U har kuni kechga yaqin xonasida o'tirib olib o'ylardi, o'tga kunlarini o'ylardi... Nima qildi shu kungacha... Nimalarga erishdi-yu, nima yo'qotdi... Nimalar qoldi...
Bosib o'tgan yo'llari Ollohning irodasimi, yoki harakatiga yarasha nasibami, intilganlarining samarasimi, dangasalik qilganining jazosimi... Boshqacha bo'lishi ham mumkinmidi, yoki taqdir atalmish peshonaga yozilgani shumi?!...
So'nggi o'tgan olti oy eng qiyini bo'ldi. Olti yilda topganlarni mana shu olti oy ichida qurbon qilayozdi...
Bir-bir ko'z oldidan o'tadi...
Talabalik davridan qadrdon aka-ukadek bo'lib ketgan do'stlaridan taklif-iltimos tushdi. Firmalariga buyurtmalar ko'payib ketgan ekan. Ham yordam, ham daromad deganday... Yo'q demadi taklifga, demasdi, deyolmasdi ham. Hamma ishlarini yig'ishtirib, uch kunda ularning oldiga yetib bordi. O'n kunda hal qila oladigan ishi ustida bir haftagina ishlay oldi holos. Keyin do'stlariga yuk bo'lgani qoldi - bir oy!...
Bu boshlanishi edi...
Ko'pchilik uchun "zo'r mutahasis" edi u. Qo'ng'iroq qilishdi:
- Allo! Falon joyda shunday-shunday yig'ilish bor, yangi mahsulot chiqarish bo'yicha. Siz ham borishingiz kerak. Va shu ishning ustida turmog'ingiz lozim...
Bordi, lekin chidamadi, ko'p turolmadi. Tursada o'ziga ziyon qilardi. Hech kimga indamay ketdi... Odamlarning ko'ngli soviganday bo'ldi undan.
Ishlab o'tirganida xonaga besh yilda qadrdonlarday bo'lib ketgan bir aka kirdi, yonida yoshroq sherigi bilan. Kutib olish uchun o'rnidan turishga kuch topa olganidan ichida hursand bo'ldi. Aka iltimosining bir haftada bajarilishini eshitgach undan qattiq hafa bo'ldi, aytgan gapi esa:
- O'zgarib ketibsiz, odam bunday bo'lmaydi! Men shu bolaning oldida sizdan iltimos qilib turibman, siz uchun ikki kunlik ishni bir haftada deyish... Qo'ying-eee.., - hafa bo'lib chiqib ketdi.
Har kuni yoniga kiraverib be'zor qilib yuboradigan shogirdlariningda qadamlari kamayib qoldi. "Salomlariga yarasha alik" bo'lmaganidan keyin nima ham qilishsin.
Ba'zan haftalab, oylab to'htab qoldi ishlari, bajarishga qo'li bormadi.
Kundan-kun his qilib turardi, hammada ishonchsizlik uyg'otayotganini.
Telefonda suhbatlashayotganida, bir kuni loqaydlikda, e'tiborsizlikda, keyingi kun madaniyatsizlikda ayblashdi, begonalarmas - eng yaqin olganlari. Shunisi ko'p ezdi. Ularning borligidan quvonib yurardi, endi esa...Ular ham uzoqlashib ketayotgan edilar...
Ha, unga oson bo'lmayotgandi olti oydan beri ichidagi azobli og'riq bilan kurashish. Shunday og'riqki, harkatinida, fikrlarinida, so'zlarinida cheklab qo'yadigan darajadagi og'riq. Ko'pam birovga aytmagani og'riq. Olti yilda erishganlarini olti oyda yo'q qilayozgan og'riq...
Ko'zini yumsa-yu, hammasidan qutulsa...
P.S. Yaqin do'stimning dardi bu, shu yerga yozishni losim topdim.
Bu so'zlarni uning kompyuterida o'qidim:
Ishonch ham yo'qoldi, armon yo'l oldi,
Men qurgan koshona sarhadlariga,
Izzatning borida, aqlim borida,
Qo'l siltab ketgum bor buning bariga!...