O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...  ( 80857 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


Donishmand  02 Dekabr 2011, 17:25:17

Hayot...
O'chirg'ich ham yozar ekan... ba'zida... qalamning holiga chidolmasa...


Bir dengizchidan, "Kayfiyatlar qalay?" deb so'rashsa, "Zo'r, cho'kayapmiz!" - deb javob bergan ekan.

Qayd etilgan


Donishmand  02 Dekabr 2011, 18:39:21

Qiyinchiliklarning eng qiyini odamlar bilan ishlash bo'lsa kerak. Biri sizdan minnatdor bo'lsa, birining ko'ngli og'riydi. Kimdir "otasiga rahmat!" desa, kimdir "hee..." deb qo'yadi...
Eng yomoni qilgan ishiga yarasha jazo olganidan so'ng, sening ko'nglingda yuk qoladi "bekor qilmadimmi... boshqacha yo'l tutsam nima bo'lardi... endi nima qiladi" va h.k. Agar hatolarga ko'z yumsang, ertaga undan battari kelib chiqadi.
To'rt oy oldin ishdan ketgan birisini bugun odnoklassnikida ko'rib qoldim. Statusiga "qayerda yo'qotishingni va qayerda topishingni bilmaysan" deb yozib qo'yibdi. Shu kungacha uni o'ylab yurgandim, nima qilayapti ekan endi, deb. Chunki, yolg'iz edi, bir o'zi yashardi.
Ketayotganida achingandim, endi ham... Nima bo'lsa ham odam edi. Bilardim, uni yo'lga sololmasligimni, bilardim o'nglanmasligini va bir kuni haydalishini. Ammo... bir o'zi yashardi, yolg'iz edi... odam edi.
Insonlar o'zlarini bilmaydilarda, ular sabab boshqalar ko'o'o'p o'ylanib yuradilar, bekor qilmadimmi, - deb....

Qayd etilgan


Donishmand  10 Dekabr 2011, 18:44:05

Yozaver o'chirg'ichim, o'chirma, yozaver...
O'chirsang o'rni dog' bo'lib qoladi. Undan ko'ra o'chirilishga mahkumlarni bir qatorga harflar sifatida safla, yozaver. Ko'ngil uchun dog'dan ko'ra yozuvlar afzalroq...
Yozaver ...

Qayd etilgan


Donishmand  15 Dekabr 2011, 12:58:50

Ba'zan hammasiga qo'l siltab ketgim keladi. Go'yo men maqsadsiz qadam bosayapman. Go'yoki men keraksiz odamman bu yerda. Qilgan ishlarim - hech narsa! Bekorga vaqtimni sarflayapman. Boshqa ish qilsam, yoki boshqa joyda shu isharni qilsam bundan ko'proq natija olaman...
Shunday o'ylar ta'sirida hech kimga indamay ketaman. Ikki kun o'tib telefon qilishadi: - Allo! Qayerdasiz? Sizga kaatta "salom" aytib yuborishdi! Bugun ertalab "falonchi" so'radi, mazasi yo'q deb qo'ya qoldik, unday bo'ldi, bunday bo'ldi...va hokazo.
Hayronman, bir oylab eslariga kelmaganman-u, ikki kun yo'q bo'lsam darrov so'rab qolishadi.
Besh kunligim bormi-yo'qmi, ko'proq narsaga ulgurgim keladi, ko'proq ishlarni qilgim keladi. Ammo sharoit, muhit, maydon degan narsalarni yaratib berishganida qaniydi...

Bobom bir so'zni ko'p takrorlaydilar: Sen aziz qilgan qulingni hech kishi xor aylamas!

Qayd etilgan


Donishmand  17 Dekabr 2011, 12:34:09

Rahmat aytgin kim yuzingga bir shapaloq urar bo'lsa,
Shu ishi-la senga tole' berar bo'lsa, berar bo'lsa!
Agarki ming jafo cheksang - yetolmasang maqsad uzra,
Yuzing yorug', intildim - de, u yoqlarda so'rar bo'lsa!

Qayd etilgan


Maysara  18 Dekabr 2011, 10:36:26

Xalqimizda maqol bor: "Andishaning nomi - qo'rqoq".
Lekin bundayin "qo'rqoq"likdan aslo qo'rqmaslik kerak.
Chunki bu aslida Andishadir.
Andisha esa go'zal fazilatlar sarasiga kiradi.
Natijasi oldiniga qiyinlik bo'lib, keyin esa yaxshilik va yengillikka aylanadi.

Qayd etilgan


Donishmand  22 Dekabr 2011, 12:48:19

Orzu nima?! U nimaga boshlaydi? Harakatgami, intilishgami? Muvaffaqiyatgami?... Balki halokatgadir?...
Bolalikdan paydo bo'lgan tasavvurlarga ko'ra orzu har bir inson uchun xos bo'lgan yaxshi bir tuyg'u! Aslidachi???...
Bolalikdagi orzu bizni intilishga, ko'proq o'qishga undagandi. Demak, bolalik orzusi - yaxshi!
Kattalardagi orzu... Kattalarda tushkunlikning, muvaffaqiyatsizlikning, hasadning, kasalliklarning boshi - orzu. Kattalarda orzu qilishlik - hato qilishlik!
"Orzu"ning o'rnini "maqsad"ga alishtirgan, yoki alishtira olgan odamlarning manzili - hamma ORZU qiladigan manzildir!

Qayd etilgan


Donishmand  27 Dekabr 2011, 15:51:06

Bolalik paytlarimda, yetti yoshda edim chamasi, oppoqim (boboni bizda shunday atashadi) jum'a namoziga olib bordilar. U paytlarda jom'e masjidlari sanoqlik edi. Marg'ilondagi "Honaqoh" masjidiga borilardi asosan. Hali ham esimda, masjidning hozirdagi orqa darvozasidan kirgandik. Birinchi marta masjidda namoz o'qigandim. Ehhh... boshqacha paytlar edi unda. Oppoqimning yonidan jilmas, eng suyukli nabira edim.
Hozir ham uzoq bo'lishiga qaramay, shu masjidga borgim kelaveradi. Qandaydir boshqacha his qilaman o'zimni bu yerda. Imom-xatiblari ham o'sha men bundan yigirma uch yil avval birinchi marta orqasida jum'a namozini o'qigan odam - Sobirhojidada, Olloh umrlarini ziyoda qilsin!
Bugun masjidning ko'rinishi ko'zni quvontiradigan darajaga kelayapti. Lekin endi Bobomning suyukli nabirasi bo'lib, ularning yonida masjidga borishni faqat tushimda ko'rsam kerak...

Qayd etilgan


siddiqa  27 Dekabr 2011, 16:07:03

"Qancha yashash muhim emas,muhimi qanday yashash"  Imzoingizdagi bu hikmatni abiturentlik paytimda ona tili o'qituvchim esdalik daftarchamga yozgandilar. O'sha paytdagi kirish imtihonlari oldida turardik . Unversitetga kirolmaslik bu dahshat edi. Lekin yillar o'tib tushundimki haqiqiy imtihon oldida bu kabi sinovchalar hech nima ekan. Muhimi inson qanday yashayotganini anglashi. Haqiqiy sinovda "testlar"ni yecha olishida ekan. 

Qayd etilgan


Donishmand  27 Dekabr 2011, 16:28:20

Iqtibos
"Qancha yashash muhim emas,muhimi qanday yashash"

Bu so'zlarni har kun yodga olaman. Ammo eslolmayman, avval eshitganmanmi, yoki yo'qmi. Hayolga kelganda yozilgan edi.

Qayd etilgan