O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...  ( 57510 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Abdulloh_8800  24 Mart 2013, 07:18:00

:as:
shundoq issiq kunlarda ham "shapka"kiyishadiya axmoqla,
shapkakiyma shapka kiyib bumaydi desangiz, shuning uchun ham shapka kiyay kegin shapkani yechiladi deydida... :2
shu o'chirgichi o'tkir akalarimizdan iltimos qilaman. Shapkani ne sababdin kiymak ma'qul ermas, quyosh charaqlag'onidanmi yoki dinimizda joiz bo'lmaydurmi?

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  24 Mart 2013, 11:26:57

Bolaligimda miyamga "Taqvo" degan antivirus o'rnatib qo'yishgandi. Hozir shu antivirusning bazasi eskirib qoldi shekilli, zamonaviy viruslardan himoya qilolmayapti. Bazani yangilatganiyam qo'ymayapti, jaa yomon virusakan...
Duo qivorasizlar, man bazamni yangilamasam bo'lmaydi.
Qoriaka ko'pchilik tasavvuf mohiyatini tushunmay turib undan qocha boshlaydi. Shahsan o'zim sufiylar halqalarida o'tirib biror marta "Tasavvuf haqida tasavvur"dagiday g'alati qiliqlarga duch kelmadim. Jaloliddin Rumiy "...qalbni davolash uchun bir murshid zarurdir, odamlar qalblarini davolash uchun kitob o'qib o'z qalblarini davolamoqchi bo'ladilar, bu huddi saraton dardiga chalingan bemor kitobga qarab o'zini o'zi davolayman degan urinishiga o'xshaydi..."
Tasavvufda bir yaxshi amal bor, bu o'limni o'ylash va Allohni zikr qilish, shunda antivirus bazamiz to'lib yangilanadi.
"Hammadan holi bir xonaga kiring, ko'zni yuming, tinchlanib o'ylang... hozir ishdan kelyapsiz, bolalaringizni uchratasiz, dada deb quchoqqa otiladi, nima olib keldiz deb qo'llaringizga yopishadi...
Ertasiga shu kayfiyatda ishga ketyapsiz, onangiz va kelin duo qilib, bolalar esa shirinlik "zakaz" qilib ishga kuzatib qo'ydi...
Yo'lda esa falokat bosib avtohalokatga uchraysiz...
Onangiz farzandini yo'qotti, o'ziga kelolmay karaht ahvolda, sut berib, qiyin davrlarda o'zi yemay sizga yedirgani, kasal bolganizda tepangizda qimirlamay duo qilib yig'lab chiqqani, hammadan ko'p qayg'urgani. Ayolingiz beva qolib  endi bolalarni yolg'iz o'zim qanday boqaman, otasiz bularni qanday tarbiyalayman deb o'ylab ezilganini. Qorako'z bolalar otasiz qolib tepangizda yig'lab o'tiribdi, endi kimni dada deymiz, bizni kim o'ynatadi, o'rtoqlarimning dadasi maktabga yetaklab olib borsa biz qanday chidaymiz...
Sizni yuviladi, kafanga o'raydi, janoza o'qiladi, yelkama yelka qabrga olib borib qabrga qo'yiladi...
Endi dunyodan ayrildingiz, qorako'z bolalariz ortiga qarab yig'lab ketyapti, siz ularning qadam tovushlarini ham eshiti  turibsiz. So'ng ikki farishta oldingizga keladi, savol javob boshlanadi, diningiz iymoningiz haqida so'ralasiz...
siz qattiq afsuslanasiz, nega shu yomon ishlarni qildim, 35yillik umrim ham yoq ekan, faqat yaxshi ishlar qilsam bolmasmidi, endi jannatga kirsam qaysi pog'onasiga tushaman, Firdavs eshiklaridan kirishim uchun amallarim yetarmikan..."

Shularni o'ylang, ko'p ko'p yig'laysiz, yig'i qalbni yumshatadi, bu ko'z yoshlari qiyomat kuni sizga guvoh bo'ladi.
Inshaalloh bu antivirus bazasi uncha buncha viruslarni o'tkazib yuboravermaydi. Haftada bir marta bazani yangilab turish kerak.

Qayd etilgan


Donishmand  24 Mart 2013, 16:31:11

shu o'chirgichi o'tkir akalarimizdan iltimos qilaman. Shapkani ne sababdin kiymak ma'qul ermas, quyosh charaqlag'onidanmi yoki dinimizda joiz bo'lmaydurmi?
Bizning xalq shapkani birinchi ko'rganida uning tagidagi odamlar juda sovuq bashara bir kimsalar (ЧК) bo'lishgan. Shundan shapka biznikilarda yomon taasurotlar qoldirgan. Aslida ayb shapkada emas, uni birinchi kiyib, bizi xalqqa oralagan odamlarda. Ularda shapkasizam ayblar ko'p.
Ikkinchi tomondan, shapka kiyib nomoz o'qiyolmaysiz, peshayvoni sajdaga halal beradi. Majbur teskari kiyib o'qiysiz. Kiyimni teskari kiyish esa bizda nomaqbul odat. Mana sunday noqulayliklari bor.
Lekin shapka kiyishda hech qanday yomonlik yo'q.
Shapkam qaniydi...

Qayd etilgan


Mo'min Mirzo  24 Mart 2013, 17:05:21

Zamon jadallashyapti rais buvo, shimni sho'rtili qilib, ko'ylakni maykali qilib, ko'zoynakniyam oq va qoralik qilib, velosipedni sumkali qilib, soatni android telefonli qilib, telefonni komyuterli qilib, moshinani motosiklli qilib hamma narsani o'rischasiga "dvaynoy" ishlab chiqarishyapti, kinoda Soatqulovning muallimi "subota desayam bo'ladi, shestnitsa desayam bo'ladi" dermidi, shunga to'g'ri kiysangiz quyoshdan himoya, teskari kiysangiz do'ppi, qiyshaytirib kiysangiz repper bo'lasiz qo'yasiz.

Qayd etilgan


Abdulloh_8800  24 Mart 2013, 21:15:27

shu o'chirgichi o'tkir akalarimizdan iltimos qilaman. Shapkani ne sababdin kiymak ma'qul ermas, quyosh charaqlag'onidanmi yoki dinimizda joiz bo'lmaydurmi?
Bizning xalq shapkani birinchi ko'rganida uning tagidagi odamlar juda sovuq bashara bir kimsalar (ЧК) bo'lishgan. Shundan shapka biznikilarda yomon taasurotlar qoldirgan. Aslida ayb shapkada emas, uni birinchi kiyib, bizi xalqqa oralagan odamlarda. Ularda shapkasizam ayblar ko'p.
Ikkinchi tomondan, shapka kiyib nomoz o'qiyolmaysiz, peshayvoni sajdaga halal beradi. Majbur teskari kiyib o'qiysiz. Kiyimni teskari kiyish esa bizda nomaqbul odat. Mana sunday noqulayliklari bor.
Lekin shapka kiyishda hech qanday yomonlik yo'q.
Shapkam qaniydi...
)) Alloh rozi bo'lsin. Katta rahmat, o'chirg'ichiz hech sinmasin

Qayd etilgan


NANO  30 Mart 2013, 09:05:59

Ojiz odamni bazasi eskiradi. IMXO!

Qayd etilgan


Muxsiya  30 Mart 2013, 09:45:48

канийди инсоннинг билиб билмай килган ёмон ишларини айтган ёмон гапларини кунглидаги ёмон уй фикрларини учиргичда учиришнинг иложи булса

Qayd etilgan


Shokir63  30 Mart 2013, 20:15:30

канийди инсоннинг билиб билмай килган ёмон ишларини айтган ёмон гапларини кунглидаги ёмон уй фикрларини учиргичда учиришнинг иложи булса

Bunday o'chirg'ich mavjud!

Faqat uni to'gri ishlatish kerak xolos.

Bu o;chirg'ich TOVBA.

Qayd etilgan


Muxsiya  26 Aprel 2013, 11:54:25

to'g'ri tovba bilan gunohlar yuvilishi mumkin lekin kimningdir ko'ngliga ozor bersangiz kechirim so'rash bilan u insonning ko'nglidagi jarohatni bitkazib bo'lmaydi garchi sizga kechirdim deb atygan bo'lsa ham. Singan narsani yamash mumkin lekin butlab bo'lmaydiku.

Qayd etilgan


Donishmand  02 May 2013, 16:30:22

Ma'lum bo'lgan eng katta tezlik yorug'lik tezligi - 300 000 km/sek. Ma'lum bo'lmagan tezlik esa umr tezligi. Ammo shunisi aniqki yorug'lik tezligini topgunicha nechta olimning umri poyoniga yetib bo'lgan.

Qayd etilgan