Xozirgi kelinlar nimaga bunday, biz shunday edik, bunday edik-der qaynonalar...  ( 52497 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


_IYMONA_  27 Fevral 2013, 09:05:14

Shuncha yil yalab-yulqab boqqan o'g'lini bir "begona"ni qo'yniga qo'sh-qo'llab topshirib qo'yish  ham oson ish emas  :)
O'zini kelinlik davri bilan hozirgi kelinini solishtirmaydigan qaynonaning o'zi yo'q!
Asosiysi, sabr qilib, murosayi-madora qilib yashash.
Bu hamma solishtirishlar, kelinining xizmatlaridan ko'ngli to'lmasligining zamirida aslida o'g'lini kelindan rashk qilish tuy'gusi yashirinib yotibdi. Rashk tuyg'usi esa har bir onada bor.
Balki qachonlardir kelib, biz ham kelinimizni yoshlik paytimizdagi ko'rgan qiyinchiliklarimiz bilan solishtirmaymiz deb hech kim kafolat bermaydi...
Albatta kelinlarniyam tushunish kerak.

Qayd etilgan


Muxsiya  28 Fevral 2013, 18:16:55

institutda bir domlamiz bo'lardi shuni bir gapi hech esimdan chiqmaydi
-Xotinim kelinni hadeb yomonlayotganda indamey eshitamanda keyin "ko'rdingmi seni ko'zingga aytganini ko'nglingdagide qimaganiga qanchalik xunuk ko'rinyapti sen ham bir paytlar ayami ko'ziga shunaqa olaboji bo'lib ko'ringansan" diman va xotinim "o'chadi"
-Xotining ko'nglingdagidey chiqmadimi ko'zingni ko'r qulog'ingni kar qil baribir bu xotinni o'zgartirolmaysan. Ikkinchi turmush esa to'rt mush bo'ladi buni hayolingdan chiqar. Undan ko'ra xotiningni bir kamchiligini ko'rsang o'zingni o'n kamchiliginni o'yla shunda o'zing ham farishta emasligingni his qilib, xotining ham senga o'xshagan gunohkkor banda ekanligini tushunasan. Sen xoxlagan ideal xotin faqat ertaklarda va hind kinolarida bo'ladi(bunisi kuyovlarga ta'luqli)

Qayd etilgan


Muxsiya  01 Mart 2013, 13:27:45

to'g'ri aytasiz shu joyda bir o'zbek maqolini qo'llashni lozim topdim "Qaynonali kelin qarqara kelin qaynonasiz kelin masxara kelin" menimcha qaynonalar kelinidan ayb qidirayotganida o'zining kelinlik vaqtida qilgan xatolari uchun eshitgan  dakkilarini, qaynonasi uni tinmay o'g'liga yomonlab ko'rsatganda qanchali dili og'riganini o'ylasa va shuni hozir birovning jigarporasiga ravo ko'rayotganligi haqida fikr yuritsa, kelinlar esa bir kun kelin qaynona o'lganida kelin o'g'lini o'zi tomonga og'dirib olib o'ziga qarshi qilib qo'yishi, o'g'li ungamas keliniga ishonib unga ozor berishi va muhimi bularning barchasi o'ziga qaytishini birozo'ylasa o'rtada hech qande muammo bo'lmaydi

Qayd etilgan