O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...  ( 80871 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 13 B


Donishmand  16 Mart 2012, 11:54:20

Dunyoni suv bossa o'rdakka nima g'am... Bu gapni o'rdak eshitib qolib to'ng'illabdi: - "O'rdak bo'lsang bilasan..."

Qayd etilgan


UzMuslim  21 Mart 2012, 23:46:06

Yaxshi Do'st Oldingdagi Sharobni Olib To'gri Yo'l ko'rsatishga Harakat Qilar ekan,Yomoni Yana Ich,Ta'sir qilmasa undan Zo'rlari Bor Derkan...
Avvalo Tushkunlik Insonni Shu Ahvolga Keltirib Qo'yar ekan,Insonni Keyingi Taqdiri esa Tanlagan Do'stlariga Qarab O'zgarib Ketavearkan...
Barchamizni Iyomonimizni Butun Qilsin Alloh...

Qayd etilgan


gayrat17  23 Mart 2012, 13:27:37

схши нарсалар ёзилибди.
Блог муаллифига рахмат!

Qayd etilgan


Skromnaya  25 Mart 2012, 00:57:20

Ehhh...O'chirg'ich... O'chira olasanmi?!
Hayot so'qmoqlarida qilingan
hatolarning yurakda qoldirgan izlarini
o'chira olasanmi?! Dardni qalbdan
o'chira olasanmi?! Gunohlarning
asoratini o'chira olasanmi?!
KITOBimning qora sahifalarini o'chira
olasanmi?! Yo'q?! Unda yoz!!! Modomiki
o'chirolmasakansan, modomiki o'z
vazifangni qilolmasakansan - yoz!!!
Yozginki, eslatib turginki, men qayta bu
hatolarni qilmay, bu gunohlarni
takrorlamay! Hech bo'lmasa yozib
turgin... Yozaver...
O'chirish ENG ULUG' ZOTning ishi, sen
endi yoz...
ASSALOMU ALEKUM
manawu post yoqdi manoli judayam

man yozaman san o'cir o'cirg'icim
ocirgin yozganlarimmi u oqimasin
icimda xeckimga etolmagan gaplariimi yozay ocirgin sir sirligica qolasin xayotimda men qorqoqlik qilgan sahifalarni o'cir ociraolasammi?
yooq. xamasi xayol... :( :( :(

Qayd etilgan


Secret  25 Mart 2012, 18:01:52


  Qo'lingizga qog'oz bilan qalam berildi, u yerga nima yozish sizni ixtiyoringizda. Qo'lizga o'chirg'ich ham berildi, ammo u shundayki siyoh qurigach o'chirolmay qoladi, yangi vaqtida o'chirib olsangiz ulgurasiz. Yana atrofda chivinlar ham uchib yuribti, oppoq qog'ozga qo'nishi tabiiy. Siz ulardan ham ximoya qilib turmasangiz, qog'ozda qora dog'lar paydo bo'ladi, hatto ular bir yerda jamlanib qolsa hech qachon yo'qota olmaysiz. Bilganizcha yozaverasiz, xatolaringiz o'sha qog'ozda namoyon bo'laveradi. Vaqtida sezganizni o'chirib to'g'irlay olasiz. Vaqt o'tgan bo'lsa to'g'irlay olmaysiz, afsuslar ham foyda bermaydi. Yozib yozib oxiri o'sha qog'oz to'ladi. Endi u yetilgan holatga keldi. Unga endi hech narsa yoza olmaysiz, o'chira olmaysiz, magaram Muallimning o'zigina o'zgartira oladi. Ko'p o'tmay sizga baxoyingiz taqdim qilinadi, yozganizga qarab baxo olasiz! Uning ortidan Maqtov yoki dashnom eshtasiz. Bu sizning baxtli yoki baxtsiz ekaningizni belgilab beradi.
Qog'oz-farzand, qalam-tarbiya, chivin-tashqi muxit, muallim-taqdir!    IRFON

Qayd etilgan


Donishmand  16 Aprel 2012, 17:41:37

Yaqinlar bir joyni tavsiya qilishdi, tibbiy diagnostika uchun. O'zim ham qiziqsinib bordim...
Emishki, bir notebookka ulangan apparat, yonidagi quloqchinini quloqqa taqsangiz butun organizmni tahlil qilib chiqadi - boshingizdan to oyoqqacha. Buni "kompyuternaya diagnostika" deb atashibdi.

Ho'p, dedik va quloqchinni taqdik. Tahlil boshlandi. Kompyuter qurg'ur menda kasallik topmagan a'zo qolmadi. Bosh miyada chayqalish, burunda gaymorit, tomoqda angina, orqa miyada o'tkir shamollash, nafas yo'llari va o'pkada kislorod yetishmasligi, qon o'ta quyuqligi, o't pufagining noto'g'ri ishlashi, jigarda zo'riqish, buyrakda shamollash va yallig'lanish, oshqozon osti bezida kasalliklari, oshqozon va ichak yo'llarining nuqsonlari, oyoqda shamollash....
Doktorga hazillashib dedim: - Man hozir qabrda yotibmanakanda-a?

Faqatgina yurak sog' ekan! Yurak sog' bo'lsin! Chunki u bevafo emas-da, menga vafosizlik qilmaydi, doimo sodiq. Hamma o'zini kasallikka solib olsa ham u bunday qilmaydi. Shuning uchun yuragimni yaxshi ko'raman.

Doktorning keyingi so'zlari:
- Sizni zudlik bilan davolash kerak. Bizda Malayziyadan keltiriladigan tabiiy dori mahsulotlari bor shulardan bir kurs olsangiz soppa-sog' bo'lib ketasiz. Narhi? Narhi uncha qimmat ham emas, sog'likning oldida. 1500000 gacha boradi holos, shu bilan ikki oyda ancha yaxshilanasiz. O'zi dengiz tubidan olingan minerallar, damlamalar....

Eee, mana maqsad, bu yog'i endi "setevoy marketing"ga tortayapti. Ketdik yuragim, sen sog' bo'lsang ancha-muncha kasallikdan qo'rqmaymiz, malaylar qilgan damlamalarni biz qilolmaymizmi?! Qilolamiz, qani Ibn Sino bobo, bir kitobingizni varaqlaylikchi...
Shunday qilib Tib qonunlarini varaqlab yuribmiz. Ha aytgancha, hozircha kechki ovqatdan voz kechdik. Ochlik bilan davolanishdan maslahatchilar bo'lsa "Hoy" devoringlar...

Qayd etilgan


Aqoid  16 Aprel 2012, 17:51:22

Endi o'zizga kebsiz. Pol Breg degan bitta akaxon borlar, "Ochlik mo'jizasi" degan kitobini so'rang, berib turadi.

Qayd etilgan


Donishmand  16 Aprel 2012, 19:46:19

Bugun kechga borib bir gap aytishdi: - "O'zingga tavsiyanoma yoz. Borini boricha yoz. Maqtab yoz. Rosa zo'r qilib yoz. Shunday yozginki, o'qigan odam senga qoyil qolsin. Keyin biz qo'l qo'yamiz ostiga..."
Ohoo, gapni qarang. Qanday yozaman man uni.... Undan ko'ra, bir gektar yerni chop, deyishganida osonroq bo'larmidi...

Nima bo'lsa ham buyruq...
Endi o'tiribman, nima deb boshlashga hayron. "Men buyuk odamman, aprelda tug'ilganman..." - deb boshlayinmi, yoki bo'lmasa "Bizkim mulki Turon, amiri Turkistonmiz..." deyinmikin.

Ha mayli, yozaveraychi, bir gap bo'lar...

Qayd etilgan


Donishmand  17 Aprel 2012, 16:38:06

Hech narsa yozolmadim. O'zim haqimda yozish menga emas ekan. Tug'ilgan yilim, o'qish, ish ... hullas xronikadan u yog'iga o'tolmadim.
O'tgan yillarimni eslasam...
Yuraveribmiz-da...
Yana "o'zing haqingda yoz..." mish...

Qayd etilgan


Aqoid  17 Aprel 2012, 19:41:31

Qalam bilan qog'oz bering, mana biz yozamizda

Qayd etilgan