз, атрофиздаги феъл - атворлилардан булган хайрату саволларизга хайрихох булсангиз, жавобни аста-аста топволасиз. Сизни рози булиб олдик, сиз хам рози булиб келдиз, Аллох жумламиздан рози булсин.
Камчилигизни курсам ктиздан тугирлаб кетаман, мандан утса, сиз ёпиб кетинг, болам. Шунда уртадан мехр кутарилмайди" дердим.
Манимча, етади-а?  ::)
Куп гап .... юк , дейишадику  :3

Qayd etilgan


Maysara  05 Dekabr 2011, 02:38:26

Камчилигизни курсам кeтиздан тугирлаб кетаман, мандан утса, сиз ёпиб кетинг, болам.
mana shu narsa oiladagi tinchlikni deyarli 100% ta'minlaydi. Lekin bu faqat qaynana-kelin orasida emas, er-hotin örtasida ham bölishi shart. Chunki Qur'oni Karimda aytilgan, er-hotin bir-biriga libos ekanligi haqida.

Qayd etilgan


BelleQizcha  05 Dekabr 2011, 02:51:13

Qaynanam kop gapiradi,  uyiga chiqsam ish qildirmiydiyu lekin otqizganiym qoymiydi.. tilvozor orgulu yoqib berin, uzbekcha kino koraman, tutash taqdirlarni qoyib berin, hoh-inoni qoyib berin, ozodbeki qoyib berin, shu-de...
hop dib qoyib beramanu lekin qoyib berishim bilan uxlab qoladi turib yana shu holat... uyimda tinchroman, ogli-ku unaqa mas bilmadim nega onasi unaqa chota nepomnish...

Qayd etilgan