Ro'para xonada ishlaydigan bir qiz kirib keldi:
- Bir narsa so'ramoqchi edim, maslahatingiz kerak.
- Nima ekan? Eshitaman?!
- Men musulmon qiziman, boshqa dindagi bir bola bilan bir-birimizni yoqtiramiz. Lekin men uning diniga aralashmayman, u menikiga - shunday kelishganmiz. Shunga turmushga chiqishim mumkinmi?
O'zini o'ta zamonaviy deb hisoblovchi, hatti-harakatiyu, kiyinishi ham yevropacha, oddiyroq odamlarning ustidan kulib yuruvchi bu qiz avvaliga "bilmayman" degan javobni oldi.
- Nega bilmaysiz, bilasiz-u menga aytgingiz kelmayapti! Ayting, mumkinmi yoki yo'qmi, yo'q bo'lsa - nega?
- Ho'p, unda eshiting! Agar islomga amal qilib, diningiz me'yorlarida yurganingizda sizga biror narsa deyishim mumkin edi. Siz unday emassiz-ku, sizga baribir-ku, sizga bo'laveradi, turmushga chiqavering kimga bo'lsa ham ...
Na achinishingni bilasan, na ...