Xozirgi kelinlar nimaga bunday, biz shunday edik, bunday edik-der qaynonalar...  ( 52495 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  08 Yanvar 2012, 13:35:57

IbnUyayna ning fikrlariga qo'shilgan xolda aytmoqchiman:

Hamma zamonda bo'lgan qaynona kelini ustidan shikoyat qilgani.
Bizni ham onalarimiz qachonlardir dakki eshitganlar qaynonalaridan, hech kim buni rad qila olmaydi.
Chunki ikki begona insonni 1 kun ichida chiqishib ona-bola bo'lib ketishlari juda qiyin, ayniqsa 1 uyda yashasalar.
Alloh ikki qalbni bir biriga mahbub qilish uchun nikohni berdi.
Kelin turmush o'rtog'iga nikoh orqali yaqin, xatto ota-onasidan ham yaqin bo'lib ketadi. Bu Allohning bir ne'mati, mo'jizasidir.
Lekin qaynona va uydagi boshqa qarindoshlarga bo'lgan mehr sekin-asta, vaqt o'tib xosil bo'ladi, yoki teskarisi, Alloh asrasin.

Gap bu yerda texnikada emas manimch ham, balki bir - birlarini tushunishda.
Oldingilar ishlatmagan texnikani, lekin hammasiga ulgurgan.
Bu gap to'g'ri.
Kapalak opa etganlaridek oldingilar oqimagan, ishlamagan, balki shunga ulgurgandir.
Bu ham to'g'ri. Xozir deyarli ko'p ayollarimiz ishlaydilar ham o'qiydilar ham, uy, bola-chaqa.
Ayol kishini o'qishiga qarshi emasman.
Lekin pul uchun ko'chada ishlashiga qarshiman.
Bu saxsan mani fikrim!
Chunki ayol qancha ko'p vaqti ko'chada o'tsa, shuncha ko'p uyidan uzoqlashadi.
Kn ko'chani ishiga o'rgangan ayol uyda o'tirgisi kelmaydi.
 


Ko`z tegmasin, oyijonim hali birontayam kelinlaridan nolimadilar. Kattasi-ku, o`z jiyanlari, kamchiligidan allbatta ko`z yumib ketmasalayam, lekin to`g`ri tushuntirib yuradila. Ikkinchisi endi begona, bunisi "ov"da qo`lga tushgan ;D bundan ham hali norozi bo`lganlarini bilmayman. faqat gohida "ko`proq-ko`proq ovqatlaning, issiqroq kiyining, o`zizi ehtiyot qiling" deb "koyishlari"ni eshitib qolamiz xolos.

Zotan aqlli qaynona oilasidagi, kelini bilan orasidagi hech qanday noxush narsani sezdirmaydi:)

Qayd etilgan


MUSLIM_uz  08 Yanvar 2012, 13:44:52

 katta Holamla aytkandila adashmasam hama singillarga.
Kelinlarinadan kup narsa talap qlmana uz holiga quyina ayniqsa man unday qlganman bunday ishlarni qlardim db ularni qulidan kelmasligi mumkun chunki sizdan keygni avlod sizdan zaiflashib boradi.. Db maslahat bergandla holalarmga uziyam 6 holam borlada

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Yanvar 2012, 13:50:27

Ko`z tegmasin, oyijonim hali birontayam kelinlaridan nolimadilar. Kattasi-ku, o`z jiyanlari, kamchiligidan allbatta ko`z yumib ketmasalayam, lekin to`g`ri tushuntirib yuradila. Ikkinchisi endi begona, bunisi "ov"da qo`lga tushgan ;D bundan ham hali norozi bo`lganlarini bilmayman. faqat gohida "ko`proq-ko`proq ovqatlaning, issiqroq kiyining, o`zizi ehtiyot qiling" deb "koyishlari"ni eshitib qolamiz xolos.

Ko'p qaynolalar odatda kelindan noliydilar. (Shuning uchun ham shu kabi mavzu ochilganda :) )
Juda kamchilik qaynonalar nolimaydilar. Atrofga yaxshiroq qarasak buni yaqqol ko'ramiz.
Shu o'rinda kelinlarning ham ko'pi o'z qaynonalaridan rozi emasliklarini ko'ramiz.
Bu albatta ikki tarafning farosatiyu, hulq-atvoriga bog'liq manimcha.

Qayd etilgan


Mufazzala  05 Sentyabr 2012, 08:24:07

xozirgi kelinla qaynona bulsa nima derkan kelinlariga:)))) bir tasavur qip  kuring


 :asl3:

Agar kelinini ko'ra olsa(chunki ular alohida yashaydi, zamonaviyda chunki)shunday desa kerak:
-Polonchixon, o'g'limni rosa sog'indim, bir moshinezda opkelib ko'rsatib keting, iltimos :)

Qayd etilgan


xojarnur  05 Sentyabr 2012, 12:18:47

 :asl3:
Men kelinlar tarafdaman.
Kelin bo'lmish,yangi uyga kelganda bu uydagilarga nima ham zulm qilishi mumkin.
Ba'zilar kelinim undoq,kelinim bundoq deb nolishadi.
Kelin o'zi yangi uyga kelganida har bir qadamini ehtiyot qilib yursa.
Uzimni yangam menga biror marta qattiq gapirgan/i yo'q, agar men gapirsam edi,gapirardilar.
Onamlarku bizga qattiq gapisra/ gapiradi/,yangamga  gapirmayd/.
Agar qattiq gapirib o'zlarini yomon ko'rsatganlarida ,kelin/i ham yomon muomala qilgan bo'lardi/.

Lekin bu haqda gap ketganida doim bir narsani o'yliyman,Oisha onamizni qaynonalari bilan yashab ko'magan/. balki bu masala to'liq yechilmagandir,yechilmas ham, vallohu a'lam.

Qayd etilgan


Ansora  06 Yanvar 2013, 14:10:29

 :asl3:


Qaynonalar hech narsa demay qo'yishdimi deyman :D

Qayd etilgan


Tistak  06 Yanvar 2013, 18:06:43

:asl3:


Qaynonalar hech narsa demay qo'yishdimi deyman :D

Qaynonlar ham "Kelining tinch, sen tinch" qabilidagi hayotni afzal bilib kelinlarni tezlikda alohida qilib o'zga uyga (gohida o'zga yurtga ham) kuzatib qo'yishni ma'qul ko'rishyabdi hozir.

Qayd etilgan


bir_qizcha  06 Yanvar 2013, 23:39:24

Assalomu alaykum


Hali bu mavzuga yozishga erta bo'lsa ham,ojizona fikrimni bildirib o'tmoqchiman.
Xalqimizda (qo'pol bo'lsa ham ),..... yuki yengil bo'lsa,yotag'on bo'ladi degan gap bor.Bu bilan aslo insonni hayvonga teng qilib,kelinlarni dangasaga chiqarmoqchi emasman.
Faqat mana shu naqlda sal bo'lsa ham jon bor.Odamzot har narsaga ko'nadi,o'rganadi agar kerak bo'lsa.
Hozirda ham hatto 5-6 bolani uyda dunyoga keltirib,qaynona-qaynotani hizmatini qilib yurgan kelinlarni eshitganman.
Qishloq joylarida yumushlar huddi avvalgidek,mana ular ulgurishyapti.
Ishlab,o'qiguvchi kelinlar balki mustasnodir.
Lekin odamzot hamma narsaga ko'nadi,o'rganadi.Agarki kerak bo'lsa.

Qayd etilgan


ossiyobinti  07 Yanvar 2013, 01:26:23

bir_qizcha xalqimizda ajoyib maqol bor  hamma qol barobarmas tashqaridan turib fikr bildirish onson, shu vaziyatga tushib kormaguncha!
Viloyatlada bilmadimku ayni vaqtta toshkenti azimda bunaqa narsala judayam kopaygandan kopayib borvotdi, mol dunyoga shunaqa och bop ketvotiki ulani korib odam hayron qoladi! Qaynona kelin mavzusi hich qachon tuganlanmagan mavzu bolib qolsa kere  :)

Qayd etilgan


bir_qizcha  07 Yanvar 2013, 20:39:06

osiyobinti men qaynona-kelin munosabati haqida emas vaqt va yumush haqida fikr bildirdim.
O'sha qo'polgina maqolni,ishimizni yengillatuvchi shuncha tehnika bo'lsa ham charchab,ulgura olmayotganimiz sababi deb bilaman (:
Albatta bu shaxsiy fikr,siz ham o'z fikrizda haqsiz albatta.


Qayd etilgan