O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...  ( 80870 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 13 B


muxlisa  13 Yanvar 2012, 17:27:34

:asl3:

Qani endi gunohlarimizni hammasi o'ch'irg'ichda yozilsa...

Asl musulmonning gunohlari o'chirg'ichda yoziladi.
Chunki asl musulmon gunoh qilishi bilanoq unga istig'for aytadi, tavba qiladi. Alloh taoloning va'dasi haq: istig'for bilan gunohlarni o'chiradi...
Bu Donishmand deganlari hammamizni o'chirg'ichning yozishiga ishontirdi.
* * *
O'chirg'ich qanaqa qilib yozsinki, o'chirg'ichning o'zi o'chiradigan jism bo'lsa?
* * *
Musulmonning yaxshi-yomon amallari uning nomai a'moliga yoziladi deb o'rgangan bo'lsak-da, gunohlarimiz o'chig'ichga yozilishini orzu qilsak...
* * *
Agar gunohlarimizni hammasi o'chirilaversa, gunoh ishlarda hotirjam bo'lib qolardik...
* * *
Shunday gunohlar borki, ularni o'chirilishidan o'chirilmasligi afzal...

Bazan o'chirg'ichni ham yozishini xayol qilarkanmiz, nimaga endi gunohlarimizni o'chirilishini tilab, Jannatni istamaylik bonu ::)

Chunki jannatning eshigidan kirishimizning yakkayu-yagona yo'li Ulug' Zotning marhamatigina yordam berolidi, va gunohlarimizni faqat G'ofur, Rohim bo'lgan zot ochirolidi...
man shu hayolni boshqa hayollarga almashtirgim kelmadi...

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2012, 17:32:53

Adabiyotda majoziy ma'no, degan gap bor, bu yerdagi gaplarni asl ma'nosida qabul qilsak, zotan mavzuni sehri yo'qoladi...

Xayol der ekanman, rijo, iltijo, tavba, istig'forlarni o'z ichiga olgan tushuncha keladi "xayolimga"...




Qayd etilgan


Donishmand  13 Yanvar 2012, 17:35:43

:) Bu yerda hamma bir fikrda, faqat so'zlar har-xil. Ma'nosi siz-u biz o'ylagandek, Forumdosh.
Hammamiz O'chirishidan umid qilamiz.

(Tahrirlab qo'yganim uchun ma'zur tutasiz. Sizning postingizni o'qimagandim)

Qayd etilgan


Ansora  13 Yanvar 2012, 17:58:50

Turklarda bir gap bor: Insonning fikri ne ise, zikri ham shudir...

Demak meni aqlimdagi tushunchalar bu mavzuga qadar kelibdi...

Bir hikoya yozgandim forumda bir paytlar, bir inson Ka'bani eshigida faqat "Yo Olloh, Yo Olloh" dermish. Eshitganlar, Hey inson bolasi, sen Ka'badasan, duo qil, gunohlaringni avf etishi uchun yolvor...shunda boyagi odam degan ekan:

Olloh mening qalbimni egasi emasmi, nima demoqchi ekanligimni yaxshi biladi....

Dinni chegarasini buzganimcha ham yo'q, adashmasam ::)

Qayd etilgan


Donishmand  13 Yanvar 2012, 18:00:25

Lekin men aqidamizdagi tushunchalarni adabiyotda ishlatiladigan majoziy ma'no degan narsaga aralashtirilmaslik tarafdoriman.
Adabiyotning bag'ri keng:) Har qancha almashtirilsa, ag'darilsa, o'girilsa ham ko'taradi...

Dinni esa chiziq tortilgan chegaralari bor...
Shu yerda ham tortishuv qilmaylik. Hech kim hato qilmadi, nojo'ya so'z yozmadi, lekin huddi o'zimizga mojaro uchun mavzu ahtarayotgandek bo'lib qolayapmiz. Buning nima keragi bor? Kimga foyda? Har qanday tortishuvlar samimiyatning susayishiga olib keladi holos. Sizlardan iltimos, buning qadriga yetaylik.

Qayd etilgan


muxlisa  13 Yanvar 2012, 19:28:55

Voy sila chaqqonlardan o'rgili:))) Man postimni o'chirgan edimu, sila darrov javobam yozibsila, aylanib kelgunimcha.

Lekin men aqidamizdagi tushunchalarni adabiyotda ishlatiladigan majoziy ma'no degan narsaga aralashtirilmaslik tarafdoriman.
Adabiyotning bag'ri keng:) Har qancha almashtirilsa, ag'darilsa, o'girilsa ham ko'taradi...

Dinni esa chiziq tortilgan chegaralari bor...
Shu yerda ham tortishuv qilmaylik. Hech kim hato qilmadi, nojo'ya so'z yozmadi, lekin huddi o'zimizga mojaro uchun mavzu ahtarayotgandek bo'lib qolayapmiz. Buning nima keragi bor? Kimga foyda? Har qanday tortishuvlar samimiyatning susayishiga olib keladi holos. Sizlardan iltimos, buning qadriga yetaylik.

Odam o'zni fikrini bildirsa samimiyatdan chiqib qoladimi? :)
manimcha hamma xolis o'z fikrini bildirdi. gaplarimni xech kimning shaxsiyatiga ham tegishtirganim yo'q. Umumiy tarzda fikr bildirdim. ::)

Ha,mayli. Fikrlarim kimgadur og'ir botgan bo'lsa uzr.
Nimani nimaga o'xshatsangiz ixtiyoringiz.
Sizlar bilagan narsalarni man ko'pini bilmayman.
Alloh ilmlarimizni ziyoda qilsin.

 

Qayd etilgan


NANO  21 Yanvar 2012, 20:25:14

Nima bo'lgan ekan? yaxshi tushunmadim.
:) Bu mening hatoim. Fikrimni aniq yetkazib berolmabman. Keyingiz safar bunday bo'lmasligiga harakat qilaman.

Chundik bu oddiy so'zlar emas...

Qayd etilgan


Donishmand  23 Yanvar 2012, 18:01:52

Yaxshi niyyat.

...Umr bo'yi hech kimga og'iri tushmasdan yashadi. Muhtojlik sezsa ham Yaratgandan so'radi, sabr qildi... Kam bo'lmadi.
Bir kun qo'liga tesha, belkurakni olib qabristonga jo'nadi.
Qabr kavlayotganida qorovul keldi, qiziqsinib:
- Hormang, tinchlikmi?
- Bor bo'ling, tinchlik, tinchlik. Ohiri shu yerga kelib qolgan ekan, kavlab qo'yaverdim. Oldingizdan bir o'tmaganim uchun uzr.
- Mayliku-ya, kim bandalik qilibdi, mahallada tinchlik edi?
- Ha-ya. Bu o'zimga. Odamlarni ovvora qilmay deb kavlayotganidim... Yaxshi niyyatda bu ham. O'lsam kafanlab, janozamni o'qiysizlar. Shu yerga olib kelib ko'masizlar, mozorim aniq bo'ladi. Bolalarim vaqt topsalar kelib habar olishadi...
Indamaygina cho'kkaladida qo'liga bir siqim tuproq olib, barmoqlarida ezg'iladi: - Kafansiz ketganlar qancha....

Qayd etilgan


Donishmand  25 Yanvar 2012, 18:10:34

Ilgari ko'pchilikning e'tiboriga tushgan odam "yulduz" hisoblanardi. Hozir kim ko'p birovning "ijodiy cho'ntagiga" tushsa ham yulduz bo'lib ketayapti...


Qayd etilgan


Donishmand  22 Fevral 2012, 12:42:12

Ro'para xonada ishlaydigan bir qiz kirib keldi:
- Bir narsa so'ramoqchi edim, maslahatingiz kerak.
- Nima ekan? Eshitaman?!
- Men musulmon qiziman, boshqa dindagi bir bola bilan bir-birimizni yoqtiramiz. Lekin men uning diniga aralashmayman, u menikiga - shunday kelishganmiz. Shunga turmushga chiqishim mumkinmi?
O'zini o'ta zamonaviy deb hisoblovchi, hatti-harakatiyu, kiyinishi ham yevropacha, oddiyroq odamlarning ustidan kulib yuruvchi bu qiz avvaliga "bilmayman" degan javobni oldi.
- Nega bilmaysiz, bilasiz-u menga aytgingiz kelmayapti! Ayting, mumkinmi yoki yo'qmi, yo'q bo'lsa - nega?
- Ho'p, unda eshiting! Agar islomga amal qilib, diningiz me'yorlarida yurganingizda sizga biror narsa deyishim mumkin edi. Siz unday emassiz-ku, sizga baribir-ku, sizga bo'laveradi, turmushga chiqavering kimga bo'lsa ham ...


Na achinishingni bilasan, na ...

Qayd etilgan