Vaqti kelib o'zingni eng rasvo odam deb hisoblab turganingda sendan ko'ra o'n chandon rasvoroq odamni ro'para qilib qo'yarkanda Hudo: -"ana endi hulosa qil, senga in'om qilgan tarbiyam undan ancha a'lo," - degandek.
Qattiqqo'llik bobida o'ta oshib tushganingda yo'lingdan bir zolim chiqarkanda, o'ylashga majbur bo'larkansan: -"Men ham shunga o'xshab qolmayapmanmi...to'xtatishim kerak o'zimni."
Juda o'zingni aqlli sanab yuborganingda ustingga shunaqangi yumushlarni yuklanar ekanki, imkoniyatlaring haqida "o'ta chiroyli" hulosaga kelishga shuning o'zi kifoya qilarkan.
Hullas, osmonga uchayotganingda yuqoridan qulab tushayotganlarga ko'zing tushar ekanda, pastroq yurishni ma'qul ko'rarkansan.
Faqat atrofni kuzatib, bularning barini mulohaza qilolsang bas. Yo'qsa so'qirlikdan o'zga unvon sen uchun ortiqcha.