Muallif Mavzu: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...  ( 52398 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #15 : 05 Yanvar 2012, 18:18:43 »
 :asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #16 : 06 Yanvar 2012, 09:43:14 »
:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #17 : 06 Yanvar 2012, 17:48:58 »
U har kuni kechga yaqin xonasida o'tirib olib o'ylardi, o'tga kunlarini o'ylardi... Nima qildi shu kungacha... Nimalarga erishdi-yu, nima yo'qotdi... Nimalar qoldi...
Bosib o'tgan yo'llari Ollohning  irodasimi, yoki harakatiga yarasha nasibami, intilganlarining samarasimi, dangasalik qilganining jazosimi... Boshqacha bo'lishi ham mumkinmidi, yoki taqdir atalmish peshonaga yozilgani shumi?!...
So'nggi o'tgan olti oy eng qiyini bo'ldi. Olti yilda topganlarni mana shu olti oy ichida qurbon qilayozdi...
Bir-bir ko'z oldidan o'tadi...
Talabalik davridan qadrdon aka-ukadek bo'lib ketgan do'stlaridan taklif-iltimos tushdi. Firmalariga buyurtmalar ko'payib ketgan ekan. Ham yordam, ham daromad deganday... Yo'q demadi taklifga, demasdi, deyolmasdi ham. Hamma ishlarini yig'ishtirib, uch kunda ularning oldiga yetib bordi. O'n kunda hal qila oladigan ishi ustida bir haftagina ishlay oldi holos. Keyin do'stlariga yuk bo'lgani qoldi - bir oy!...
Bu boshlanishi edi...
Ko'pchilik uchun "zo'r mutahasis" edi u. Qo'ng'iroq qilishdi:
- Allo! Falon joyda shunday-shunday yig'ilish bor, yangi mahsulot chiqarish bo'yicha. Siz ham borishingiz kerak. Va shu ishning ustida turmog'ingiz lozim...
Bordi, lekin chidamadi, ko'p turolmadi. Tursada o'ziga ziyon qilardi. Hech kimga indamay ketdi... Odamlarning ko'ngli soviganday bo'ldi undan.
Ishlab o'tirganida xonaga besh yilda qadrdonlarday bo'lib ketgan bir aka kirdi, yonida yoshroq sherigi bilan. Kutib olish uchun o'rnidan turishga kuch topa olganidan ichida hursand bo'ldi. Aka iltimosining bir haftada bajarilishini eshitgach undan qattiq hafa bo'ldi, aytgan gapi esa:
- O'zgarib ketibsiz, odam bunday bo'lmaydi! Men shu bolaning oldida sizdan iltimos qilib turibman, siz uchun ikki kunlik ishni bir haftada deyish... Qo'ying-eee.., - hafa bo'lib chiqib ketdi.
Har kuni yoniga kiraverib be'zor qilib yuboradigan shogirdlariningda qadamlari kamayib qoldi. "Salomlariga yarasha alik" bo'lmaganidan keyin nima ham qilishsin.
Ba'zan haftalab, oylab to'htab qoldi ishlari, bajarishga qo'li bormadi.
Kundan-kun his qilib turardi, hammada ishonchsizlik uyg'otayotganini.
Telefonda suhbatlashayotganida, bir kuni loqaydlikda, e'tiborsizlikda, keyingi kun madaniyatsizlikda ayblashdi, begonalarmas - eng yaqin olganlari. Shunisi ko'p ezdi. Ularning borligidan quvonib yurardi, endi esa...Ular ham uzoqlashib ketayotgan edilar...
Ha, unga oson bo'lmayotgandi olti oydan beri ichidagi azobli og'riq bilan kurashish. Shunday og'riqki, harkatinida, fikrlarinida, so'zlarinida  cheklab qo'yadigan darajadagi og'riq. Ko'pam birovga aytmagani og'riq. Olti yilda erishganlarini olti oyda yo'q qilayozgan og'riq...

Ko'zini yumsa-yu, hammasidan qutulsa...

P.S. Yaqin do'stimning dardi bu, shu yerga yozishni losim topdim.
Bu so'zlarni uning kompyuterida o'qidim:

Ishonch ham yo'qoldi, armon yo'l oldi,
Men qurgan koshona sarhadlariga,
Izzatning borida, aqlim borida,
Qo'l siltab ketgum bor buning bariga!...
« So'nggi tahrir: 06 Yanvar 2012, 18:09:19 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

muxlisa

  • Mehmon
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #18 : 06 Yanvar 2012, 19:33:12 »
Assalamu alaykum!

Uzr, Donishmand blogizda dabdurustdan yozib ketayotganim uchun. Oxirgi postizni ikka marta o'qib chiqdim.
Bu tanishiz qattiq depressiyaga tushib qolganmi?
To'g'ri odamga katta musibat kelsa, og'ir bo'ladi. Lekin olti oy davomida tushkunlikda yurish juda azobku...
Shunaqa bir odamni bilardim, chehrasi doim siniq. Hayotdan quvonch topolmasdi.  Allohning insonlarga berilajak musibat-sinovlari haqida  tushuntirishga urindim. Ozgina yengillashgandek tuyuldi manga. Qancha vaqt o'tti bilmadim, o'zini joniga ham tegdimi doimiy tushkunlikda yurish, og'irlikni ortga tashlay boshladi. Taqdirga rozi bo'ldi... iymoni ham mustahkamlana bordi...

uzoq vaqt qiynalish... odamning tomi ketib qolishi xech gapmas...
bilmadim, bunday cho'kib yurish irodasizlikmasmi?

BelleQizcha

  • Forum Mafiasiman
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 468
  • -oldi: 1840
  • Xabarlar: 2626
  • Jins: Ayol
  • Forum Mafiasiman
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #19 : 06 Yanvar 2012, 20:09:23 »
Toshkentdagi bir dugonamga telfon qildim.. merhemet (qanday gapirilgan bolsa ashnaqa yozdim) #ajoyib

U: yangi yillarin bilan o'rto, yaxshi kutvoldimi? nima qiladila?
Man: o'zin nima qildin?
U: diskatega bordim, korsen qottib qomman uyga kelib kiyin uxladim
Man: o'g'lini kimga tashadin, obketmagandursa diskatega sakragani?
U: onamikiga tashadim, buvilari bilan yangi yilli kutvoldi, kotta bola bob qoldi korsen...ozin nima qildin? qattlaga bordila?
Man: biron joyga borishimiza keremidi?
U: bilin, to'ri gapir...
Man: hop hop, hech narsa qimadim, korsen 9lada uxlab qomman, shuuuu..
U: ko'rsen kecha, oglimi adasi bilan junatvorgandim, yangi yillga parkami chiqib kelishsin dib,...oglini  kormaganigayam 3 oy bogandim.. korsen yangi moshina ovopti... osha mashinasi boganda balki ajrashmagan bolarmidik..
Man: ..........

qaysi tovuq miyyam bilan telfon qildim bilmadim torisi....???
.اللَّهُمَّ انْفَعْنِي بِمَا عَلَّمْـتَنِي وَ عَلِّمْنِي مَا يَنْفَعُنِي
FORUM MAFIASIMAN

MUSLIM_uz

  • BoBuR
  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 131
  • -oldi: 133
  • Xabarlar: 263
  • Jins: Erkak
  • Namoz mo'minning meroji!
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #20 : 06 Yanvar 2012, 20:46:15 »
Toshkentdagi bir dugonamga telfon qildim.. merhemet (qanday gapirilgan bolsa ashnaqa yozdim) #ajoyib

U: yangi yillarin bilan o'rto, yaxshi kutvoldimi? nima qiladila?
Man: o'zin nima qildin?
U: diskatega bordim, korsen qottib qomman uyga kelib kiyin uxladim
Man: o'g'lini kimga tashadin, obketmagandursa diskatega sakragani?
U: onamikiga tashadim, buvilari bilan yangi yilli kutvoldi, kotta bola bob qoldi korsen...ozin nima qildin? qattlaga bordila?
Man: biron joyga borishimiza keremidi?
U: bilin, to'ri gapir...
Man: hop hop, hech narsa qimadim, korsen 9lada uxlab qomman, shuuuu..
U: ko'rsen kecha, oglimi adasi bilan junatvorgandim, yangi yillga parkami chiqib kelishsin dib,...oglini  kormaganigayam 3 oy bogandim.. korsen yangi moshina ovopti... osha mashinasi boganda balki ajrashmagan bolarmidik..
Man: ..........

qaysi tovuq miyyam bilan telfon qildim bilmadim torisi....???
buni uqib maniyam bir voqiya esimga tuwib ketdi
yaqinda an4ada beri kurmagan bir og'aynimmi kurgani bordim zonaga dustlarim b.n birga.
Uning uchun qancha vaqt oz muncha pul ketdimi ug'irlik qlip qamalgandi.
Kurishtik.
Ahvollaring yahwimi dustim qynalmayapsanmi?
Ha yu ne 4o owna hayot zur jit qb yurimma beyda hama waroitla bor anu boru komil tros tortar uwa b.n hamtavoq buvoganman beyda chqgandan keyn birga ish qlamiz...
Bu gapini ewitp hayron qoldin bukrini gur tuzatarkanda.
Wunda sutda bulgan voqiya hayolmga keldi.
Sudya hukmni e'lon qldi Muslimga 8 yil berishti 'uwa og'aynimi ismi Muslim edi'
buni ewitkan oyisi hushida ketip qoldi sutda u kulip turipti. Uwanda man oldga borsam manga.qog'oz qalami bormi didi ha db berdim wunda u olib hat yoza boshladi sevgan qiziga hatni qisqacha mazmuni ''meni kut va men qayturman'' :p hushidan ketkan oyisi b.n ishiyam yuq. U qiz esa dustim qamalishi bilan boshqa bir bola bilan yurip ketdi.,
Gar qullar keksayib qolishsa kuchdan
Hojasi ozot qilar kursatib himmat.
Lek sen holiqim avlosan uz karaming ila qullikta kechti umrim
Ozod et jahannamingdan!!!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #21 : 07 Yanvar 2012, 12:14:37 »
Uzr, Donishmand blogizda dabdurustdan yozib ketayotganim uchun. Oxirgi postizni ikka marta o'qib chiqdim.
Bu tanishiz qattiq depressiyaga tushib qolganmi?

Va alaykum assalom!
Yo'q, depressiyaga tushish u uchun begona. Ancha-muncha odamni tushkunlikdan chiqarib oladigan xarakteri bor.
Chehrasi ham siniq emas, doimo hazilkash. Shuning uchun hech kim bilmaydi, ichida nima borligini.
Uning dardi ruhiymas.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #22 : 13 Yanvar 2012, 08:14:48 »
- Sovuqmi?
- Ha yo'q... Biroz...
- Buvim yaxshimilar, dadam tuzukmilar?
- Yaxshi, aka.
- Ma, manavini kiyib ol.
- Yo'o', o'zingizchi?
- Uyda boshqasi bor. Bor, o'qishingga kech qolma.
Uka ketdi, ko'zidan chiqqan yoshni akasiga ko'rsatmay ketdi.
- Sizdan iltimos do'stim, boshliqqa aytib qo'ysangiz, bugun borolmasakanman ishga. Ammo oyning ohirigacha rejani bajaraman.
Aka darvozasi tomon yurdi, hotirjam.
Endi mening ko'zimdan ikki tomchi yosh chiqdi... Qaniydi men to'nimni yechib berolsam unga...
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

muxlisa

  • Mehmon
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #23 : 13 Yanvar 2012, 16:02:02 »

Nima bo'lgan ekan? yaxshi tushunmadim.

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #24 : 13 Yanvar 2012, 16:25:06 »
 :asl3:

eng_ojiz_banda'ni postlari o'chirg'ichda yoziladi ;D

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #25 : 13 Yanvar 2012, 16:54:12 »
Nima bo'lgan ekan? yaxshi tushunmadim.
:) Bu mening hatoim. Fikrimni aniq yetkazib berolmabman. Keyingiz safar bunday bo'lmasligiga harakat qilaman.
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

muxlisa

  • Mehmon
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #26 : 13 Yanvar 2012, 16:59:01 »
:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...
Bu Donishmand deganlari hammamizni o'chirg'ichning yozishiga ishontirdi.
* * *
O'chirg'ich qanaqa qilib yozsinki, o'chirg'ichning o'zi o'chiradigan jism bo'lsa?
* * *
Musulmonning yaxshi-yomon amallari uning nomai a'moliga yoziladi deb o'rgangan bo'lsak-da, gunohlarimiz o'chig'ichga yozilishini orzu qilsak...
* * *
Agar gunohlarimizni hammasi o'chirilaversa, gunoh ishlarda hotirjam bo'lib qolardik...
* * *
Shunday gunohlar borki, ularni o'chirilishidan o'chirilmasligi afzal...

muxlisa

  • Mehmon
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #27 : 13 Yanvar 2012, 17:04:51 »
:asl3:

eng_ojiz_banda'ni postlari o'chirg'ichda yoziladi ;D

eng_ojiz_bandaning o'chirg'ichini o'chirib qo'yish kerak. Chunki u kishi o'chirg'ichning xizmatini suiste'mol qilyapti:))

Ansora

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 12698
  • -oldi: 12894
  • Xabarlar: 19275
  • Jins: Ayol
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #28 : 13 Yanvar 2012, 17:08:05 »
:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...
Bu Donishmand deganlari hammamizni o'chirg'ichning yozishiga ishontirdi.
* * *
O'chirg'ich qanaqa qilib yozsinki, o'chirg'ichning o'zi o'chiradigan jism bo'lsa?
* * *
Musulmonning yaxshi-yomon amallari uning nomai a'moliga yoziladi deb o'rgangan bo'lsak-da, gunohlarimiz o'chig'ichga yozilishini orzu qilsak...
* * *
Agar gunohlarimizni hammasi o'chirilaversa, gunoh ishlarda hotirjam bo'lib qolardik...
* * *
Shunday gunohlar borki, ularni o'chirilishidan o'chirilmasligi afzal...

Bazan o'chirg'ichni ham yozishini xayol qilarkanmiz, nimaga endi gunohlarimizni o'chirilishini tilab, Jannatni istamaylik bonu ::)

Donishmand

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 702
  • -oldi: 1563
  • Xabarlar: 1014
  • Jins: Erkak
  • Qancha yashash muhim emas, muhimi qanday yashash.
Re: O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...
« Javob #29 : 13 Yanvar 2012, 17:15:58 »
Ehhh...O'chirg'ich... O'chira olasanmi?! Hayot so'qmoqlarida qilingan hatolarning yurakda qoldirgan izlarini o'chira olasanmi?! Dardni qalbdan o'chira olasanmi?! Gunohlarning asoratini o'chira olasanmi?! KITOBimning qora sahifalarini o'chira olasanmi?! Yo'q?! Unda yoz!!! Modomiki o'chirolmasakansan, modomiki o'z vazifangni qilolmasakansan - yoz!!! Yozginki, eslatib turginki, men qayta bu hatolarni qilmay, bu gunohlarni takrorlamay! Hech bo'lmasa yozib turgin... Yozaver...

O'chirish ENG ULUG' ZOTning ishi, sen endi yoz...
« So'nggi tahrir: 13 Yanvar 2012, 17:31:17 muallifi Donishmand »
Insonni mukammallikka eltuvchi yo'l birgina dindir!

Sevimli kino va multfilmlardan mashxur so'zlar!!!

Muallif ikbaljohnBo'lim Kino olami

Javoblar: 971
Ko'rilgan: 312149
So'nggi javob 06 Dekabr 2012, 12:48:49
muallifi Shoxjahon12
Islomiy so'zlar o'yini.

Muallif Munira xonimBo'lim Islom

Javoblar: 203
Ko'rilgan: 72538
So'nggi javob 11 Yanvar 2012, 14:38:00
muallifi Shuhrat_
So'z va so'zlar!!!

Muallif Munira xonimBo'lim Intellekt

Javoblar: 107
Ko'rilgan: 51461
So'nggi javob 12 Fevral 2009, 20:16:05
muallifi ZUBAIR
Bolalar uchun yozilgan she'rlar

Muallif AnsoraBo'lim She'riyat

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 34231
So'nggi javob 15 Dekabr 2012, 21:23:24
muallifi registan
Namangan haqida yozilgan she'rlar.

Muallif AbdulhafizBo'lim Namangan viloyati

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 7966
So'nggi javob 21 May 2011, 01:09:17
muallifi Nurdinboy