O'chirg'ichda yozilgan so'zlar...  ( 80882 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B

Aqoid  15 Avgust 2012, 20:11:13

Rahbarlar!

Qayd etilgan

Donishmand  21 Avgust 2012, 18:30:23

Xato qilganingda yaxshiliklaring o'chirilib turarkan, yaxshilik qilganingda avvalgi xatolaring o'chirilib turarkan... (odamlar nazdida)

Qayd etilgan

_IYMONA_  21 Avgust 2012, 19:21:38

Alloh taolo birini olib, ikkinchisini berarkan, lekin odamzod ko'nikuvchan qilib yaratilgan...

Qayd etilgan

azizbek_mx  24 Avgust 2012, 23:58:05

noshukr ekanmiz... vas-vasa bo`g`ib olarkan odamni...

Qayd etilgan

Donishmand  25 Avgust 2012, 17:43:54

Vaqti kelib o'zingni eng rasvo odam deb hisoblab turganingda sendan ko'ra o'n chandon rasvoroq odamni ro'para qilib qo'yarkanda Hudo: -"ana endi hulosa qil, senga in'om qilgan tarbiyam undan ancha a'lo," -  degandek.
Qattiqqo'llik bobida o'ta oshib tushganingda yo'lingdan bir zolim chiqarkanda, o'ylashga majbur bo'larkansan: -"Men ham shunga o'xshab qolmayapmanmi...to'xtatishim kerak o'zimni."
Juda o'zingni aqlli sanab yuborganingda ustingga shunaqangi yumushlarni yuklanar ekanki, imkoniyatlaring haqida "o'ta chiroyli" hulosaga kelishga shuning o'zi kifoya qilarkan.
Hullas, osmonga uchayotganingda yuqoridan qulab tushayotganlarga ko'zing tushar ekanda, pastroq yurishni ma'qul ko'rarkansan.
Faqat atrofni kuzatib, bularning barini mulohaza qilolsang bas. Yo'qsa so'qirlikdan o'zga unvon sen uchun ortiqcha.

Qayd etilgan

Wonder  17 Sentyabr 2012, 18:48:37

O`chirg`ichingiz o`tkir bo`lsin  :3

Qayd etilgan

Donishmand  22 Noyabr 2012, 13:03:31

Bugun bir onaxonning fotihasiga kirdik.
Kecha bomdoddan oldin o'g'liga: - "Bolam, masjidga chiqmay turing, namozingizni shu yerda o'qing. Bizga o'lim habari kelib turibdi," - degan ekan. Shundan besh soat keyin 11.00 da janozasi o'qildi, Olloh rahmatiga olgan bo'lsin.
Kimgadir bir ishora kifoya, kimlardir boshiga tushganda ham sezmaydilar...

Qayd etilgan

Donishmand  28 Dekabr 2012, 18:11:04

 - Avtoruchkada yozgan yaxshimi, yoki qalamda yozaymi?
- Menga desa qorakuyada yoz! Faqat yaxshi narsa yozsang bo'lgani...

Qayd etilgan

Donishmand  10 Yanvar 2013, 23:21:35

Ne bo'ldi - bog'landim dunyo ishiga,
Bu dunyo qilganmi vafo kishiga...

Qayd etilgan

Donishmand  24 Yanvar 2013, 19:05:22

Hattoki dunyoni boshqara oladigan qobiliyat bor menda - ongimning bir burchagida berkinib yotibdi. Ammo men uni umrimning ohirigacha ham topa olmasam kerak...

Qayd etilgan